05.12.2000 yildagi 469-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.08.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FOYDALANILAYOTGAN ELEKTR ENERGIYASI UCHUN OʻZARO HISOB-KITOBLAR TIZIMINI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va aholiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitoblar masalalarini tubdan hal etish, elektr energiyasini yetkazib beruvchilar va undan foydalanuvchilar oʻrtasidagi hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirishning yaxlit tizimini yaratish, toʻlov muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish hamda kelgusida ularning hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning issiqlik va elektr energiyasi boʻyicha debitorlik qarzlarni qisqartirish va tugatishga doir olib borilayotgan ishlarining qoniqarsizligi qayd etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarning elektr energiyasi boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzi 2000-yil 1-noyabrdagi holatiga koʻra 19,3 mlrd soʻmni tashkil qilishi nomaqbul hol deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi mavjud qarzlarni tugatish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsin, tasarrufidagi boʻlinmalar rahbarlarining qarzlarning yanada koʻpayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun javobgarligini oshirsin, intizomsiz isteʼmolchilarga elektr energiyasi berishni toʻxtatishgacha boʻlgan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasidan kreditorlik qarzi boʻlgan vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga olingan energiya uchun toʻlovning belgilangan muddatlarda soʻzsiz toʻlanishini taʼminlash, haqini toʻlamaganlik tufayli energiya berish toʻxtatilganligi bilan bogʻliq oqibatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javobgarlik yuklansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilari hamda yetkazib beruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda uning tarkibiy boʻlinmalari jismoniy va yuridik shaxslardan foydalanilgan energiya uchun qarzlarni undirish toʻgʻrisida daʼvo va arizalar bilan sud organlariga murojaat qilishda oldindan davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimi korxonalaridan muntazam ravishda eng koʻp qarzi boʻlgan vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar rahbarlarining javobgarligini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovlar va hisob-kitoblarning belgilangan tartibi buzilishiga bundan buyon yoʻl qoʻymaslik maqsadida aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlik choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda issiqlik hamda gidroelektrstansiyalar boʻyicha aylanma mablagʻlar normativlarini ikki hafta muddatda qayta koʻrib chiqsin, ularni stansiyalarning barqaror rejimda ishlashini va ularning xodimlariga ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlaydigan miqdorlarda belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi Davlatlararo Bitimlar boʻyicha yetkazib berilganda “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlinmalari bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimining deklarantlar hisoblanadigan korxona va tashkilotlariga energiya tizimi obyektlari uchun moʻljallab keltiriladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiriluvini bojxona toʻlovlarini toʻlashni uch oygacha muddatga, buning uchun penya olmasdan, kechiktirgan holda amalga oshirishga ruxsat beriladi.
(5-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tijorat banklariga:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga issiqlik va elektr energiyasi isteʼmolchilarining muddatli qarzlari miqdori yuzasidan faktoring xizmatlari koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga vazirlik korxonalari va tashkilotlari boʻyicha tarmoq ichida har chorakda kamida bir marta hisob-kitoblar oʻtkazish uchun qisqa muddatli (ikki haftagacha) kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
(6-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Issiqlik taʼminoti infratuzilmasini va issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish maqsadida Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Toshkent shahar va Fargʻona viloyati hokimliklari bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshissiqlikmarkaz” korxonasini — Energetika va elektrlashtirish vazirligi balansidan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Toshissiqlikenergiya” ishlab chiqarish birlashmasi balansiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fargʻonaissiqliktarmogʻi” korxonasini — Energetika va elektrlashtirish vazirligi balansidan Fargʻona viloyati hududiy-kommunal foydalanish birlashmasining Fargʻona viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi balansiga berish toʻgʻrisida kelishilgan takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya tizimi korxona va tashkilotlarining isteʼmolchilarda uzluksiz ishlab chiqarish tartibi bilan bogʻliq sabablar tufayli vujudga kelgan debitorlik va kreditorlik qarzlari miqdorini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi uchun koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tariflaridagi tafovutlardan vujudga kelgan debitorlik qarzlarni 5-F-son shakldagi statistik hisobotda alohida ustunda aks ettirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 5-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
469-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 5-dekabrdagi 469-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilari hamda yetkazib beruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom elektr va issiqlik energiyasi uchun toʻlov boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzlarning paydo boʻlishini bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan va bir tomondan — “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi deb ataladi) va uning tashkilotlari hamda ikkinchi tomondan — xoʻjalik yurituvchi subyektlar — elektr va issiqlik energiyasi (keyingi oʻrinlarda “energiya” deb ataladi) isteʼmolchilari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga soladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda “yetkazib beruvchilar” deb ataladi) va energiya qurilmalari bevosita energiya yetkazib beruvchilar tarmoqlariga ulangan isteʼmolchilar oʻrtasidagi munosabatlar ushbu Nizomning amal qilish sohasi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar isteʼmolchini energiya uzatish va energiya berish tarmogʻiga ulash uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya yetkazib beruvchi bilan belgilangan limit doirasida energiya yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha energiya berish yuzasidan topshiriq-buyurtmanoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Topshiriq-buyurtmanoma muayyan davr mobaynida kelishilgan miqdordagi energiyani isteʼmolchiga sotish uchun asos hisoblanadi. Energiyani topshiriq-buyurtmanomasiz sotishga yoʻl qoʻyilmaydi. Topshiriq-buyurtmanoma shartnomada belgilangan limitlar doirasida va sotishga moʻljallangan energiya qiymatining kamida 15 foizi isteʼmolchi tomonidan toʻlangandan keyin rasmiylashtiriladi. Haqi toʻlanmaganligi uchun energiya berish uzib qoʻyilgandan keyin bir oy mobaynida energiya tarmogʻiga takroran ulangan taqdirda oldindan toʻlov miqdori kamida 30 foiz miqdorida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yetkazib beruvchilar energiyani “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan tariflar boʻyicha sotishadi. Isteʼmolchilar uchun, tegishli hisoblash priborlari mavjud boʻlganda, sutkaning muayyan vaqtiga qarab tabaqalashtiriladigan tariflar darajasi belgilanishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Energiyani yetkazib beruvchi va uning isteʼmolchisi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar isteʼmolchi tomonidan pul mablagʻlarini yetkazib beruvchining hisob raqamiga (yoki bankdagi boshqa hisob raqamiga) oʻtkazish, shu jumladan toʻlovlarni maxsus hisob-raqamlari orqali oʻzaro hisob-kitoblar sxemasi (2-ilova) boʻyicha belgilangan tartibda toʻlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda, Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va moliya organlari bilan birgalikda, chorak oxirida aholiga sotiladigan issiqlik energiyasi uchun tariflardagi tafovutni toʻlashga sarflanadigan qismi boʻyicha toʻlovlar hisobiga, ularni 1-N hisobot shaklida aks ettirmasdan oʻzaro hisob-kitoblar sxemalarini (3-ilova) oʻtkazish yoʻli bilan issiqlik taʼminoti korxonalarining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi oldidagi qarzi toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Suvoqova” boshqarmasining energiya isteʼmolchilari “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan hisob-kitoblarni yetishmaydigan mablagʻlarni mahalliy budjetlardan olish yoʻli bilan har oyda amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi korxonalari (shirkat, dehqon, fermer xoʻjaliklari va boshqalar) hamda “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalari olingan elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblarni maxsus hisob-raqamlar boʻyicha maqsadli mablagʻlar (transhlar) bilan, birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi orqali amalga oshiradilar. Bunda “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi olingan mablagʻlarning kamida 30 foizini energiya tizimi xodimlariga ish haqi toʻlash boʻyicha kreditorlik qarzlarni uzishga yoʻnaltiradi (4-ilova).
(6-bandning ikkinchi—toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmolchining valyuta mablagʻlari va qarzi mavjud boʻlganda toʻlov yetkazib beruvchining talabiga koʻra valyuta mablagʻlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq respublika ichki bozorida sotish hisobiga soʻzsiz amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-avgustdagi 341-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 124-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Isteʼmolchida energiya uchun toʻlov muddati oʻtgan qarzlar vujudga kelgan taqdirda energiya yetkazib beruvchining vakolatli xodimlari isteʼmolchiga energiya berishni toʻxtatishadi. Energiya yetkazib beruvchi tashkilotlarning haq toʻlanmaganligi uchun isteʼmolchiga energiya berishni toʻxtatishga vakolatli mansabdor shaxslari roʻyxati har yili “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdor isteʼmolchilarga energiya bermaslik choralarini koʻrmagan energiya yetkazib beruvchilar rahbarlariga hamda zarar yetkazishda aybdor boʻlganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar qoʻllanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-avgustdagi 341-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 124-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toʻlovni toʻlamaganlarni energiya taʼminotidan uzishga qarshilik koʻrsatish hokimiyat vakilining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish sifatida baholanadi, aybdor shaxslarga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (198-modda va boshqalar)da hamda Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan choralar qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Nizomga muvofiq ilgari uzib qoʻyilgan isteʼmolchilarni energiya taʼminoti tarmogʻiga takroriy ulash energiya yetkazib beruvchining koʻrsatib oʻtilgan vakolatli xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomga muvofiq ilgari uzib qoʻyilgan isteʼmolchilarni energiya taʼminoti tarmogʻiga ruxsatsiz ulashda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan choralar qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yetkazib beruvchi har oyda isteʼmolchidan bir oyda amalda foydalanilgan energiya toʻgʻrisida maʼlumotnoma oladi va hisob-kitob qiladi. Sotilgan energiya uchun toʻlov hujjatlari (hisob- faktura va toʻlov talabnomasi) yetkazib beruvchi tomonidan isteʼmolchiga bir oyda bir marta yozib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob-faktura va toʻlov talabnomasi, keyinchalik toʻlov operatsiyalarini soʻzsiz ijro etish uchun yetkazib beruvchi tomonidan isteʼmolchining xizmat koʻrsatuvchi bankiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Aholi va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boshqa elektr energiya isteʼmolchilari bilan berilayotgan energiya uchun hisob-kitoblar joylardagi uy-joy-kommunal xoʻjaligi subyekti — Yagona buyurtmachi xizmati orqali ham, tegishli shartnomalar asosida amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimida hisob-kitoblarning markazlashtirilganligi munosabati bilan uning qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisob-kitoblari hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunida amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilari hamda yetkazib beruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida Nizomga

Namunaviy idoraviy shakl № ES
‎Vazirlar Mahkamasining 2000-yil
‎5-dekabrdagi 469-son qarori bilan
‎‎TASDIQLANGAN‎

_________________________________
‎energiya bilan taʼminlovchi tashkilot‎

I‎steʼmolchiga energiya berish uchun
‎TOPSHIRIQ-BUYURTMANOMA‎

200 ___ yil “____”_______________‎

‎‎Asos _________________________________________________________________________

‎‎ shartnoma, sana

Isteʼmolchi____________________‎‎‎ Ijro etuvchi__________________________‎‎‎

‎D‎yebitorlik qarz________________

‎_______________dan _______________ gacha
(mazkur kundagi hisob-kitoblarning
‎holati)‎‎
‎‎(topshiriq-buyurtmanomaning amal qilish muddati)
‎‎Oldindan haq toʻlash summasi ______

Soʻralgan energiyaning
‎hajmi (beriladigan)‎

Tarif‎

Summa‎

Eslatma‎

‎‎‎Berishga ruxsat etdi:

Rahbar ‎___________________‎
Bosh buxgalter‎ ‎‎___________________‎
Ijro etuvchi
‎(inspektor, nazoratchi)‎‎ ______________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilari hamda yetkazib beruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida Nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol qilingan energiya uchun tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlari asosida oʻtkaziladigan oʻzaro hisob-kitoblarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY SXEMASI

Eslatma “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari hamda energiya isteʼmolchilari oʻrtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari paydo boʻlib qolgan hollarda tijorat banklarining kreditlari asosida sxemalar boʻyicha oʻtkaziladigan oʻzaro hisob-kitoblar ikki-uch kun muddatda amalga oshiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilari hamda yetkazib beruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida Nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-N hisobot shaklida aks ettirmasdan budjetga toʻlovlar boʻyicha oʻz vaqtida toʻlanmagan qarzlar (aholiga sotiladigan issiqlik energiyasi uchun tariflardagi tafovutni toʻlash) hisobiga Moliya vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Energetika va elektrlashtirish vazirligi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilari hamda yetkazib beruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida Nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi korxonalari va kimyo sanoati korxonalari tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun transhlar boʻyicha mablagʻlar oʻtishining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eslatma Paxta, gʻalla va sholi yetishtiruvchi xoʻjaliklarga, shuningdek, qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar va tashkilotlarga yetkazib beriladigan elektr energiyasi uchun energetika korxonalari bilan hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasining transhlari asosida 1-ilovaga muvofiq sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilari hamda yetkazib beruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida Nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish tashkilotlari tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun pul mablagʻlari oʻtishining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eslatma Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligidan foydalanish tashkilotlariga yetkazib beriladigan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar budjetdan mablagʻ bilan taʼminlash sxemalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi suv xoʻjaligi tashkilotlarini budjetdan mablagʻ bilan taʼminlash doirasida suv xoʻjaligidan foydalanish tashkilotlarining elektr energiyasi uchun haq toʻlashga maqsadli yoʻnaltiriladigan aniq summalarni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi summalardan “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, oʻz navbatida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi balansida turgan gidroelektrstansiyalar tomonidan yetkazib beriladigan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilari va ularni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi oʻzaro hisob kitoblar tartibi toʻgʻrisida Nizomga
6 ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi obyektlarini budjetdan mablagʻ bilan maqsadli taʼminlashning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eslatma Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi obyektlari tomonidan isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar, pul mablagʻlaridan tashqari, maqsadli sxemalar bilan ham amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.