Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2007 27.02.2001 yildagi 97-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2007
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING USTYuRT VA HISOR MINTAQALARIDA UGLEVODORODLARNI RAZVEDKA QILISh VA QAZIB ChIQARISh BO‘YIChA “O‘ZPEK LIMITED” KOMPANIYASI (BUYuK BRITANIYA) BILAN HAMKORLIK TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 16-yanvardagi PQ-567-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt va Hisor mintaqalarida neft va gaz konlarini razvedka qilish va ularni qazishga bevosita chet el investitsiyalarini jalb qilish hisobiga utlevodorod xomashyosi resurs bazasini va uni qazib olishni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Britaniyaning “Triniti Enerdji” kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida neft-gaz konlarini razvedka qilish va qazish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan “O‘zPEK Limited” shu’ba korxonasi tashkil etilganligi va u Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, sho‘ba korxona:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqishni tugallaganligi va O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Ustyurt va Janubiy-G‘arbiy Hisor litsenziyalangan hududlarida neft-gaz konlarini razvedka qilish va qazish xamda infratuzilma qurilishi bo‘yicha kombinatsiyalashgan investitsiya loyihasini amalga oshirishga Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimni tayyorlaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
420 mln. AQSh dollari miqdoridagi mazkur investitsiya loyihasini, shu jumladan, birinchi besh yilda — 200 mln. AQSh dollaridan ortiq miqdordagi bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan bevosita investitsiyalar hisobiga amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud istiqbolli maydonlarda qidiruv-razvedka burg‘ulash ishlarini va Markaziy Ustyurtning litsenziyalanadigan hududlarida yangi istiqbolli obyektlarni tayyorlash va burg‘ulashga kirishish bo‘yicha dala geofizika ishlarini olib borishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odamtosh gaz kondensati va Janubiy-Qizil bayroq neft-gaz konini foydalanishga topshirishi, razvedkagacha, foydalanish quduqlari qazishi va Janubiy-G‘arbiy Hisorning litsenziyalanadigan hududlarida joylashgan kichik va past samarali konlarda uglevodorodlar qazib olishni tashkil etish imkonini beruvchi mintaqaning yagona infratuzilmasini qurishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga muvofiq Janubiy-G‘arbiy Hisorning litsenziyalanadigan hududida yangi neft to‘plamlarini qidirish bo‘yicha geologiya-razvedka ishlarini amalga oshirishni nazarda tutganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zPEK Limited” kompaniyasining investitsiya loyihasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 28-apreldagi PF-2598-son Farmoni bilan xorijiy investorlarga beriladigan rejimlar va imtiyozlar joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda mazkur investitsiya loyihasi bo‘yicha Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimni ekspertizadan o‘tkazsin hamda 2001-yil 5-martgacha uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining belgilangan tartibda “O‘zPEK Limited” kompaniyasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik navbatdagi uch yillik muddatga uzaytirish huquqi bilan besh yil muddatga Markaziy Ustyurt va Janubiy-G‘arbiy Hisor hududlarida qidirish-razvedka qilish ishlarini amalga oshirish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n besh yil muddatga uzaytirish huquqi bilan yigirma besh yil muddatga, “O‘zPEK Limited” kompaniyasi bilan kelishilgan jo‘g‘rofiy “koordinatlar doirasida, uglevodorodlar qazib chiqarish uchun litsenziya berishiga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “O‘zPEK Limited” kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangan vaqtdan boshlab bir oy muddatda mazkur loyiha monitoringini amalga oshirish va mazkur loyiha xorijiy investitsiyalarini hisobga olish uchun doimiy ishlaydigan Boshqaruvchi qo‘mita tashkil etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “O‘zdavstandart” markazi bilan birgalikda bojxona rasmiylashtiruvi tartibotini belgilovchi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasiga keltiriladigan tovarlar, materiallar, texnologik jihozlar va o‘lchov vositalarining erkin aylanishi hamda ularni sertifikatlash uchun mo‘ljallangan, shuningdek uglevodorodlarni yoki ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarish va mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotga hamda “O‘zPEK Limited” kompaniyasiga tegishli tovarning kelib chiqishiga sertifikatlar berish tartibini ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatkontexnazorat” agentligi tomonidan “O‘zPEK Limited” kompaniyasiga kon tarmog‘i ajratiladi, shuningdek kompaniya qo‘llaydigan texnologiya bo‘yicha ishlab chiqarish xavfsizligi yuzasidan ekspert xulosalari beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasi bilan birgalikda xar yili “O‘zPEK Limited” kompaniyasiga yer usti va yer osti manbalaridan suv olish uchun zarur limit ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi tomonidan buyurtmachi mablag‘lari hisobiga Markaziy Ustyurt va Janubiy-G‘arbiy Hisorning litsenziyalangan hududlarida topografiya-geodeziya, aerosuratga olish va kartografiya ishlari amalga oshiriladi, ushbu ishlar natijalarini belgilangan tartibda “O‘zPEK Limited” kompaniyasiga berish ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tomonidan “O‘zPEK Limited” kompaniyasiga va uning subpudratchilariga aloqaning radioelektron vositalaridan va jihozlarning yuqori chastotali turlaridan foydalanishga ruxsatnomalar beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zPEK Limited” kompaniyasi va uning xorijiy subpudratchilari loyihani amalga oshirishda atrof muhitiga yetkazilgan zarar uchun javob bermaydi, “O‘zPEK Limited” kompaniyasining yoki uning xorijiga subpudratchilarining qasddan qilingan xatti-harakatlari yoki harakatsizligi hollari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi “O‘zPEK Limited” kompaniyasi xodimlari va uning subpudratchilari hamda ularning oila a’zolari uchun kamida bir yil muddat bilan ko‘p martalik kelish vizalari rasmiylashtirishni, shuningdek ularni yashash joylarida ro‘yxatdan o‘tkazishni rasmiylashtirish yig‘imlari va davlat boji undirmasdan ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 27-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97-son,