20.09.2018 yildagi PQ-3947-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.11.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha idoralararo komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5446-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, respublikaning moliyaviy tizimini yanada mustahkamlash va takomillashtirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining umumqabul qilingan xalqaro normalar va andozalarga muvofiqliligini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Yevroosiyo guruhiga aʼzo davlatlarning oʻzaro baholashning ikkinchi bosqichini oʻtkazish rejasiga muvofiq 2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini oʻzaro baholash rejalashtirilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzaro baholashning ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli oʻtishi va Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (keyingi oʻrinlarda FATF deb yuritiladi) tavsiyalari ijrosini taʼminlash maqsadida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar ishtirokida xavflarni milliy darajada baholash oʻtkazilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyani (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq xavflarni baholash boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FATF tavsiyalaridagi talablarni va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar zimmasiga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq xavflarni milliy darajada baholashni samarali tashkil etish va oʻtkazish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari Sh.X. Atabayevga — tijorat banklari va kredit tashkilotlari, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar xavflari boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari V.Yu. Pakka — lizing xizmatlarini va lotereyalar tashkil etishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, auditorlik tashkilotlari, sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari xavflari boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari J.B. Yunusovga — birja va rieltorlik tashkilotlari xavflari boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v1) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosariga — tovar-xom ashyo birjalari xavflari boʻyicha;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoniga asosan “v1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari A.J. Tashkulovga — notarial idoralar, advokatlik tuzilmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar xavflari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari B.A. Olmatovga — pochta aloqasi operatori va provayderlari xavflari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining oʻrinbosari F.M. Karimovga — qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari xavflari boʻyicha.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Departament boshligʻi vazifasini bajaruvchi — Komissiya raisi oʻrinbosari D.F. Raximov jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq xavflarni milliy darajada baholash yuzasidan umumlashtirilgan hisobotni tayyorlash uchun masʼul etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Departament manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish faoliyatiga jalb qilingan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning xodimlarini oʻqitish hamda ularning malakasini oshirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3947-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi PQ-3947-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.Yu. Mavlonov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari, Komissiya raisi

2.

D.F. Rahimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi v.b., Komissiya raisining oʻrinbosari

3.

R.A. Sayfulov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati masʼul xodimi

4.

Sh.X. Atabayev

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari

5.

D.A. Nazarmuxamedov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

V.Yu. Pak

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

7.

Sh.G. Xolmuhamedov

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining oʻrinbosari

8.

D.X. Ahatov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

9.

A.D. Toshqulov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari

10.

A.R. Latifjonov

Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari

11.

B.A. Olmatov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari

12.

S.I. Saifnazarov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

13.

V.M. Nazarov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari boʻyicha sud hayʼati raisining oʻrinbosari

14.

B.Ya. Arzikulov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimi

15.

J.A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

16.

A.E. Fayziboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

17.

A.A. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

18.

D.B. Yunusov

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

19.

F.M. Karimov

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori oʻrinbosari

20.

A.N. Yunusov

“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari

21.

Z.T. Xatamov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi oʻrinbosari,

ishchi organning masʼul boʻlinmasi rahbari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi PQ-3947-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining faoliyat olib borishini muvofiqlashtirish maqsadida, shuningdek, Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (keyingi oʻrinlarda – FATF) 2-Tavsiyalarini implementatsiya qilish maqsadida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar barcha vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va pul mablagʻlari yoki boshqa mulk bilan operatsiyalar oʻtkazadigan tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, mazkur Nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalarga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-BOB. KOMISSIYANING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq xavflarni baholash boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FATF Tavsiyalaridagi talablarni va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi halqaro-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligiga implementatsiya qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiya yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq xavflarni baholash boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish choralar koʻrish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq xavflarni milliy darajada baholashni tashkil etishga oid choralar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq xavflarni milliy darajada baholash natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha kompleks tashkiliy choralar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar koʻrishni tashkillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavf-xatarlarini pasaytirish va kamaytirish boʻyicha choralar koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqishni tashkillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini takomillashtirish boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqishni taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) FATF tavsiyalaridagi talablarni va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilishni taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini oʻzaro baholashga tayyorlanish boʻyicha tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FATF tavsiyalarini va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalariga oid xalqaro-huquqiy hujjatlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar va boshqa tadbirlar tashkillashtiradi va oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganishni tashkillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi holatini tahlil hamda monitoring qilishni tashkillashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirilishning oldini olish va toʻxtatishda huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi va boshqa vakolatli organlarning oʻzaro hamkorligini yaxshilash, shuningdek, ushbu jinoyatlarni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni tahlil qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-BOB. KOMISSIYANING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA MASʼULIYATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida vazirliklar va idoralar, shuningdek, boshqa organlar va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va takomillashtirish uchun zarur boʻlgan qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik va Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlarni bajarmaganligi uchun tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xodimlari va mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish toʻgʻrisida ularga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tegishli vazirlik va idoralardan oʻrnatilgan tartibda axborotlarni rasmiy ravishda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish samaradorligini monitoring qilish maqsadida axborot-tahliliy, metodik materiallar va pronozglarni toʻplash va tayyorlashni tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda vakillari Komissiya tarkibiga kiritilmagan boshqa ixtisoslashtirilgan organlar va tashkilotlar ishtirokida kengaytirilgan majlislar oʻtkazish, tajriba va zarur maʼlumotlar almashish maqsadida maxsus idoralararo seminarlar va majlislar tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaga yuklatilgan vazifalar bilan bogʻliq masalalar boʻyicha takliflarni oʻz vaqtida tayyorlash uchun vaqtinchalik va doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruhlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli masalalarni ishlab chiqish va hal qilish maqsadida sohaga daxldor mutaxassislar, ekspertlar hamda ilmiy va boshqa muassasalarni Komiiya faoliyatida ishtirok etish uchun jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz majlislarida mazkur sohaga jalb etilgan vazirliklar va idoralar rahbarlari (yoki ularning oʻrinbosarlari)ning Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkillashtirishga oid qarorlarini bajarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni oʻz vaqtida ijro etishni nazorat va monitoring qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank siri, tijorat siri, notarial harakatlar va qonun tomonidan muhofaza qilinadigan boshqa sirdan iborat oshkor boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligi va saqlanishini taʼminlashga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarni samarali bajarishga masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4 - BOB. KOMISSIYA ISHINI TASHKILLASHTIRISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya oʻz faoliyatini Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan ish rejalariga muvofiq amalga oshiradi va oʻz majlislarini zarurat yuzasidan, lekin har olti oyda kamida bir marta oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiyani rais boshqaradi va u:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlislarini chaqiradi va ularda rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlislarining kun tartibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ish rejalarini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashish departamenti Komissiyaning ishchi organi vazifasini bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning ish rejalarini ishlab chiqadi, uning ijrosini nazorat qiladi, shuningdek, tasdiqlangan ish rejaga muvofiq Komissiyaning joriy ishlarini tashkillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlisining kun tartibiga kiritiladigan masalalar boʻyicha materiallar tayyorlashni tashkillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya sohasiga tegishli masalalar boʻyicha qarorlar va boshqa hujjatlarning loyihasini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika vazirliklari va idoralari bilan birgalikda Komissiya qabul qilgan qarorlar ijrosini nazorat qiladi va monitoringini olib boradi, Komissiya raisiga tegishli maʼlumotlar va takliflarni kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelib tushayotgan yozishmalarni koʻrib chiqishni taʼminlaydi, Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya faoliyatining tashkiliy-texnik taʼminotini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasiga jalb qilingan vazirliklar va idoralar oʻz vakolatlari doirasida har chorakda Komissiyaga quyidagilarni taqdim etadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzaro baholashga tayyorlanish boʻyicha hisobotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf-xatarlarni milliy darajada baholash ishlari toʻgʻrisida hisobotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiyaning qarorlari majlisda qatnashayotgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozlari orqali qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi kuchga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarorlari majlisda ishtirok etgan Komissiya aʼzolari va raisilik qiluvchi tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya qarorlari Komissiya aʼzolariga hamda manfaatdor davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, boshqa tashkilotlarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolari, manfaatdor davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar rahbarlari Komissiya qarorlarini oʻz vaqtida va toʻliq ijro etish uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya har yili ishining yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga hisobotlar yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 07/18/3947/1947-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son; 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)