10.09.2018 yildagi 717-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining faoliyatini takomillashtirish va oʻrmon xoʻjaliklarining chegara hududlari tabiiy resurslaridan foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, oʻrmon xoʻjaliklarining chegara hududlari tabiiy resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, oʻrmon mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Chegara zonasi va chegara mintaqasida oʻrmon xoʻjaligini yuritish va oʻrmondan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining harbiylashgan tuzilmalar bilan oʻzaro hamkorlik tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari bilan birgalikda ikki oy muddatda chegara zonalari va chegara mintaqalarida oʻrmon xoʻjaliklarining foydalanishda muammoli boʻlgan yer uchastkalarining xatlovdan oʻtkazsin va har yili 1-fevralgacha yer konturlarining raqamlarini koʻrsatgan holda ulardan foydalanishning qoʻshma grafigini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda davlat oʻrmon fondi yerlari va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda joylashgan, salohiyatli turistlarni jalb qilish maqsadida foydalanish mumkin boʻlgan obyektlarning xatlovdan oʻtkazsin va ulardan foydalanish boʻyicha taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salohiyatli turistlarni jalb qilish maqsadida davlat oʻrmon fondi yerlari va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda zarur sharoitlar va tegishli infratuzilmani (yoritish, transport va yoʻlovchi yoʻllari, axborot koʻrsatkichlari, taqiqlovchi belgilar, dam olish joylari, mehmonxonalar va boshqalar) tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, yirik turoperatorlarning veb-sahifalarida davlat oʻrmon fondi yerlari va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda turistlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar toʻgʻrisida doimiy asosda faol targʻibot olib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmonlarni qoʻriqlash normativlari, oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlarining soni boʻyicha normalar, ular uchun inventar, transport, aloqa vositalari va jihozlar bilan taʼminlash meʼyorlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 9-sentabrdagi 203-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrmon qoʻriqchiligi toʻgʻrisidagi nizomga oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlarining, shu jumladan chegara zonasida va chegara mintaqasidagi funksional majburiyatlarini aniqlashtirish yuzasidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara zonalariga kirish (oʻtish), bu yerda boʻlish (yashash), chegara mintaqalariga kirish va chiqish (oʻtish), vaqtincha boʻlish (yashash), boʻlish, harakatlanish va ishlarni amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnomalarning oʻz vaqtida berilishiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda alohida boʻlish tartibi belgilangan obyektlar va joylarga turistlarning kirishi (oʻtishi), vaqtincha boʻlishi va harakatlanishi uchun elektron shakldagi ruxsatnoma berish tartibini ikki oy muddatda joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari respublika chegaralarida joylashgan va Oʻzbekiston Respublikasi chegara qoʻshinlariga bepul foydalanish uchun berilgan yer uchastkalaridan xoʻjalik faoliyatini yuritish uchun ikki tomonlama shartnomalar asosida, tegishli toʻlov evaziga belgilangan tartibda foydalanishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti parametrlarida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tizimining chegara zonasi va chegara mintaqasida ishlovchi xodimlarining oylik lavozim maoshiga 30 foizlik qoʻshimcha ustama;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chegara zonasi va chegara mintaqasida joylashgan har bir davlat oʻrmon xoʻjaligiga qoʻshimcha 15 nafar xodim (oʻrmonchi, yeger, inspektor), jami 360 nafardan koʻp boʻlmagan xodimni taʼminlash uchun mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 10-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
717-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 717-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chegara zonasi va chegara mintaqasida oʻrmon xoʻjaligini yuritish va oʻrmondan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom davlat oʻrmon fondining chegara zonasi va chegara mintaqasida joylashgan yerlarida oʻrmon xoʻjaligini yuritish va oʻrmondan foydalanish tartibini belgilaydi hamda chegara zonasi va chegara mintaqasida oʻrmon xoʻjaligini yurituvchi tashkilotlar uchun majburiydir va oʻrmondan foydalanuvchilarning barcha toifalariga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara zonasi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasiga tutash hududning bir qismi boʻlib, uning doirasida chegara rejimi joriy etiladi. Chegara zonasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasiga tutash tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul hududi doirasida belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara mintaqasi — chegara zonasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi chizigʻiga bevosita tutash qismidir. Chegara mintaqasi bevosita Davlat chegarasi boʻylab, uning quruqlik uchastkalarida yoki chegara boʻyi daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalari qirgʻoqlari boʻylab belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmondan foydalanuvchilar — oʻrmondan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oʻrmon fondi uchastkalari — Davlat oʻrmon fondining davlat oʻrmon kadastrida koʻrsatilgan muayyan chegaraga, maydonga, joylashgan yeriga, huquqiy rejimga va boshqa xususiyatlarga ega boʻlgan bir qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, uning hududiy organlari va quyi tashkilotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon xoʻjaligining quyi tashkilotlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tashkilotlar, shu jumladan milliy tabiat bogʻlari, davlat oʻrmon xoʻjaliklari, davlat oʻrmon-ov xoʻjaliklari, dorivor oʻsimliklar yetishtirish boʻyicha davlat oʻrmon xoʻjaliklari, ilmiy-tajriba stansiyalari va boshqa tashkilotlar.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Chegara zonasi va chegara mintaqasida oʻrmon xoʻjaligini yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Chegara zonasi va chegara mintaqasida oʻrmon xoʻjaligini yuritish davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Chegara zonasida joylashgan davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining xodimlari chegara zonasida ruxsatnoma kartochkalarisiz shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, chegara mintaqasida — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari (keyingi oʻrinlarda — chegara qoʻshinlari deb ataladi) tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha boʻlish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Chegara zonasi va chegara mintaqasida joylashgan oʻrmon xoʻjaligining quyi tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining va chegara qoʻshinlarining tegishli boʻlinmalariga har yili bir marta oʻrmon xoʻjaligining quyi tashkilotlarining xodimlari boʻlgan shaxslar roʻyxatini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar va chegara qoʻshinlari boʻlinmalari ushbu roʻyxatni tasdiqlaydi va oʻrmon xoʻjaligining quyi tashkilotlariga maʼlumot uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻrmon xoʻjaligining quyi tashkilotlari xodimlarining chegara mintaqasida shu maqsad uchun belgilanmagan yoʻllar va soʻqmoqlarda harakatlanishi taqiqlanadi (oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Chegara mintaqasida ishlab chiqarish ishlari amalga oshiriladigan hududlarida (joylarida) harakatlanish uchun oʻrmon xoʻjaligining quyi tashkilotlari chegara qoʻshinlari boʻlinmalari bilan kelishgan holda ularga olib boradigan zarur yoʻllar va soʻqmoqlarni jihozlashi va taʼmirlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari oʻz vakolatlariga muvofiq, zarurat tugʻilganda chegara mintaqasida ham, chegara zonasida ham bu yoki bu tadbirlarni oʻtkazishni maʼlum bir vaqtga qadar toʻxtatib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻrmonlarni qayta tiklash tadbirlari qonunchilikka muvofiq oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chegara mintaqasida oʻrmonlarni qayta tiklash tadbirlari tizimi asosan oʻrmon daraxtlarining tabiiy qayta tiklanish salohiyatidan foydalanishga yoʻnaltirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Chegara zonasida va chegara mintaqasida barcha oʻrmonlarni qayta tiklash boʻyicha barcha tadbirlar sanitariya qoidalari va normalari, yongʻin xavfsizligi qoidalari va boshqa qonunchilik talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Chegara zonasida va chegara mintaqasida oʻrmon zararkunandalari va kasalliklari oʻchoqlari, oʻrmon yongʻinlarining xavfli tarqalishi aniqlangan hollarda, davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari bu haqida qoʻshni davlatning vakolatli organlarini tezkor xabardor qilishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Chegara zonasida yongʻinlar yuzaga kelgan va ularni bartaraf etish vaqtida (yongʻin xavfi davrida) fuqarolarning oʻrmonlarga kirishi cheklanadi, transport vositalarining umumiy foydalanishdagi yoʻllardan tashqari harakatlanishi taqiqlanadi, davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining patrul avtomobillari, chegara qoʻshinlari xodimlari va transport vositalari bundan mustasno, oʻrmonlardan rekreatsiya maqsadlarida foydalanish cheklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Chegara qoʻshinlari qonunchilikda belgilangan tartibda chegara mintaqasida xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat turlarini yuritishda qoʻshimcha qoidalar belgilashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻrmon xoʻjaligining quyi tashkilotlari chegara zonasi va chegara mintaqasida davlat oʻrmon fondining oʻzlariga berilgan uchastkalaridan faqat kunning yorugʻ vaqtida oʻrmon xoʻjaligini yuritadi va boshqa qishloq xoʻjaligi ishlarini amalga oshiradi, tunda chegara mintaqalarida qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Chegara zonasida va chegara mintaqasida oʻrmondan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Chegara zonasida va chegara mintaqasida oʻrmondan foydalanish doimiy va vaqtincha boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon fondi yerlari doimiy egalik qilishga berilgan oʻrmon xoʻjaligining quyi tashkilotlari oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmondan foydalanish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar asosida davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar oʻrmondan vaqtincha foydalanuvchilar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Chegara zonasida va chegara mintaqasida oʻrmondan foydalanish umumiy yoki maxsus boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmondan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan bepul va oʻz ehtiyojlari uchun belgilangan hajmlarda, qonunchilikda nazarda tutilgan foydalanish turlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmondan maxsus foydalanish toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmondan maxsus foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻrmondan maxsus foydalanuvchilar chegara zonasi va chegara mintaqasida joylashgan oʻrmondan ichki ishlar organlari va chegara qoʻshinlarining tegishli ruxsatnomalarini qonunchilikda belgilangan tartibda olgandan soʻng foydalanish huquqi ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oʻrmon fondi yerlaridan, suv resurslaridan, keng tarqalgan foydali qazilmalardan belgilangan tartibda oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oʻrmon fondining oʻzlariga berilgan uchastkalarida oʻrmon xoʻjaligini yuritish, oʻrmondan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara mintaqasidan tashqari, belgilangan tartibda yoʻl ochish, oʻrmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalarni jihozlash, ishlab chiqarish va turarjoy binolari hamda inshootlarni qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlangan mahsulot va uni realizatsiya qilishdan olingan daromad mulkdori boʻlish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmonlarning muhofaza qilinishini, himoya qilinishini, koʻpaytirilishini, takroriy koʻpaytirilishini, qayta tiklanishini, mahsuldorligi oshirilishini va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmonlarning davlat hisobini yuritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni oʻrmonlarning holatiga hamda ularni takroriy koʻpaytirishga, shuningdek, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, suv obyektlari va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydigan usullar bilan yuritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmondan vaqtincha foydalanuvchilarning faoliyatini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻrmondan vaqtincha foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oʻrmon fondining oʻrmondan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarda koʻrsatilgan uchastkalari doirasida, belgilangan muddatlarda va oʻrmondan foydalanish turlari foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara mintaqasidan tashqari, belgilangan tartibda yoʻl ochish, oʻrmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalarni jihozlash, ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻrmondan vaqtincha foydalanuvchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlariga berilgan yaylovlar, pichanzorlar va boshqa oʻrmonzorlardan oqilona foydalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni oʻrmonlarning holatiga hamda ularni takroriy koʻpaytirishga, shuningdek tuproqning, oʻsimlik va hayvonot dunyosining, suv obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydigan usullar bilan yuritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish sohasida belgilangan qoidalar, normalar va normativlarga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmondan foydalanganlik uchun oʻz vaqtida va belgilangan tartibda haq toʻlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Chegara zonasida va chegara mintaqasida oʻrmondan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxtzorlar va butazorlarni kesish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pichan oʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva mollarini oʻtlatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asalari uyalari va qutilarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor va texnik xomashyosini yigʻish hamda tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yigʻish va tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxt va butalarni kesmagan holda oʻtin va shox-shabbalarni yigʻish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xoʻjaliklari ehtiyojlari uchun foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot, madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Daraxt va butazorlarni kesish davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan chegara qoʻshinlari boʻlinmalari bilan kelishgan holda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daraxt va butazorlarni kesish oʻrmon kesish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chegara mintaqasida oʻrmon xoʻjaligining quyi tashkilotlari oʻrmon kesishda niholni maksimal darajada saqlab qolish va kesishlarning tabiiy ravishda tiklanishi uchun sharoitlar yaratishni taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oraliq foydalanish va sanitariya maqsadida oʻrmonni parvarish qilish uchun kesish (siyraklashtirish, tozalash, yaganalash, oʻtish joyini ochish) tanlab kesish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chegara mintaqasida siyraklashtirish va tozalash qattiq bargli va igna bargli daraxtzorlarda ikkinchi darajali navlar tomonidan boʻgʻib qoʻyilishi yoki qisilishi xavfi mavjud boʻlsa amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya maqsadida tanlab kesish va tozalash ishlari faqat qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Oʻrmon xoʻjaligining quyi tashkilotlari chegara mintaqasida daraxtlarning sanitar holatini tegishli darajada taʼminlashi va zarur hollarda har yili saniratiya maqsadida tanlab kesish va tozalashni amalga oshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tabiat hodisalari taʼsirida yoki oʻrmon kesishda daraxtlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasiga yoki qoʻshni davlat hududiga qulay tushsa, ushbu daraxtlarni olib chiqishga va oʻz davlati hududiga olib oʻtishga tayyorlash imkoniyatini taqdim etish masalasini tomonlar xalqaro shartnomalarga muvofiq yetti sutka davomida, tomonlarning chegara qoʻshinlarini xabardor va jalb qilgan holda hal etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Pichan oʻrish, chorva mollarini oʻtlatish, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor va texnik xomashyosini yigʻish hamda tayyorlash, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yigʻish va tayyorlash davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining, ichki ishlarning organlari va chegara qoʻshinlari boʻlinmalari bilan kelishilgan holda beriladigan ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor va texnik xomashyosini yigʻish hamda tayyorlash, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yigʻish va tayyorlash mavjud oʻsimlik resurslarining tamom boʻlib qolishiga va oʻrmon xoʻjaligiga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan vositalar va usullar bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Davlat oʻrmon fondining uchastkalari oʻrmondan foydalanuvchilarga asalari uyalari va qutilarini joylashtirish hamda daraxt va butalarni kesmagan holda oʻtin va shox-shabbalarni yigʻish uchun davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan ichki ishlar organlari va chegara qoʻshinlari boʻlinmalari bilan kelishilgan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Chegara zonasidagi davlat oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xoʻjaliklari ehtiyojlari uchun foydalanish davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan ichki ishlar organlari va chegara qoʻshinlari boʻlinmalari bilan kelishilgan holda beriladigan yoʻllanma va hayvonlarni tutish varaqalari asosida amalga oshiriladi. Chegara mintaqasida esa bunday foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Chegara zonasida oʻrmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot va oʻquv-tajriba maqsadlarida foydalanish cheklovlarsiz, chegara mintaqasida esa — chegara qoʻshinlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari va chegara qoʻshinlari boʻlinmalari bilan kelishgan holda, davlat oʻrmon fondi uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslarga madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda, shuningdek, ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanishga berishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oʻrmondan foydalanuvchilar oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligiga rioya etishlari, daraxtlar va butalarni sindirishga, kesishga, oʻrmon ekinlariga zarar yetkazishga, oʻrmonlarning maishiy va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishiga, chumoli inlari, qush uyalarining yoʻq qilinishi va buzilishiga yoʻl quymasliklari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablarni bajarishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Davlat oʻrmon fondi uchastkalarida oʻrmondan foydalanish faqat kunning yorugʻ vaqtlarida amalga oshiriladi, tunda chegara mintaqalarida qolishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Oʻrmon resurslaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlashda chegara qoʻshinlariga oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Oʻrmondan foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanish zarurati qolmaganda yoki undan voz kechilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishning belgilangan muddati oʻtganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmondan maxsus foydalanish huquqi berilgan jismoniy shaxs vafot etganda yoki uning faoliyati tugatilganda yoxud yuridik shaxs tugatilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 717-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining harbiylashgan tuzilmalar bilan oʻzaro hamkorlik tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari (chegara qoʻshinlari deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi boʻlinmalari (kelgusida — harbiylashgan tuzilmalar deb ataladi) bilan oʻzaro hamkorlik tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara zonasi — Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasiga tutash hududning bir qismi boʻlib, uning doirasida chegara rejimi joriy etiladi. Chegara zonasi Davlat chegarasiga tutash tuman, shahar, posyolka, qishloq, ovul hududi doirasida belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara mintaqasi — Chegara zonasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi chizigʻiga bevosita tutash qismidir. Chegara mintaqasi Davlat chegarasi boʻylab, uning quruqlik uchastkalarida yoki chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalari qirgʻogʻi boʻylab belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, uning hududiy organlari va quyi tashkilotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon xoʻjaligining quyi tashkilotlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tashkilotlar, shu jumladan milliy tabiat bogʻlari, davlat oʻrmon xoʻjaliklari, davlat oʻrmon-ov xoʻjaliklari, dorivor oʻsimliklar yetishtirish boʻyicha davlat oʻrmon xoʻjaliklari, ilmiy-tajriba stansiyalari va boshqa tashkilotlar;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon qoʻriqchiligi inspektori (keyingi oʻrinlarda — inspektor deb ataladi) — davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining oʻrmon qoʻriqchiligini amalga oshiruvchi va tarkibi qonun hujjatlarida belgilanadigan mansabdor shaxslari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oʻzaro hamkorlik tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan quyidagi shakllarda oʻzaro hamkorlik qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlashga, shu jumladan samarali tezkor-qidiruvni faoliyatini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara rejim-qoʻriqlash tadbirlarini, shu jumladan reydlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon fondi hududida huquqbuzarliklar sodir etilgani belgilari va faktlari toʻgʻrisida chegara qoʻshinlarini, ichki ishlar organlarini xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa shakllarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Chegara zonasi va chegara mintaqasida joylashgan oʻrmon xoʻjaligi quyi tashkilotlarining xodimlari quyidagi holatlar aniqlangan taqdirda, chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilariga darhol axborot beradilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtishga tayyorgarlik va uni buzish belgilari va faktlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali kuchli taʼsir qiluvchi, zaharli, zaharlovchi, radioaktiv, portlovchi buyumlar, portlovchi qurilmalar, qurol-yarogʻ, oʻqotar qurol va oʻq-dorilar, narkotik yoki psixotrop moddalar, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizmni targʻib qiluvchi materiallar kontrabanda yoʻli bilan olib oʻtish va tayyorlanishi faktlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insonlarni yoʻq qilish, ularning sogʻligʻiga zarar yetkazish, davlat mulkiga zarar yetkazish hamda xavfsizligiga tahdid qilishga qaratilgan harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasining chegara zonasida boʻlish qoidalarini buzishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narkotik vositalar yoki psixotrop moddalarni sotish maqsadida noqonuniy tayyorlash, sotib olish, saqlash va boshqa harakatlar, yaʼni sotish holatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Chegara zonasi va chegara mintaqasida joylashgan oʻrmon xoʻjaligining quyi tashkilotlari harbiylashgan tuzilmalar bilan hamkorlikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qoʻriqlash va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasida belgilangan rejimga rioya etilishini taʼminlash maqsadida oʻtkaziladigan tadbirlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini buzgan shaxslarni qidirish va chegara rejimini buzgan shaxslarni qoʻlga olishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining chizigʻida oʻrnatilgan muhandislik-texnik qurilmalarga zarar yetkazish va oʻgʻirlashga aloqador shaxslarni aniqlashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qoʻriqlashni taʼminlash maqsadida, chegara hududlari boʻylab oʻtgan maʼlum yoʻnalish va marshrutlar boʻyicha joylarni rekognossirovka qilishda yoʻl koʻrsatuvchi sifatida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasida noqonuniy faoliyatga aloqador shaxslarni, belgilangan qoidalarni chetlab oʻtgan holda olib qirilgan tovar-moddiy boyliklar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va boshqa tovarlar saqlanayotgan binolarni va joylarni aniqlashda qatnashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va chegara qoʻshinlari tomonidan har yil yakunida chegara zonasi va chegara mintaqasida joylashgan oʻrmon xoʻjaligining quyi tashkilotlari hududlarida oʻtkaziladigan aniq tadbirlar, ularni oʻtkazish maqsadlari, vaqtlari va joylarini, masʼul ijrochilarni va boshqalarni koʻrsatgan holda, keyingi yil uchun qoʻshma chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshma chora-tadbirlar dasturiga asosan, oʻrmon xoʻjaligining quyi tashkilotlari tomonidan tegishli rejalar ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻrmon xoʻjaligining quyi tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan va harbiylashgan tuzilmalar bilan kelishilgan reja asosida inspektorlar muntazam ravishda chegara zonasi va chegara mintaqasidagi oʻrmon xoʻjaligi hududini aylanib chiqadi va reyd oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyd muddatlari, hududni aylanish rejasi, guruh tarkibi, reyd maqsadi, toʻxtash joylari, aloqani, shu jumladan chegara naryadlari bilan amalga oshirish tartibi, xizmat quroli rusumi va raqami chegara qoʻshinlari qoʻshilmalari boshligʻi bilan reyd boshlanishidan kamida eng kech 2 soat (sutka) oldin kelishib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Guruh yaxshi tayyorlangan inspektorlardan tashkil etiladi va reyd oʻtkazishga masʼul katta inspektor tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Guruh tarkibiga holat bilan tanishish va inspektorlarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish uchun harbiylashgan tuzilmaning tezkor xodimi ham kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Inspektorlar idoraviy xizmat quroli va oʻq-dorilar, zarur jihozlar, aloqa vositalari (ratsiya, navigatsiya vositalari), durbinlar, tungi koʻrish pribori, kerakli kiyim, xarita va oziq-ovqat, transport, shu jumladan ot-ulov transporti bilan taʼminlanishi lozim. Inspektorlar faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Reydga chiqishda inspektorlar mavjud tezkor axborotlar bilan tanishishi, joydagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining oʻtgan chizigʻini bilishi, topshiriq olishi va rejalashtirilgan yoʻnalish bilan xarita orqali tanishishi kerak. Yoʻl-yoʻriq koʻrsatilganidan keyin inspektorlar olingan tezkor maʼlumotni oshkor etmaslik toʻgʻrisida maxsus jurnalga imzo qoʻyadi. Guruhga rejalashtirilgan yoʻnalishdan chetga chiqish taqiqlanadi, hududda nomaʼlum shaxslar aniqlangan holatlar bundan mustasno va bu haqida darhol chegara qoʻshinlari boʻlinmasi komandiriga axborot beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻrmon xoʻjaligining quyi tashkiloti rahbari guruhni reydga joʻnatish uchun masʼul hisoblanadi va u tegishli jihozlar mavjudligini tekshirib jurnalga belgi qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Inspektorlar reydda boʻlgan vaqtda juda eʼtiborli boʻlishi, yoʻnalishdagi mavjud gʻorlar, teshiklar, yer osti yoʻllari va boshqalarni diqqat bilan oʻrganishi va koʻzdan kechirishi, odam izlari va vaziyat oʻzgartirilganligini qayd qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Notanish shaxslar aniqlangan taqdirda, ularning yoʻnalishlari, soni, mavjud narsalarini bildirmagan holda aniqlash lozim. Kuzatilayotgan guruhning soni oz boʻlgan taqdirda (reyd guruhidan kam) ularni qoʻlga olish va chegara qoʻshinlariga topshirish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Koʻp sonli guruh yoki odam izlari koʻpligi aniqlangan taqdirda, chegara qoʻshinlari komandiriga, shuningdek, harbiylashgan tuzilmalarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga ratsiya orqali (yoki toʻgʻridan-toʻgʻri) xabar berilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻrmon qonunchiligi buzilishi aniqlangan taqdirda, inspektorlar maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirishi, tushuntirish xatlari va huquqbuzarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻtkazilgan reyd yakunlari oʻrmon xoʻjaligining quyi tashkiloti rahbari tomonidan chegara qoʻshinlari qoʻshilmalari komandiriga yetkaziladi, tezkor axborot mavjud boʻlganda esa — darhol ogʻzaki ravishda, keyinchalik yozma ravishda yetkaziladi. Oʻrmonga nisbatan sodir etilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi hujjatlar ish yuritishni davom ettirish va zararni undirish uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Joydagi chegaradosh hududlarni tekshirish natijasida harbiylashgan tuzilmalarga odam izlari aniqlanganligi yoki ularning faoliyati natijalari, joy xususiyati oʻzgarganligi toʻgʻrisida tegishli axborot, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qoʻriqlash masalasiga doir boshqa maʼlumotlar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Egasi nomaʼlum qurol va (yoki) oʻq-dorilar topib olingan, shuningdek, brakonyerlardan qurol va (yoki) oʻq-dorilar olib qoʻyilganda, ular ichki ishlar organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining xodimi chegara qoʻshinlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qoʻriqlashni taʼminlashda koʻmaklashish vaqtida halok boʻlganda, shuningdek, ogʻir tan jarohatlari olgan taqdirda,uning oilasiga qonun hujjatlariga muvofiq bir martalik toʻlanadigan pulli nafaqa va boshqa toʻlovlar toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizomga rioya etmaslik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 717-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-martdagi 53-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT toʻplami, 2015y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan turistlarning alohida rejim oʻrnatilgan obyektlar va joylarga kirishi (oʻtishi), vaqtincha boʻlishi va harakatlanishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom 9-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9.Alohida hududga kirish (oʻtish), vaqtincha boʻlish va harakatlanishga ruxsat berish toʻgʻrisida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi ariza (keyingi oʻrinlarda — ariza ataladi), ichki ishlar organlariga tur boshlanishidan 5 ish kun avval ikki nusxada topshiriladi. Ariza elektron shaklda berilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi QT toʻplami, 2018y., 7-son, 165-modda) quyidagi tahrirdagi 101-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“101. Chegara zonasi va chegara mintaqasida oʻrmondan foydalanish va oʻrmon xoʻjaligini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/717/1869-son, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2024-y., 09/24/700/0850-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)