30.07.2018 yildagi 602-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyatining Zomin tumani markaziy qismida qurilish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyatining Zomin tumani markaziy qismini batafsil rejalashtirish loyihasini amalga oshirish orqali tumanning arxitektura qiyofasini tubdan oʻzgartirish, aholi farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jizzax viloyatining Zomin tumani markaziy qismini batafsil rejalashtirish loyihasining umumiy konsepsiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan maʼqullangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “OʻzshaharsozlikLITI” DUK tomonidan ishlab chiqilgan Zomin tumani Abdurayim Sattorov koʻchasining janubiy qismida 1-bosqichda qurilishi rejalashtirilgan, energiyani tejaydigan texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan “Zomin” (arzon) uy-joy kompleksining individual loyihasi maʼqullansin va loyihaning keyingi bosqichlari uchun asos qilib olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jizzax viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Ipoteka bank” ATIB, “Oʻzshahar qurilish invest” IK MChJ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qarori doirasida 2018-yilda Zomin tumanida qurilishi rejalashtirilgan 5 ta koʻp kvartirali uy (225 ta kvartira) oʻrniga yangi tipdagi loyiha asosida maishiy-savdo obyektlari boʻlgan 11 ta koʻp kvartirali uydan (137 ta kvartira) iborat “Zomin” (arzon) uy-joy kompleksi qurilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini qurish boʻyicha, tegishliligiga koʻra — vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Jizzax viloyatining Zomin tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-noyabrdagi 902-son qaroriga asosan ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari qurish boʻyicha “Oʻzbekkommunalloyihaqurilish” DUK bosh loyihachi etib, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi buyurtmachi etib, “Jizzax trest 21” MChJ bosh pudratchi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzshahar qurilish invest” IK MChJga “Zomin” (arzon) uy-joy kompleksining individual loyihasida nazarda tutilmagan xarajatlarni koʻp qavatli uylar tarkibida quriladigan maishiy-savdo obyektlari tannarxiga yoʻnaltirishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman markazida rejalashtirilgan ichimlik va oqova suv inshootlari hamda tarmoqlari qurilishi uchun tegishli mablagʻlar buyurtmachilarning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq tegishli miqdordagi mablagʻlar ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arzonlashtirilgan koʻp qavatli uy-joylar hududida bolalar oʻyin maydonchalari, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va sugʻorish tizimlari, zamonaviy tipdagi piyodalar yoʻlkalari,soyabon elementlari (galereya)qurish uchun zarur mablagʻlar joriy yilda ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zomin markaziy stadionini tubdan rekonstruksiya qilishga sarflanadigan mablagʻlar buyurtmachilarning asoslangan hisob-kitoblariga asosan ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati hokimligi Zomin tumanining Dashtobod shaharchasida fuqarolarga tegishli boʻlgan 23 ta noturar joy obyekti buzilganligi uchun asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq viloyat mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga kompensatsiya toʻlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi I bosqichdagi oqova suv inshooti va kollektorlarning qurilish-montaj ishlari 2018-yil 1-dekabrgacha yakunlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangilangan loyihalar asosida ishlab chiqilgan “Zomin” (arzon) uy-joy kompleksi qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha berilgan davlat ekspertiza xulosasiga asosan qoʻshimcha qurilish-montaj ishlari uchun zarur mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qarori bilan belgilangan tartib asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zomin tumani markaziy qismini batafsil rejalashtirish loyihasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilga moʻljallangan investitsiya va infratuzilma loyihalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3507-son qarorida shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini moliyalashtirish maqsadlari uchun belgilangan manbalar hisobidan mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Zomin tumani hududida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini qisqa muddatlarda amalga oshirish maqsadida barcha obyektlar boʻyicha istisno tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish ishlari 2018-yilning oxiriga qadar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda olib borilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyihachi va bosh pudratchilar tanlov savdolari (tender) oʻtkazilmasdan,ularning eng maqbul takliflari asosida tanlab olish yoʻli bilan belgilanishiga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Jizzax viloyati hokimi E.A. Soliyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 30-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
602-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/602/1613-son)