13.08.2018 yildagi 651-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim toʻgʻrisida”gi hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni talablarini bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olishlari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqasi qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olishiga koʻmaklashish boʻyicha maslahat kengashini (keyingi oʻrinlarda Maslahat kengashi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Maslahat kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olishga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalariga hujjatlar topshirishi, taʼlim olishi va taʼlim muassasalarini tugatganidan keyin ish bilan taʼminlanishi yuzasidan ularga tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalariga hujjatlar topshirishi, taʼlim olishi va taʼlim muassasalarini tugatganidan keyin ish bilan taʼminlanishi yuzasidan ularning murojaatlarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olishi uchun tavsiya etiladigan taʼlim muassasalarining har yillik roʻyxatini shakllantirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi vakilliklari bilan hamkorlikda fuqarolarga xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olish boʻyicha maʼlumotlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olishiga amaliy yordam koʻrsatishda ishtirok etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va Tashqi ishlar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olishi uchun tavsiya etiladigan taʼlim muassasalari roʻyxatini har yili 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bir oy muddatda Maslahat kengashi tarkibini hamda Maslahat kengashi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirsin va uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari diniy taʼlim olayotgan hamda oʻqishga kirish uchun hujjat topshirayotgan xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni oʻrnatish, shuningdek, oʻzaro tizimli maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda har yillik rejaga asosan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari diniy taʼlim olayotgan xorijiy davlatlardagi elchixonalar va konsulliklar orqali mazkur davlatlardagi taʼlim muassasalarida diniy taʼlim olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan doimiy hamkorlik olib borish va ularga har tomonlama koʻmaklashish, xorijiy mamlakatlardagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga davlatimizning tinchliksevar siyosati, demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurish borasida Oʻzbekistonning maqsad va vazifalarini, shuningdek, bugungi kunda mamlakat hayotining barcha sohalarida erishilayotgan muvaffaqiyatlarni keng targʻib qilishni taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olishi tavsiya etiladigan taʼlim muassasalari roʻyxati tasdiqlanganidan keyin mazkur roʻyxat ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi hamda keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazilishini, shuningdek, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi vakilliklari bilan hamkorlikda joylarda tadbirlar oʻtkazib, fuqarolarga xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olish boʻyicha maʼlumotlar berilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi vakilliklari, diniy taʼlim muassasalari va masjidlarga oʻzlarining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olishi boʻyicha tavsiyalar, maʼlumotlarni joylashtirib borish tavsiya etilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Ziyo” media markazi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur qarorning mazmun va mohiyatini ochib beruvchi telekoʻrsatuvlar hamda radioeshittirishlar tayyorlash va maqolalar chop etish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi J.K. Akramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 13-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
651-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 09/18/651/1701-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)