1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 7-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3067]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2021-yil 13-oktabrdagi 45-B-sonli ““Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3067-1, 20.10.2022-y.) asosan 2022-yil 1-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga qiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni kuchga kirgunga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror O. MURODOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 6-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
B-55-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018-yil 6-sentabrdagi B-55-son buyrugʻiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan nazorat qiluvchi organlar va ularning hududiy boʻlinmalari (bundan buyon matnda nazorat qiluvchi organlar deb yuritiladi) tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazishning vaqtinchalik tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom talablari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni doirasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari doirasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat korxonalari va muassasalari faoliyatida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari va vakolatxonalari faoliyatida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari oʻz tashabbusi bilan oʻtkaziladigan tekshiruvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi organlar — tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirlik va idoralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv — tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlarning markaziy apparati tomonidan tashkil etiladigan tekshiruvlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (bundan buyon matnda Bosh prokuratura deb yuritiladi), ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari (bundan buyon matnda viloyat prokuraturalari deb yuritiladi) bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tekshiruv oʻtkazishni vakolatli organ bilan kelishish Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimi (bundan buyon matnda Yagona tizim deb yuritiladi) orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona tizim toʻliq ishga tushirilgunga qadar tekshiruv oʻtkazishni kelishish bilan bogʻliq boʻlgan yozishmalar qogʻoz shaklida rasmiylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organ va vakolatli organ oʻrtasidagi davlat siri bilan bogʻliq boʻlgan tekshiruvlarni oʻtkazishga oid axborot almashinuvi davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda bunday tekshiruvlar haqidagi maʼlumotlar Yagona tizimga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Muddati bir kun boʻlgan tekshiruvlarni kelishish viloyat prokuraturasi tomonidan, muddati bir kundan ortiq boʻlgan tekshiruvlarni kelishish faqat Bosh prokuratura tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, xorijiy korxonalar, shuningdek erkin iqtisodiy zonalarda joylashgan korxonalarda oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish faqat Bosh prokuratura tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tadbirkorlik subyektlari ularda oʻtkazilayotgan tekshiruv haqidagi hamda ularning faoliyatini tekshirayotgan nazorat qiluvchi organlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni Bosh prokuratura yoki viloyat prokuraturalaridan yozma shaklda yoki axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Yagona tizimdan foydalangan holda elektron shaklda bepul olishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻtkazilgan tekshiruvdan norozi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning yuqori tashkilotlariga yoki belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tekshiruvlarni kelishish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nazorat qiluvchi organlar quyidagi asoslar mavjud boʻlganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi holatlari haqidagi murojaatlari asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan “xavfni tahlil etish” natijalari, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar asosida vakolatli organga tekshiruv oʻtkazishni soʻrab murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining anonim emasligi hamda tekshiruv oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirkorlik subyektining amalda faoliyat koʻrsatayotganligi nazorat qiluvchi organ tomonidan dastlab oʻrganib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bir kunlik muddatda oʻtkaziladigan tekshiruvni kelishish uchun buyurtma nazorat qiluvchi organning viloyat darajasidagi hududiy boʻlinmasi orqali viloyat prokuraturasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddati bir kundan ortiq boʻlgan tekshiruvni kelishish uchun esa buyurtma nazorat qiluvchi organning viloyat darajasidagi hududiy boʻlinmasi orqali uning markaziy apparati tomonidan Bosh prokuraturaga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Nazorat qiluvchi organning tuman (shahar) boʻlinmasi tashabbusi bilan oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish tekshiruvga asos boʻlgan hujjatlarni axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ushbu organning viloyat darajasidagi boʻlinmasiga taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Nazorat qiluvchi organ tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq taqdim etilgan tekshiruvni kelishish toʻgʻrisidagi buyurtmada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv oʻtkazuvchi organ nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv oʻtkaziladigan tadbirkorlik subyektining nomi (filiali yoki shoxobchasi), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv oʻtkazish uchun asos;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talablari buzilishi mumkin boʻlgan normativ-huquqiy hujjat toʻgʻrisida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv oʻtkazish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv predmeti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiriladigan faoliyat davri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Buyurtmaga jismoniy yoki yuridik shaxsning qonunbuzilish holatlari haqidagi murojaati nusxasi, “xavfni tahlil etish” tizimi orqali aniqlangan qonunbuzilish holati boʻyicha batafsil maʼlumot hamda tekshiruv dasturi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruv dasturi ushbu murojaatda koʻrsatilgan holatlar yoki “xavfni tahlil etish” tizimi orqali aniqlangan qonunbuzilishlar doirasida tuzilishi va nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Buyurtma vakolatli organ tomonidan uch ish kunidan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi hamda tekshiruvni oʻtkazish kelishilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida ushbu Nizomning 3 va 4-ilovalariga muvofiq qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi, shu jumladan inson hayoti va sogʻligining xavf ostida qolishi, atrof-muhit zararlanishi, jiddiy moddiy talafotlar kelib chiqishi hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar boʻyicha tekshiruvlarni kelishish toʻgʻrisidagi buyurtmalar bir ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bosh prokuratura tomonidan qabul qilingan qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining soliq va bojxona sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun masʼul oʻrinbosari, yoʻqligida esa uning vakolatini amalga oshirish yuklatilgan Bosh prokurorning boshqa oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat prokuraturalari tomonidan qabul qilingan qarorlar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan, ular yoʻqligida esa vazifalarini vaqtincha bajaruvchi prokuror oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tekshiruv oʻtkazish kelishilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan boshlab bir ish kunidan kechikmasdan nazorat qiluvchi organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tekshiruvlarni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Nazorat qiluvchi organ tekshiruvni oʻtkazish kelishilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyruqda tekshiruv oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjat nomi, raqami va sanasi, nazorat qiluvchi organning tekshiruvda ishtirok etadigan masʼul xodimlari tarkibi, tekshiriladigan tadbirkorlik subyektining nomi (filiali yoki shoxobchasi), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, manzili, tekshiruv maqsadi, muddati va tekshiriladigan faoliyat davri koʻrsatiladi hamda tekshiruv dasturi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Nazorat qiluvchi organning tegishli tarkibiy boʻlinmasi tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvga uning boshqa tarkibiy boʻlinmalarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega boʻlgan xodimlari jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organning yuqori tashkiloti tekshiruvni quyi boʻlinmalariga yuklashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 1 va 2-ilovalarida belgilangan muddatlardan oshmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tekshiruv oʻtkazish jarayonida nazorat qiluvchi organning masʼul xodimlari oʻz vakolatlari va tekshiruv dasturida belgilangan masalalar doirasidan chetga chiqmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Nazorat qiluvchi organning masʼul xodimlari tekshiruv boshlanishidan oldin tadbirkorlik subyekti rahbarini (rahbarning vazifasini bajaruvchi shaxsni) yoki yakka tartibdagi tadbirkorni tekshiruv maqsadi bilan tanishtiradi, unga oʻz xizmat guvohnomasi va tekshiruv oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomasini koʻrsatadi, Yagona tizimga tekshiruvning unikal kodini kiritish orqali tekshiruvga doir maʼlumotlarni olish huquqini tushuntiradi, shuningdek tekshiruvni oʻtkazishga asos boʻlgan hujjatlar (tekshiruv oʻtkazish kelishilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, nazorat qiluvchi organning tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi va tekshiruv dasturi) nusxalarini tilxat olgan holda topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyekti oʻz soʻroviga koʻra oʻtkazilayotgan tekshiruv haqidagi axborotni Yagona tizimdan qisqa xabar (SMS) koʻrinishida va real vaqt rejimida internet tarmogʻi orqali olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 92-moddasida nazarda tutilgan hollarda mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan harakatlar nazorat qiluvchi organning masʼul xodimlari tomonidan tekshiruv tugallangunga qadar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tekshiruv oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik subyektiga tilxat olingan holda topshirilgan kun tekshiruvni oʻtkazish boshlangan kun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirilayotgan tadbirkorlik subyektining mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshiruvni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirilayotgan tadbirkorlik subyekti mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda nazorat qiluvchi organning masʼul xodimi tomonidan dalolatnoma tuziladi. Bunda dalolatnoma rasmiylashtirilgan kun tekshiruvni oʻtkazish boshlangan kun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Nazorat qiluvchi organning masʼul xodimlari tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan “Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi”ni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻldirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik imkoniyat mavjud boʻlganda majburiy tartibda “Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi”ning elektron shakli toʻldiriladi. Bunda qogʻoz shaklini toʻldirish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga “Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi”ning toʻldirilgan shakli (qogʻoz shakli toʻldirilganda — elektron shakli toʻldirilmaganligi sababi) yoki kitob taqdim etilmaganda — uning taqdim etilmaganligi toʻgʻrisida tekshiruvchi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organning masʼul xodimlari “Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi”ni toʻldirishdan bosh tortgan taqdirda, tadbirkorlik subyekti tekshiruv oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslikka haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tadbirkorlik subyektlari birlashmalarining aʼzosi boʻlgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tekshirishda ushbu tadbirkorlik subyekti soʻroviga koʻra mazkur birlashmalar vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining aʼzosi boʻlgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tekshirishda esa palata vakillari ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maslahatchilari va (yoki) advokatlar tomonidan tadbirkorlik subyektiga tekshiruv davomida shartnoma asosida tegishli xizmatlar koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organning masʼul xodimlari tekshiruv boshlanishidan oldin tadbirkorlik subyekti rahbariga (rahbarning vazifasini bajaruvchi shaxsga) yoki yakka tartibdagi tadbirkorga mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslarni tekshiruvda ishtirok etishga jalb qilish huquqini tushuntiradi hamda bu haqda tadbirkorlik subyekti rahbari (rahbarning vazifasini bajaruvchi shaxs) yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tekshiruv oʻtkazishga asos boʻlgan hujjatlar nusxalari olinganligini tasdiqlovchi tilxatda maʼlumot qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslarning tekshiruvda ishtirok etish uchun yetib kelmasligi tekshiruv oʻtkazilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tekshiruv davomida nazorat qiluvchi organning masʼul xodimlari hamda tekshirilayotgan tadbirkorlik subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 16 va 17-moddalarida belgilangan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlarga amal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tekshiruv bilan tadbirkorlik subyektining bevosita tekshiruv oʻtkazish yilidan oldingi uch kalendar yildan koʻp boʻlmagan faoliyati qamrab olinishi mumkin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv oʻtkazilayotgan kalendar yilning oʻtgan davri tekshirilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruvni oʻtkazayotgan nazorat qiluvchi organ tomonidan ilgari tekshirilgan faoliyat davri boʻyicha qayta tekshiruv oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tekshiruvni belgilangan muddatda oʻtkazish imkoni boʻlmagan hollarda, shuningdek tekshiruv boshlangandan keyin tadbirkorlik subyekti rahbari (rahbarning vazifasini bajaruvchi shaxs) yoki yakka tartibdagi tadbirkor tekshiruvda ishtirok eta olmagan, talab etilgan hujjatlar taqdim etilmagan yoki sohaviy mutaxassislar mavjud boʻlmagan taqdirda, tekshiruv nazorat qiluvchi organning buyrugʻi asosida toʻxtatilib, uning asoslantirilgan murojaatiga koʻra tekshiruv yoki uning qolgan muddati vakolatli organning ruxsati bilan boshqa vaqtga koʻchirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddati koʻchirilgan tekshiruvni oʻtkazish tekshiruv toʻxtatilgan oydan keyingi oyning soʻnggi kunidan kechiktirmasdan taʼminlanishi lozim. Ushbu muddatda oʻtkazilmagan tekshiruv yakunlangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tekshiruv oʻtkazish muddatini hisoblash ham toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tekshiruv oʻtkazish jarayonida oʻrganish lozim boʻlgan qoʻshimcha holatlar aniqlangan taqdirda, tekshiruv muddati nazorat qiluvchi organning asoslantirilgan murojaatiga koʻra Bosh prokuraturaning ruxsati bilan faqat bir marta, biroq tekshiruv kelishilgan muddatdan oshmagan vaqtga uzaytirilishi mumkin (masalan, olti kunga kelishilgan tekshiruvni uzaytirishda koʻpi bilan yana olti kun qoʻshib berilishi mumkin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tekshiruv muddatini koʻchirish va uzaytirish tekshiruv oʻtkazishni kelishish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tekshiruvni tadbirkorlik subyekti roʻyxatdan oʻtgan yoki faoliyat yuritayotgan manzilda oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, uni tadbirkorlik subyektining roziligi bilan ushbu subyekt roʻyxatdan oʻtgan yoki faoliyat yuritayotgan hududdagi nazorat qiluvchi organ binosida oʻtkazish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tekshiruvlar natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Tekshiruv dalolatnomasi kamida ikki nusxada tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir kunlik muddatda oʻtkaziladigan tekshiruv dalolatnomasi tekshiruv oʻtkazilgan kunda, muddati bir kundan ortiq boʻlgan tekshiruv boʻyicha esa, tekshiruv muddatining oxirgi kunidan kechiktirmasdan rasmiylashtirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tekshiruv dalolatnomasining nusxalari nazorat qiluvchi organning masʼul xodimlari va tadbirkorlik subyektining rahbari (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxs) yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan imzolanadi hamda bir nusxasi tadbirkorlik subyekti rahbariga (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxsga) yoki yakka tartibdagi tadbirkorga uni olgan sanani koʻrsatgan holda imzo qoʻydirib topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tekshirilgan tadbirkorlik subyekti oʻtkazilgan tekshiruv natijasi boʻyicha oʻz eʼtirozlarini dalolatnomada yozma ravishda aks ettirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tekshirilgan tadbirkorlik subyekti tekshiruv dalolatnomasini olishdan va (yoki) uni imzolashdan bosh tortganda, nazorat qiluvchi organning masʼul xodimi bu haqda dalolatnomaga tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan eʼtiboran tekshiruv tugagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holda tekshiruv dalolatnomasining bir nusxasi u tuzilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tadbirkorlik subyektiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tekshiruv dalolatnomasi nazorat qiluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Oʻtkazilgan tekshiruv natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnomada qayd etilgan qonunbuzilish holatlari toʻgʻrisidagi xulosalar tekshiruv yakunlangandan soʻng uch ish kuni ichida, tadbirkorlik subyektiga nisbatan qoʻllanilgan taʼsir choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yozma koʻrsatma, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma, moliyaviy va iqtisodiy jarimalarni qoʻllash toʻgʻrisida qarorlar, sud qarorlari) mazkur choralar qoʻllanilgandan soʻng uch ish kunidan kechiktirmasdan nazorat qiluvchi organlar tomonidan Yagona tizimga kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura bilan kelishilgan holda oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar nazorat qiluvchi organning markaziy apparati, viloyat prokuraturalari bilan kelishilgan tekshiruvlar boʻyicha maʼlumotlar nazorat qiluvchi organning viloyat darajasidagi tegishli boʻlinmasi tomonidan Yagona tizimga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tekshiruv natijasida aniqlangan bank siriga oid maʼlumotlar Yagona tizimga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Vakolatli organni xabardor etish tartibida tekshiruv oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 2-ilovasida (bundan buyon matnda Xabardor etish tartibidagi tekshiruvlar roʻyxati deb yuritiladi) belgilangan tekshiruvlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan vakolatli organni xabardor etish tartibida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tekshiruvlar Xabardor etish tartibidagi tekshiruvlar roʻyxatining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 va 2-bandlari boʻyicha — ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3, 6, 10 va 15-bandlari boʻyicha — nazorat qiluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan grafik asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4, 5, 7, 8, 9, 11 — 14, 16 — 25-bandlari boʻyicha — zaruratga qarab oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tekshiruv nazorat qiluvchi organning tekshiruvni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi, shuningdek ishonchli maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar yoki tekshiruv oʻtkazish yuzasidan tasdiqlangan grafik Yagona tizimga kiritilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Xabardor etish tartibidagi tekshiruvlar roʻyxatida koʻrsatilgan ikki yoki undan ortiq nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar toʻgʻrisida vakolatli organni xabardor qilish har bir organ tomonidan alohida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar kelishiladigan tekshiruvlarni oʻtkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Jismoniy va yuridik shaxslarning Xabardor etish tartibidagi tekshiruvlar roʻyxatida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha murojaatlari asosida tekshiruvlarni oʻtkazish vakolatli organni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida bir nechta masala koʻrsatilib, ulardan kamida bittasi kelishish tartibida tekshiruv oʻtkazilishini talab etadigan boʻlsa, tekshiruvlar vakolatli organ bilan kelishilgan holda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tekshiruvlarning oʻtkazilishini monitoring qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Vakolatli organ nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar belgilangan tartibda oʻtkazilganligini Yagona tizim orqali doimiy ravishda monitoring qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Vakolatli organ tomonidan monitoring natijalariga koʻra nazorat qiluvchi organlarning masʼul xodimlari tadbirkorlik subyektlari faoliyatida noqonuniy tekshiruv oʻtkazganligi yoki tekshiruv davomida qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyganligi aniqlangan holatlarda ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Vakolatli organ va nazorat qiluvchi organlarning masʼul xodimlari mazkur Nizom talablariga rioya etilishi, tekshiruv munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlgan tijorat siri, xizmat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlar, shuningdek oshkor etilmagan axborotlar muhofaza qilinishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Nazorat qiluvchi organlarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbarlari tekshiruv oʻtkazishga ruxsat olish yoki vakolatli organni tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida xabardor etish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul xodimlari oʻz vakolatlari va nazorat sohasidan tashqari masalalar boʻyicha har qanday tekshiruv oʻtkazilmasligi uchun javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-sentabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-sentabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namuna
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv oʻtkazishni kelishish toʻgʻrisida B U Yu R T MA
Tekshiruv oʻtkazuvchi organ nomi: Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi. Tadbirkorlik subyekti nomi: “Salomatlik” MChJ (STIR 200300400). Manzili: Navoiy viloyati, Nurota tumani, “X. Olimjon” koʻchasi, 45-uy. Tekshiruvni oʻtkazish uchun asos: Navoiy viloyati, Nurota tumani, “Olmazor” MFYda yashovchi fuqaro V. Eshboyevning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasida 2018-yil 15-avgustda 1234-son bilan roʻyxatga olingan murojaatida uning qizi B. Eshboyeva jamiyatga qarashli shifoxonada davolanish jarayonida virusli gepatit “S” kasalligini yuqtirib, Navoiy viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilganligi munosabati bilan jamiyat rahbarini javobgarlikka tortish masalasini koʻrib chiqish soʻralgan. Ushbu murojaat koʻrib chiqilishi natijasida fuqaro B. Eshboyeva virusli gepatit “S” kasalligi bilan Navoiy viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotganligi maʼlum boʻldi. Talablari buzilishi mumkin boʻlgan normativ-huquqiy hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumot: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi. Tekshiruv oʻtkazish muddati: 2018-yil sentyabr oyi, uch kun muddat. Tekshiruv predmeti: fuqaro B. Eshboyevaga qilingan muolaja. Tekshiriladigan faoliyat davri: fuqaro B. Eshboyevaning davolangan davri.
Ilova: 5 varaqda.
Vazir oʻrinbosari
X. Xxxxxxx
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namuna
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “Salomatlik” MChJda (STIR 200300400) fuqaro V. Eshboyevning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasida 2018-yil 15-avgustda 1234-son bilan roʻyxatga olingan murojaatiga asosan fuqaro B. Eshboyevaga qilingan muolajaning qonun hujjatlariga mosligi yuzasidan uning davolangan davri doirasida, taqdim etilgan tekshirish dasturiga muvofiq 2018-yil sentyabr oyida uch kunlik muddatda tekshirish oʻtkazilishi kelishildi.
Tekshirish kodi: 000149.
Bosh prokuror oʻrinbosari
X. Xxxxxxx
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namuna
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Sogʻliqni saqlash vazirligining “Salomatlik” MChJ (STIR 200300400) faoliyatida tekshiruv oʻtkazishni kelishish toʻgʻrisidagi buyurtmasiga tekshiruv dasturi ilova qilinmaganligi sababli, tekshiruv oʻtkazish rad etildi.
Bosh prokuror oʻrinbosari
X. Xxxxxxx
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2018-y., 10/18/3067/1854-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)