Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.04.2026 10.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3051
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrugʻi, 10.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3051
Kuchga kirish sanasi
11.08.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.04.2026
Hujjat 11.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 10-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3051]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 31-martdagi 16-mh-sonli ““Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3051-2, 03.04.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 733-son “Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida sportchi lavozimini joriy etish hamda ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir Sh. ISROILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 20-iyuldagi 11-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 733-son “Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida sportchi lavozimini joriy etish hamda ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash tartibini nazarda tutadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Sportchi” lavozimi Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining shtat jadvallarida nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida “sportchi” lavozimi boʻyicha shtat birliklari soni sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining aʼzolari sonidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish, yuqori natijalarga erishish, Oʻzbekiston Respublikasini xalqaro miqyosda yuqori oʻrinlarga koʻtarish, shuningdek sport turlari boʻyicha sport mutaxassislari oʻrtasida kasbiy tajriba almashish “sportchi” lavozimining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Sportchi” lavozimiga qabul qilish uchun quyidagi talablar qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlagan Olimpiya sport turlari bilan muntazam shugʻullanishi, doimo oʻzining sport mahoratini oshirib borishi va sport tadbirlarida qatnashishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oliy sport mahorati maktablari yoki ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining birida shugʻullanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining asosiy tarkibidagi sportchi boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlagan Olimpiya sport turlari boʻyicha tegishli sport unvonlari yoki sport razryadlariga ega boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Sportchi” lavozimidagi sportchining majburiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport rejimiga, intizomga amal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy sport tadbirlarini tashkillashtirishda yordam berish, shuningdek qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport-sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini oʻtkazilishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy kasallik va sport jarohatining oldini olish maqsadida majburiy davriy tibbiy koʻriklardan oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
musobaqa qoidalariga asosan taqiqlangan uslublardan, shuningdek sunʼiy stimulyator — doping va boshqa taqiqlangan vositalardan foydalanmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Sportchi” lavozimidagi sportchilarning mehnat munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sportchilar Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining asosiy tarkibidan chiqarilgan taqdirda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi. Bunda u faqat “sportchi” lavozimidan ozod qilinadi, biroq sportchi shugʻullanayotgan sport maktabida shugʻullanishini davom ettirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. “Sportchi” lavozimiga oylik ish haqi va ustamalar belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Sportchi” lavozimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyuldagi 235-son “Budjet tashkilotlarida ishlaydigan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarning kasblari va lavozimlari boʻyicha tarif razryadlarini tasdiqlash haqida”gi qarori asosida va tegishli hududlarda rayon koeffitsiyentini qoʻllagan holda ish haqi toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Sportchi” lavozimiga ustamalar sport maktablari rahbari tomonidan Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida va boshqa sport musobaqalarida erishgan natijalaridan kelib chiqib, sport maktabi trenerlar kengashining qaroriga asosan ularning lavozim ish haqiga nisbatan moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi doirasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Sportchi” lavozimiga Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 177, 1995-yil 20-sentabr) muvofiq ustamalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, sport musobaqalarida yuqori yutuqlarga erishganlik uchun lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning koʻpi bilan 50 foizi miqdorida shaxsiy ustamalar berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Sportchi” lavozimidagi sportchining sport natijalari yomonlashganda va u “sportchi” lavozimiga qoʻyilgan talablarni lozim darajada bajarmaganda, sportchi tomonidan mehnat intizomi buzilganda ustamalar sport maktabi trenerlar kengashining qaroriga asosan bekor qilinadi yoki kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Sportchi” lavozimi boʻyicha mehnatga haq toʻlash xarajatlari sport maktabining tasdiqlangan mehnatga haq toʻlash fondi doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-iyul

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 10/18/3051/1693-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 22.11.2023-y., 10/23/3051-1/0871-son)