28.02.1996 yildagi 76-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.02.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“OʻZAGROTRANS” AKSIONERLIK-TRANSPORT KOMPANIYASINI TUZISH VA UNING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hoʻl meva-sabzavotlar va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining nobud boʻlishini kamaytirish, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi tizimida ixtisoslashtirilgan yuk tashishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi va “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi korxonalarining 1-ilovaga* muvofiq “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi tarkibida “Oʻzagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasini tuzish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.

2. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport korxonalari tomonidan “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi bilan birgalikda “Oʻzagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasining taʼsis hujjatlari ishlab chiqilgan va taʼsis yigʻilishi oʻtkazilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasi yuridik shaxs hisoblanadi va ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompaniya tarkibiga kiruvchi barcha transport korxonalari yuridik shaxs maqomini saqlab qoladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompaniya tarkibiga ixtiyoriylik asosida, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar kirishlari mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompaniyaning ustav fondi unga kiruvchi korxonalarning pay badallari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida aksiyalarni sotish hisobiga tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasiga aksiyalarning davlat ulushlarini, shuningdek, kompaniya tarkibiga kirgan avtotransport korxonalarining erkin sotish uchun moʻljallangan aksiyalarining bir qismini boshqarish huquqini bersin, bu huquqni keyinchalik “Oʻzagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasiga berishni nazarda tutsin. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi “Oʻzagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasi bilan aksiyalarning koʻrsatib oʻtilgan paketlarini boshqarish yuzasidan tegishli shartnoma tuzsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasiga boshqarish uchun oʻziga berilgan ulushlardan aksiyalarning 35 foizgachasini sotib olishiga ruxsat etsin. “Oʻzagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasi tarkibiga kiruvchi avtokorxonalarning 1996-yil mobaynida sotib olinmagan aksiyalar ulushi Oʻzbekiston Respublikasining fond bozorida sotilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi bilan birgalikda 4-ishlab chiqarish-tijorat korxonasini, 6-ishlab chiqarish-tijorat korxonasini, 8-ishlab chiqarish-tijorat korxonasini va “Toshkent” ishlab chiqarish-tijorat firmasi korxonalarini, aksiyalar paketini quyidagicha taqsimlagan holda, ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25% — davlat ulushi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26% — mehnat jamoasi ulushi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49% — erkin sotish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzavtotrans” korporatsiyasi bilan birgalikda “Oʻzagrotrans” aksonerlik-transport kompaniyasiga beriladigan mol-mulkni “Peshku” aksionerlik jamiyati va Xatirchi yuk tashish avtokolonnasi boʻyicha taqsimlasin va ushbu korxonalarning ustav fondlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport korxonalari aksiyalarining koʻrsatib oʻtilgan paketlarini boshqarish va sotib olish sxemasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar “Oʻzagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi korxonalari, dehqon (fermer) xoʻjaliklari bilan hoʻl meva-sabzavotlar va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashish yuzasidan qisqa muddatli va uzoq muddatli kontraktlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport xizmatlari bozorlarini va ularning rivojlanish istiqbollarini kompleks oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika aholisi va xalq xoʻjaligining avtotransportda samarali yuk tashishlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashuvchi oʻzaro foydali tashqi iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish hamda respublika tashqarisida avtotransportda yuk tashishlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun “Oʻzagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasi Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Mersedes-Bens” avtopoyezdlari bilan 3-ilovaga* muvofiq taʼminlansin va uning ixtisoslashtirilgan harakatdagi sostav bilan har yili toʻldirib borilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasi 3-ilovaga muvofiq korxonalar bilan ajratiladigan avtopoyezdlarning qiymatini toʻlash yuzasidan kompaniyaning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xorazm AIB bilan koʻrsatib oʻtilgan avtopoyezdlar uchun hisob-kitoblarini oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlaydigan miqdorlarda shartnomalar tuzsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasi va unga kiruvchi avtokorxonalar qoʻshilgan qiymat, yer, mol-mulk, transport soliqlaridan, bojxona poshlinalari va tadbirlari boʻyicha toʻlovlardan, shuningdek, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlardan 5 yil muddatga ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasi tarkibiga kiruvchi avtokorxonalar soliqlar va toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlarning kamida 50 foizini yuk tashishlar boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatini pasaytirishga yoʻnaltirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzdavneftmahsulot” davlat-aksionerlik birlashmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzavtotrans” korporatsiyasi va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi bilan birgalikda tashkil etilayotgan “Oʻzagrotrans” kompaniyasining yonilgʻi-moylash materiallariga boʻlgan ehtiyojini aniqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasini yonilgʻi-moylash materiallariga tegishli limitlar bilan taʼminlasin, bunda ularning qayta taqsimlanishini, shuningdek, kompaniyaning “Mersedes-Bens” avtopoyezdlari bilan qoʻshimcha ravishda taʼminlanishini hisobga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasining taʼsis hujjatlarini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasining xalqaro yuk tashishlarni amalga oshirishi uchun litsenziyani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 28-fevral,

76-son