05.09.2018 yildagi 710-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.09.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Egmont” moliyaviy razvedka boʻlinmalari guruhining faoliyatida ishtirok etish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) “Egmont” moliyaviy razvedka boʻlinmalari guruhining (keyingi oʻrinlarda “Egmont” guruhi deb ataladi) faoliyatida ishtirok etish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari taʼminlanishi uchun masʼul maxsus vakolatli organ etib belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy bank, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Departamentni “Egmont” guruhi faoliyatida ishtirok etish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar bilan taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Departamentga amaliy maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqib va ushbu qarorning 2-bandida qayd etilgan tegishli vazirlik hamda idoralar rahbarlari bilan kelishgan holda, “Egmont” guruhi faoliyatiga tegishli qismi boʻyicha, shuningdek, “Egmont” guruhi doirasida oʻtkaziladigan yalpi majlislar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarini shakllantirishda ularning vakillarini ekspertlar sifatida belgilangan tartibda jalb qilishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Departament Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Departamentning budjetdan tashqari maxsus fondi mablagʻlari hisobidan quyidagi xarajatlar moliyalashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Egmont” guruhi budjetiga Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi ulushli badalini toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarining “Egmont” guruhi doirasida oʻtkaziladigan yalpi majlislar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
710-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/710/1848-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)