Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.02.2001 yildagi 70-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 07.02.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTONDA SIL KASALLIGIGA QARShI KURAShISh VA AYoLLARNING REPRODUKTIV SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISh UChUN GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI HUKUMATI TOMONIDAN BERILAYOTGAN GRANTLARNI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligiga qarshi kurashish va ayollarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish uchun Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati tomonidan berilayotgan grantlardan samarali va belgilangan maqsadda foydalanish maqsadida hamda “Ona va bola” davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisida 2000-yil 16-maydagi Hukumatlararo bitimga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “KfW” banki (Germaniya) oʻrtasida 2000-yil 10-maydagi moliyalashtirish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm va Toshkent viloyatlarida “Sil kasalligiga qarshi kurashish” dasturini amalga oshirish uchun 5 mln Germaniya markasi miqdorida grant ajratilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati bilan moliyaviy hamkorlik doirasida 2001 moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasiga qoʻshimcha ravishda jami 10 mln Germaniya markasi, shu jumladan “Sil kasalligiga qarshi kurashish” dasturini amalga oshirish uchun 5 mln Germaniya markasi va “Ayollarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish” dasturini amalga oshirish uchun 5 mln Germaniya markasi ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan grantlarni olish bilan bogʻliq barcha tartibotlarni Germaniya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirish hamda sil kasalligiga qarshi kurashish va ayollarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish uchun ajratilayotgan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy ekspertlar va konsultantlarni jalb etish, “KfW” banki bilan “Sil kasalligiga qarshi kurashish” va “Ayollarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish” dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi shartnomalarni moliyaviy hamkorlikning belgilangan tartibotlariga muvofiq tayyorlash va imzolash masalalarini hal etish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqorida koʻrsatilgan grantlarga hisob-kitob xizmatlari koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“KfW” banki bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha barcha shartlarning bajarilishini hamda ilovaga* muvofiq “Sil kasalligiga qarshi kurashish” va “Ayollarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish” dasturlarining amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaga* muvofiq “Sil kasalligiga qarshi kurashish” va “Ayollarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish” dasturlarini amalga oshirish boʻyicha xarid qilinadigan dori-darmonlar, preparatlar va asbob-anjomlar tarkibini moliyaviy mablagʻlar berilishi boʻyicha rasmiy tartibotlar tugallangandan keyin bir hafta muddatda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda penitensiar tizimda “DOTS” (bevosita vrach kuzatuvi ostida sil kasalligining qisqa muddatli kimyoviy terapiyasi) xalqaro dasturini joriy etish chora-tadbirlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan grantlar doirasida dori-darmonlar, tibbiyot va laboratoriya jihozlari va boshqa tovarlarni xarid qilish tender asosida, oʻrnatilgan moliyaviy hamkorlik tartibotlariga muvofiq amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati tomonidan berilayotgan grantlar doirasida xarid qilinadigan dori-darmonlar, tibbiyot va laboratoriya jihozlari, sarflanadigan materiallar va koʻrsatiladigan xizmatlar bojxona bojlari toʻlovidan va yigʻimlardan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqorida koʻrsatilgan grantlar doirasida olinadigan tibbiyot jihozlari va materiallarini yuklash-tushirish ishlarini va aeroportda saqlashning butun davrida ularni toʻplashni toʻlovsiz tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukning muruvvat yordami tusidaligini hisobga olib, jihozlar va materiallarni aviakompaniya samolyotlari bilan ichki havo yoʻllarida bepul tashishga ruxsat etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmanomalariga binoan, “Sil kasalligiga qarshi kurashish” va “Ayollarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish” dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kelish vizalarining konsullik yigʻimlari undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sil kasalligiga qarshi kurashish” va “Ayollarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish” dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi tibbiyot muassasalaridan foydalanish, ularni taʼmirlash va saqlash boʻyicha joriy xarajatlarni moliyalashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqorida koʻrsatib oʻtilgan grantlar boʻyicha yetkazib beriladigan tovarlarni qabul qilib olish, toʻplash, yetkazib berishni va ulardan belgilangan maqsadda foydalanilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 7-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70-son