02.08.2018 yildagi PQ-3895-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.05.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman va shahar markazlarining meʼmoriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish, ularning xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, asosiy turistik yoʻnalishlarda zamonaviy obyektlar qurish, shuningdek, respublika aholisi va mehmonlari uchun koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari va shaharlarida, respublika viloyatlari va Toshkent shahrida “Business city” shaklida zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini (keyingi oʻrinlarda “Business city” markazlari deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan ularning konsepsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilganidan keyin qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari mavjud boʻlsa, ularning konsepsiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vaqtida Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga ushbu yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masala ham kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi funksiyalarini bajarish, “Business city” markazlari hududida obyektlar qurilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida davlat unitar korxonasi shaklida “Business city” markazlari hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb yuritiladi) tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlarini batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqishni tashkil etish yetakchi mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlari jalb etilgan holda Direksiya tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlari barpo etiladigan yer uchastkalarini belgilangan tartibda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish bosh rejaga asosan qurilishning tegishli bosqichini boshlash oldidan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda toʻliq qoplangandan soʻng amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlari hududidagi umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari bosh rejaga muvofiq infratuzilma obyektlari va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni barpo etish uchun Direksiyaga va (yoki) ushbu obyektlarni qurish, saqlash va foydalanish vazifasini amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari, muassasalari va korxonalariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlari hududida bosh rejaga muvofiq tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun, shu jumladan koʻp kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalari mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari elektron onlayn-auksionda “Business city” markazlarining konsepsiyasi, bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasida nazarda tutilgan obyektlarni barpo etish sharti bilan lotlarga boʻlingan holda realizatsiya qilinadi, bunda har bir lot boʻyicha loyihaning taxminiy tavsifi va arxitektura qiyofasiga, foydalanishga topshirish muddatiga talablar belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlari hududida yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushgan tushumlar (Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 2-ilovaning 39-bandi “a” — “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar chegirib qolingan holda) Direksiyaga oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlari hududida obyektlarni qurish investorlarning mablagʻlari, shu jumladan homiylik xayriyalari, kreditlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaga loyihalashtirish shartlarini belgilash, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlarini amalga oshirish usullarini mustaqil tanlash, shuningdek, eng yaxshi takliflarni tanlash yoʻli bilan ishlarni bajaruvchilarni, loyiha tashkilotlarini belgilash huquqi beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi PQ-247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2022-y., 07/22/247/0428-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar direksiyalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishga potensial investorlarni, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, Internet tarmogʻida idoraviy mansub “Business city” markazini qurish va uning faoliyati boʻyicha taqdimot tadbirlarini va keng reklama kampaniyasini olib borish ishlarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Business city” markazlari hududidagi yer uchastkalarini elektron-onlayn auksion orqali olgan investorlar bilan “Business city” markazlariga investitsiya kiritish toʻgʻrisida bitimlar tuzish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub “Business city” markazi hududida investorlar tomonidan realizatsiya qilinadigan loyihalar amalga oshirilishining borishi ustidan doimiy monitoring yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub “Business city” markazi hududida obyektlar qurilishini loyihalashtirishda loyiha tashkilotlari tomonidan energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi hamda yuqori texnologik materiallar va buyumlardan samarali foydalanilishining taʼminlanishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan majburiyatlar investorlar tomonidan lozim darajada bajarilishini nazorat qilish, qabul qilingan majburiyatlar investorlar tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda idoraviy mansub “Business city” markazi hududida investitsiya qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlarni muddatidan oldin bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub “Business city” markazi hududida, jumladan boshqaruvchi kompaniyalarni tuzish va tadbirkorlik subyektlarini jalb etish yoʻli bilan umumiy foydalaniladigan joylar, muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanishni va ularga xizmat koʻrsatishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar, ishlarni bajaruvchilar va xizmat koʻrsatuvchilar, binolar, inshootlar va turar joylarning mulkdorlari va ulardan foydalanuvchilar tomonidan qurilish-montaj ishlarini bajarishda va obyektlardan foydalanishda belgilangan yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan texnik nazoratni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlari faoliyatining samarali tashkil etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar tomonidan qurilish ishlari amalga oshirilishida va vakolatli tashkilotlar tomonidan muhandislik kommunikatsiyalarining tashqi tarmoqlariga ulashda “Business city” markazlari hududlarini tayyorlash uchun masʼul boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda tegishli tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini tashkil etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi PQ-247-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2022-y., 07/22/247/0428-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini tashkil etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinishiga qarab direksiyalar tashkil qilinishini va ularning toʻliq faoliyat koʻrsatishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Business city” markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorlarni ular qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida “Business city” markazlarining konsepsiyalarini ilova qilgan holda oʻz rasmiy saytida eʼlon qilinishini;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi PQ-247-sonli qaroriga asoan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2022-y., 07/22/247/0428-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda boshqa vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini tashkil etish uchun yer uchastkalarining chegaralari belgilanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqador tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etiladigan “Business city” markazlari hududida amalda yashayotgan oilalar roʻyxatini aniqlagan holda buziladigan uy-joylar, noturar joy binolari va inshootlarning 2019-yil 1-yanvar holatiga xatlovdan oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari olib qoʻyilishi, uy-joylar, noturar joy bino va inshootlar buzilishi, tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalariga ulangan holda “Business city” markazlari hududida obyektlar qurilishi bilan bogʻliq tashkiliy va texnik masalalarning hal etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlari hududida investorlar tomonidan loyihalar amalga oshirilishining borishi tizimli asosda nazorat qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tegishli tumanlar va shaharlarning mahalliy budjeti mablagʻlari, Direksiya, investorlar va homiylar mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi PQ-247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2022-y., 07/22/247/0428-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari va boshqa mol-mulk olib qoʻyilishi, uy-joylar, noturar joy bino va inshootlar buzilishi sababli mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash, hududlar tozalanishi, yer ishlari bajarilishi, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining maydon ichki tarmoqlari qurilishi, umumiy foydalaniladigan hududlar obodonlashtirilishi, reklama kampaniyalari va taqdimot tadbirlari oʻtkazilishi, shuningdek, mahalliy, xorijiy konsalting va arxitektura kompaniyalari xizmatlari uchun xarajatlar, Direksiyani saqlash va xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari investorlarga yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan direksiyalarga tushgan mablagʻlar, homiylar mablagʻlari, kreditlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi PQ-247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2022-y., 07/22/247/0428-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbektelekom” AK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari “Business city” markazlarining shaharsozlik hujjatlariga muvofiq muhandislik kommunikatsiyalari ulovchi tarmoqlarining oʻz mablagʻlari hisobidan qurilishini ularning uzluksiz faoliyat koʻrsatishini hisobga olgan holda taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2020-y., 06/20/5963/0300-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Business city” markazlari qurilishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2021-yil 1-yanvarga qadar muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar — mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh pudratchi va bosh loyiha tashkilotlari — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (koʻrsatiladigan xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar-norezidentlar — ham doimiy muassasa, ham Oʻzbekiston Respublikasida toʻlov manbasi orqali olinadigan daromadlar boʻyicha foyda soligʻini toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direksiyalar, investorlar, bosh pudrat tashkilotlari — Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, metall konstruksiyalar uchun bojxona toʻlovlarini (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) direksiyalar “Business city” markazlari faoliyat koʻrsatishining butun davrida soliqlarning barcha turlari va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) direksiyalar, investorlar, bosh pudratchi, subpudrat va bosh loyiha tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga hisoblanadigan daromad soligʻining stavkasi uch yildan oshmagan muddatga 50 foizga kamaytirilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi PQ-247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2022-y., 07/22/247/0428-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, ushbu qaror 8 va 9-bandlarining amal qilishi “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi qurilishi loyihasining tegishli qatnashchilariga, shu jumladan uning direksiyasiga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi direksiyalarning buyurtmanomalariga binoan “Business city” markazlari va “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazini tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi direksiyalarning buyurtmanomalariga binoan “Business city” markazlari va “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazini tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji toʻlamasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va koʻp martalik vizalarning uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi direksiyalarning buyurtmanomalariga binoan “Business city” markazlari va “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazini tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda qatnashuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etilishiga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 2-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3895-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2018-y., 07/18/3895/1616-son; 14.03.2020-y., 06/20/5963/0300-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 19.05.2022-y., 07/22/247/0428-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)