Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021 25.01.2001 yildagi 53-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001 YILGI NAQD PUL EMISSIYASI DARAJASI VA KASSA REJASI PARAMETRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naqd pulning muomalada boʻlishini yanada mustahkamlash, shuningdek respublika mintaqalarida pulning muomalada boʻlishi ahvoli uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida naqd pul emissiyasi darajasi boʻyicha vujudga kelgan ahvol normal emas deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu, eng avvalo, koʻrsatib oʻtilgan mintaqalar, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va servis xizmatini tashkil etish bilan shugʻullanuvchi respublika idoralari va organlari rahbarlarining aholining zarur tovarlar va xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashga nihoyatda masʼuliyatsizlik bilan munosabatda boʻlishi oqibati ekanligi qayd etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda ishlarning ahvolini toʻgʻrilash yuzasidan aniq asoslangan takliflar tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ushbu takliflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqsin va tasdiqlasin, bunda aholining isteʼmol tovarlari va xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish muammosini tubdan hal etish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar boʻyicha 2001-yilgi va I chorakdagi naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasi va kassa rejasi parametrlariga 1 va 2- ilovalarga* muvofiq rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasi va kassa rejalarining belgilangan parametrlari bajarilishi ustidan qattiq va taʼsirchan nazoratni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari isteʼmol bozorini zarur tovarlar bilan toʻldirish, naqd pul tushumi tushishini taʼminlash hamda aholiga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarning oʻz vaqtida berilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbeksavdo”, “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalari, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, savdo shoxobchalariga ega boʻlgan va aholiga pulli xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari mahalliy bozorlarni zarur turdagi xalq isteʼmol tovarlari bilan taʼminlash va pulli xizmatlar sohasini kengaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Prokuraturasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tovarlar sotishdan, ishlar va xizmatlarni amalga oshirishdan naqd pul tushumlarining banklar kassalariga oʻz vaqtida va toʻliq topshirilishini taʼminlash ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-avgustdagi 355-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 129-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Pul-kredit siyosati boʻyicha Respublika komissiyasi ushbu qarorning bajarilishini har oyda koʻrib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga mansabdor shaxslarni naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasining belgilangan parametrlari va kassa rejasi bajarilganligi uchun ragʻbatlantirish va ularning ushbu koʻrsatkichlarning bajarilishi uchun javobgarligini oshirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashuvini taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 21-iyuldagi 379-son qarorining 11-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 25-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2001-y., 1-son, 6-modda, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 19-son, 150-modda; 2003-y., 15-16-son, 129-modda)