O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA” 1994 YIL 4 MARTDAGI 114-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Muddatida to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirib olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorining 2-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomning IV bobining 9-bandi “k” kichik bandi chiqarib tashlansin va uning o‘rniga quyidagi mazmundagi “k” va “l” kichik bandlar kiritilsin:
“k) korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan davlat budjetiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni va ular bo‘yicha boqimandalarni so‘zsiz undirib olish;
l) fuqarolar, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan soliqlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha boqimandalarni davlat foydasiga undirib olish to‘g‘risida tegishli sudlarga da’vo arizasi berish”.
2. IV bobning 9-bandi “l” — “r” kichik bandlari tegishli ravishda “m” — “s” kichik bandlar deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 23-fevral,
73-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 2-son, 8-modda)