30.08.1997 yildagi 485-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(I-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(II-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., -son, -modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(III-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 14-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(IV-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 605-I-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(V boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda, № 6, 266-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 141-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 3-moddaning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish vaqtida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 4-bobning nomi va mazmuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4-bob. Ushlab turilganlarni qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish vaqtida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda. Nazorat predmeti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat predmetini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlarni qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etuvchi organlar va muassasalarda shaxslarni saqlash qay darajada qonuniy ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlarni qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilgan shaxslarni saqlash tartibi va sharoitlari haqidagi qonun hujjatlariga qay darajada rioya etilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlar, shuningdek, boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilgan shaxslarning qonunda belgilangan huquqlari va majburiyatlariga rioya etilishi qay darajada taʼminlanayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarini qoʻllaydigan organlar va muassasalar, mansabdor shaxslar faoliyatida qonun hujjatlariga qay darajada rioya etilayotganligi tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda. Prokurorning vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish vaqtida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazolarni oʻtash joylariga, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalar va voyaga yetmaganlarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga moneliksiz va istalgan vaqtda kirish hamda binolarning hamma joyi bilan tanishishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxslarni ushlab turishga, qamoqqa olishga, shuningdek ularga nisbatan jinoiy jazo yoki boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari qoʻllashga asos boʻlgan hujjatlar bilan tanishishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turish, qamoqda saqlash joylarida, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalarida, tibbiy yoʻsindagi majburiy choralarini ijro etuvchi muassasalarda va voyaga yetmaganlarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida noqonuniy ravishda saqlab turilgan shaxslarni darhol ozod qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
basharti qamoqda saqlanayotgan, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo choralari qonunga muvofiq kelmasa, bu choralarni bekor qilishga, oʻz qarori bilan bunday shaxslarning intizomiy boʻlinmalardan darhol ozod qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlar va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan shaxslarni ushlab turish, qamoqda saqlash, jazo va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalarning vakillari ishtirokida ham, ulardan holi holda ham soʻrab-surishtirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turish, qamoqqa olish, jazo va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etuvchi organlar va muassasalar maʼmuriyatlarining buyruqlari, farmoyishlari va qarorlari, operativ-qidiruv tadbirlari qonuniga qay darajada muvofiqligini tekshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlar va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilgan shaxslarning huquqlarini taʼminlaydigan sharoitlar yaratilishini maʼmuriyatdan talab qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning 25-29-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda protestlar keltirish, qarorlar chiqarish, taqdimnomalar, amrnomalar kiritish, yozma ravishda ogohlantirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda. Prokuror qarorlari va talablari ijrosining majburiyligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokurorning ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etishning qonunda belgilangan tartibi va sharoitlariga rioya etishga doir qarorlari va talablarini ijro etish majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda. Shikoyatlar va arizalar bilan murojaat qilish huquqini taʼminlanishda prokurorning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlar va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilgan shaxslarning jazoni ijro etuvchi organ yoki muassasa maʼmuriyatiga, boshqa davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mansabdor shaxslarga shikoyatlar va arizalar bilan murojaat qilish huquqlari toʻgʻrisidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Tushgan shikoyat yoki arizani prokuror belgilangan muddatda koʻrib chiqadi, zarur chora-tadbirlar koʻradi va oʻz qarori haqida arizachiga maʼlum qiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(VII-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., -son, -modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda) 2-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Viloyat hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda shahar hokimini tuman (shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimiga boʻysundirish va yagona boshqaruv organlari tuzish vakolatiga ega. Bu xususdagi qaror keyinchalik xalq deputatlari viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(IX-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 610-I-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 92-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(X-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi OʻRQ-763-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 164-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bosqinchilik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatib yoxud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa,”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 166-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Talonchilik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib yoxud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ancha miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil № 2, 56-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 49-moddaning ikkinchi qismidagi “advokatlar hayʼatining aʼzolari” degan soʻzlar “advokatlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 50-moddaning uchinchi qismidagi, 304-modda ikkinchi qismining 6-bandidagi, 320-moddaning yettinchi qismidagi “yuridik maslahatxonaga”, “tomonidan yuridik maslahatxonaga“, “tegishli yuridik maslahatxonaga” degan soʻzlar tegishincha “advokatlar byurosiga, hayʼatiga yoki firmasiga”, “tomonidan advokatlar byurosiga, hayʼatiga yoki firmasiga”, “tegishli advokatlar byurosiga, hayʼatiga yoki firmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 51-moddaning uchinchi qismidagi “yuridik maslahatxona mudiri” degan soʻzlar “advokatlar byurosi, hayʼati yoki firmasi rahbari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 272-moddaning ikkinchi qismidagi “hayʼati rayosatiga” degan soʻzlar “malaka komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 389-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar sudining raislari, Qurolli Kuchlar harbiy sudining raisi ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat toʻgʻrisidagi ishni, agar u mazmunan murakkab boʻlmasa, tuman (shahar) sudiga, shuningdek garnizon harbiy sudiga koʻrish uchun topshirishga haqli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 412-moddaning beshinchi qismidagi “hayʼati rayosatiga” degan soʻzlar “malaka komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 476-moddaning ikkinchi qismidagi “yuridik maslahatxona mudirining, yuridik maslahatxona foydasiga” degan soʻzlar “advokatlar byurosi, hayʼati yoki firmasi rahbarining, advokatlar byurosi, hayʼati yoki firmasi foydasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, №2, 56-modda, № 4-5, 126-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 85-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“85-modda. Ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash, unga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish yoki atmosfera havosidan belgilangan talablarni buzgan holda foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni yoʻl qoʻyiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlash; atmosfera havosiga yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish; maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlash; qonun hujjatlariga muvofiq maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatini olish talab etiladigan hollarda bunday ruxsatni olmay turib atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish, xuddi shuningdek noqulay meteorologik sharoit davrida atmosferaning ifloslanganlik darajasi ortib ketishiga sabab boʻluvchi ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlashni kamaytirish chora-tadbirlarini toʻliq hajmda bajarmaganlik; bunday moddalarni yoppasiga chiqarib tashlashlarning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirmaslik —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan belgilangan normativlardan ortiqcha foydalanish, xuddi shuningdek atmosfera havosidan tasdiqlangan normativlarsiz yoki maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz foydalanish —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 87-moddaning birinchi qismi “foydalanishga chiqarish” degan soʻzlardan keyin “yoxud harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish chogʻida ishlatib chiqarilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi hamda ular fizikaviy omillarining zararli taʼsiri tegishli normativlarga muvofiqligini tekshirish va tartibga solib turishni taʼminlamaslik” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Kodeks quyidagi mazmundagi 891-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“891-modda. Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish qoidalarini buzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni tegishli ruxsatnomasiz, xuddi shuningdek ruxsatnomada koʻrsatilgan shartlarni buzgan holda zararsizlantirish —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 257-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat sanitariya nazorati organlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida, 85-moddasida (atmosfera havosiga yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik uchun, agar bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish boʻlsa), 86, 88, 89, 95-moddalarida (agar atmosfera havosiga fizikaviy taʼsir koʻrsatilgan boʻlsa va bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish boʻlsa), 87-moddasida (avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar hamda qurilmalarni ishlatish paytida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortib ketganligi uchun), 96-moddasida (sanitariya-ekologik ekspertizasi qismida), 178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 261-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida, 65-moddasining birinchi qismida (qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar bundan mustasno), 65-moddasining ikkinchi qismida, 68-moddasida (hisobotni buzib koʻrsatish, yerdan foydalanganlik toʻgʻrisida axborot taqdim etishdan bosh tortish yoki notoʻgʻri axborot taqdim etish bundan mustasno), 69-moddasida (qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar bundan mustasno), 70-moddasida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (termal suvlarga doir qismi bundan mustasno), 73-moddasida, 74-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 75-moddasida (irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish bundan mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77, 78, 79, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida, 85-moddasida (sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash bundan mustasno), 86, 87, 88, 89-moddalarida (atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish bundan mustasno), 891-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91, 92, 93, 95-moddalarida, 96-moddasida (davlat ekologiya ekspertizasi qismida), 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, yogʻoch koʻpriklar va taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar bundan mustasno), 162-moddasida, 178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik qismida), 214-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 228-moddasida (tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganda muhrlar (plombalar) qoʻyilgan hollar) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil № 2, 56-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 7-moddaning uchinchi qismida “va chet el banklariga” degan soʻzlar “shuningdek chet el banklari va xususiy banklarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 31-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mijozlar oʻzlari tanlagan faqat bitta bankda milliy va chet el valyutasida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishga haqli. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar oʻz tanlovi boʻyicha bitta yoki bir nechta bankda soʻmlar va chet el valyutasida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga ega boʻlishga haqli”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XV. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 11-12) 775-moddasining ikkinchi qismidagi “hamda bitta bank bilan ham, shuningdek bir necha bank bilan ham bank hisobvaragʻi shartnomalari tuzishlari mumkin” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XVI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 30-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
485-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y.,9-son, 241-modda; 1997-y., 4-songa ilova; 1998-y., 5-6-son, 92-modda, 5-6-son, 89-modda, 9-son, 167,168-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 14-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)