24.08.2018 yildagi 26-son
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) muvofiq sudlar FPKning 21-bobida nazarda tutilgan ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha barcha zarur harakatlar amalga oshirilganidan so‘nggina, ishni ko‘rishga kirishishga haqli.
3. FPKning 204-moddasiga asosan sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqida taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar amalga oshirishi lozim bo‘lgan aniq protsessual harakatlar va bu harakatlarni amalga oshirish muddatini ko‘rsatgan holda ajrim chiqarishi shart. Shuningdek ajrimda protsessning ushbu bosqichida sudya tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar ham ko‘rsatiladi.
4. Nazarda tutish lozimki, FPKning 201-moddasida ko‘rsatilgan ishni sud muhokamasiga tayyorlashning har bir vazifasi protsess ushbu bosqichining majburiy belgisi hisoblanadi. Tayyorlash vazifalaridan birortasi bajarilmasligi sud muhokamasining asossiz cho‘zilishiga va sud xatoligiga olib kelishi mumkin.
7. FPKning 203-moddasiga muvofiq ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar va ularni isbotlash majburiyatlarini taqsimlash maqsadida, sudya taraflarni qoida tariqasida, alohida so‘roq qilishga haqli.
Taraflarni ushbu bosqich jarayonida so‘roq qilish FPKning 201-moddasida belgilanganidek ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari bilan qat’iy chegaralanishini nazarda tutish lozim.
11. FPKning 50-moddasiga muvofiq prokurorning fuqarolik ishi muhokamasidagi ishtiroki faqatgina qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek prokurorning arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha shart.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarni ishga jalb qilish yoki kirishish haqida sudya tegishli ajrim chiqaradi. FPKning 48-moddasiga muvofiq ushbu shaxslar da’vogarning barcha huquqlaridan foydalanishi va uning barcha majburiyatlarini o‘z zimmasiga olishini inobatga olib sudya, FPKning 203-moddasi qoidalariga muvofiq ishni sud muhokamasiga tayyorlashda ularni so‘roq qiladi.
18. Zarurat bo‘lganda sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda bir turdagi ishlarni birlashtirish (FPKning 197-moddasi) yoki bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratish (FPKning 198-moddasi) masalasini ham hal etishi mumkin.
20. FPKning 205-moddasiga muvofiq sudya ish yetarli darajada tayyorlangan deb topgach, uni sud muhokamasiga tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqidagi ajrimda sud tomonidan ko‘rsatilgan barcha harakatlar bajarilgan taqdirdagina ish sud muhokamasiga tayyorlangan deb hisoblanishi lozim.
21. Sudlarning e’tibori sudya yordamchisining FPKning 206-moddasida nazarda tutilgan, shuningdek sudyaning topshirig‘iga binoan ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichidagi boshqa harakatlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish borasidagi mas’uliyatini oshirish lozimligiga qaratilsin.