02.10.2018 yildagi 788-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.10.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida “Mugʻtepa” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish majmuasini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Mugʻtepa” arxeologiya merosi obyektini chuqur ilmiy oʻrganish va keng targʻib qilish, ishonchli muhofaza qilish, konservatsiyalash va asrab-avaylash, bu yerga tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi va Namangan viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida “Mugʻtepa” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish majmuasini (keyingi oʻrinlarda majmua deb ataladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majmua tarkibida koʻrgazma-ekspozitsiya va axborot-resurs markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar majmuaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mugʻtepa” arxeologiya merosi obyektini (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) tegishli darajada muhofaza qilish, konservatsiyalash va asrab-avaylash, obyektda ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologlar tomonidan obyektda arxeologik qidiruv ishlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini tashkil etish, chuqur ilmiy-arxeologik tadqiqot natijalari asosida majmuaning ilmiy-tarixiy konsepsiyasini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikamiz va xorijda obyektga oid saqlanayotgan manbalarni malakali mutaxassis va ekspertlar, olimlarni jalb etgan holda tadqiq etish, ular haqida batafsil maʼlumotlar bazasini yaratish va muntazam yangilab borish, xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etish, matbaa mahsulotlarini tayyorlash, ommaviy axborot vositalari, butunjahon Internet tarmogʻi orqali keng targʻib etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarixiy-ilmiy asoslar boʻyicha obyekt maketlarini tayyorlash, arxeologiya ashyolari, qadimiy qoʻlyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, osori-atiqalar, zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va toʻplamlar, video va foto hujjatlar hamda boshqa manbalar hisobidan koʻrgazma-ekspozitsiya tashkil etish, yuqori texnologiyalarga asoslangan axborot-resurs markazi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar, ilmiy tadqiqotchilar va tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tarixiy koʻrinishni saqlagan holda obyektning muhofaza etiladigan hududidan tashqarida zamonaviy dam olish maskanlarini tashkil etish va obyektning turistik salohiyatini oshirish yuzasidan boshqa zarur chora-tadbirlarni koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Namangan viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda madaniy-maʼrifiy tadbirlar, anjumanlar, koʻrgazmalar tashkil etishga moslashtirilgan hamda axborot-resurs markazi va obyektning maketlarini joylashtirishni inobatga olgan holda, obyektning muhofaza hududidan tashqarida majmua uchun yer uchastkasini ajratish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majmua qurilishi uchun ajratilgan hududda bino va inshootlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularning egalari boʻlgan fuqarolar va yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq pul kompensatsiyalari toʻlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni tegishli hududi bilan Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish va undan samarali foydalanish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda obyektni chuqur ilmiy oʻrganish va keng targʻib etish, majmuaning samarali faoliyat yuritishi boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majmuani qurish va jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Namangan viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi majmuani qurish va jihozlash boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) majmuani qurish va jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va majmuada qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar — 2019-2020-yillarda Namangan viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) majmuada qurilish-montaj ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilgandan soʻng uni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi majmuani qurish va jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda majmuada qurilish-montaj ishlarining sifatli amalga oshirilishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda majmuaga madaniy-gumanitar sohadagi nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning mazkur yoʻnalishda faoliyat koʻrsatayotgan muassasalari bilan ilmiy hamkorlik oʻrnatish va rivojlantirish ishlarini tegishli ravishda amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb qilish borasida xalqaro moliya institutlari, xorijiy donorlar boʻyicha tizimli ish olib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majmuani malakali xodimlar bilan taʼminlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etsin, shuningdek, majmuaning samarali faoliyat yuritishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi obyektga turistlarni jalb etish, shu jumladan arxeologik turizmni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev, Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 2-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
788-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 788-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “2017–2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Xorazm viloyati boʻlimining 7-pozitsiyasi “Muzey nomi” ustunidagi “Avesto merosi” soʻzlari “Xorazm tarixi va madaniyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Namangan viloyati

8.

“Mugʻtepa” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish majmuasi (Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida)*

Kosonsoy tumani

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3-ilovaning “Rekonstruksiya” boʻlimi 8-pozitsiyasining “Muzeylar nomi” ustunidagi “Avesto merosi” soʻzlari “Xorazm tarixi va madaniyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 5-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

5.

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Namangan shahri

”;

Kosonsoy tumani tarixi muzeyi

Kosonsoy tumani

“Mugʻtepa” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish majmuasi

Kosonsoy tumani

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan muzeylar” boʻlimining 21-pozitsiyasi “Muzey nomi” ustunidagi “Avesto merosi” soʻzlari “Xorazm tarixi va madaniyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/788/1991-son)