03.07.1992 yildagi 664-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.07.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JAMOAT BIRLAShMALARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida” 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil № 4, 76-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) kirish qismidan “SSSR Konstitutsiyasiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 3-moddasining ikkinchi qismidan va 23-moddasidan tegishli ravishda “SSSR” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 6-moddasining birinchi qismi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 9-moddasining birinchi qismidan “boshqa jumhuriyatlar fuqarolarining shuningdek” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 10-moddaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Jamoat birlashmasi hamda uning tashkilotlarining mablagʻlari va boshqa mol-mulkini hosil qilishning pul bilan taʼminlanish manbalari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 11-moddaning birinchi va toʻqqizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi xalqaro jamoat tashkilotlarining, jumhuriyat, viloyatlararo birlashmalarining ustavlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqaro jamoat birlashmalarining, ularning boʻlinmalarining filiallari, shu jumladan ommaviy harakatlari va ularning tarmoq boʻlinmalarining, shuningdek jumhuriyat va mahalliy jamoat birlashmalari (shu jumladan ommaviy harakatlarning) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning joylaridagi idoralarida oʻz ustavlarini roʻyxatdan oʻtkazmagan boʻlsalar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatishlariga yoʻl qoʻyilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 12-moddaniig toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqaro, jumhuriyat va viloyatlararo jamoat birlashmalarining ustavini roʻyxatdan oʻtkazishning rad etilishi ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, mahalliy jamoat birlashmalari ustavini roʻyxatdan oʻtkazish ishi ustidan esa — tegishli viloyat, Toshkent shahar sudiga shikoyat qilish mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 15-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 18-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi siyosiy partiyalar va ommaviy jamoat harakatlarining diniy tashkilotlardan, chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan moliyaviy va oʻzga yordam olishi man etiladi, ulardan tushgan mablagʻlarni esa Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat foydasiga oʻtkazib yuboradi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 19-moddaning quyidagi mazmunda boʻlgan ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi siyosiy partiyalar va ommaviy jamoat harakatlar diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan kelib tushgan mablagʻlar evaziga noshirlik faoliyatini yuritishga va matbaa nashrlarini taʼmin etishga haqli emas”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 20-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Moliya idoralari jamoat birlashmalarini mablagʻ bilan taʼminlash va ular daromadlarining manbalarini, ular olgan mablagʻ miqdorini va soliqlar toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq soliq toʻlanishini nazorat qilib boradilar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) 22-moddaning birinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jamoat birlashmasi ushbu Qonun 3-moddasinnng 2, 3, 4-qismi va 18-moddasining toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda sud qaroriga binoan tugatilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqaro jamoat birlashmalari, uning boʻlinmalari, filiallari, jumhuriyat va viloyatlararo jamoat birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasi prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Bosh Davlat soliq boshqarmasining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan vakolat berilgan boshqa idoralari va mansabdor shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi chiqargan qarorga muvofiq tugatiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jamoat birlashmasini tugatish toʻgʻrisida qarori ustidan shikoyat qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Qonun imzolangan daqiqadan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 3-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
664-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 363-modda)