01.08.2018 yildagi PQ-3892-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda madaniyat va sanʼat sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, madaniyat va sanʼat muassasalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, madaniyat va sanʼat muassasalari binolarini qurish va taʼmirlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hududlarini obodonlashtirish, aholining madaniy ehtiyojlarini qondirish borasidagi ishlar talab darajasida emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish, ushbu sohadagi muassasalar tarmogʻini kengaytirish va ularning moddiy-texnik ahvolini mustahkamlash, aholiga sifatli xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish hamda davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikning quyidagi shakllarini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi nodavlat muassasalarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga yer uchastkalari ajratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud davlat madaniyat va sanʼat muassasalari binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi nodavlat muassasalari obyektlarini qurish uchun bepul asosda yer uchastkalarini taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan faoliyat koʻrsatmayotgan davlat madaniyat va sanʼat muassasalarining binolarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “nol” xarid qiymatida sotish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat madaniyat va sanʼat muassasalarining foydalanilmayotgan binolarini (yoki ularning bir qismini) ijara haqining “nol” stavkasida maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini moddiy-texnik, moliyaviy va metodik taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat-xususiy sheriklik shakliga qarab xususiy sherikka quyidagi investitsiya majburiyatlari yuklanishi mumkinligi belgilab qoʻyilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy xizmat koʻrsatishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifasiga imtiyozlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va sanʼat muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash borasidagi ishlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutiladigan boshqa majburiyatlarni bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha tuziladi. Bunda ushbu qarorning 1-bandi yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda tanlov oʻtkazilmaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi yoki “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tegishli ravishda oʻz tizimlarida davlat tomonidan xususiy sherik bilan bitim tuzadi va bitim shartlarini xususiy sherik qanday bajarayotgani boʻyicha monitoring olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklikni ragʻbatlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasida ochiladigan alohida hisobvaraqda (keyingi oʻrinlarda maxsus hisobvaraq deb yuritiladi) jamlash toʻgʻrisidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil qilingan shunday muassasalarga davlat madaniyat va sanʼat muassasasining yillik daromadlari va xarajatlaridan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar maxsus hisobvaraqni shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan ekvivalenti 100,0 million AQSH dollari miqdoridagi kreditlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat madaniyat va sanʼat muassasalari negizida madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida tijorat banklaridan ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining 7 foizdan oshgan qismini qoplab berish uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining maqsadli mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning xayriyalari, kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus hisobvaraqning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlar tuman va chekka qishloq joylardagi teatrlar, kinoteatrlar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bogʻlari, konsert zallari, hayvonot bogʻlari va boshqa madaniy obyektlar negizida madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashga foizsiz asosda imtiyozli kredit berish uchun tijorat banklariga taqdim etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus hisobvaraq mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar tijorat banklari tomonidan madaniyat va sanʼat sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga 10 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 7 foizli stavka boʻyicha ajratib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar amal qilishining quyidagi muddatlari belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi nodavlat muassasalarning binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga yer uchastkalari ajratish bitimi — kamida 30 yil;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud davlat madaniyat va sanʼat muassasalari binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi nodavlat muassasalari obyektlarini qurish uchun bepul asosda yer uchastkalarini taqdim etish bitimi — kamida 30 yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini, jumladan, faoliyat koʻrsatmayotgan davlat madaniyat va sanʼat muassasalarining binolarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “nol” xarid qiymatida sotish bitimi — kamida 30 yil;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat madaniyat va sanʼat muassasalarining foydalanilmayotgan binolarini (yoki ularning bir qismini) ijara haqining “nol” stavkasida maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga berish bitimi — 30 yilgacha;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish bitimi — 15 yilgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini moddiy-texnik, moliyaviy va metodik taʼminlash bitimi — kamida 10 yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish bitimi — kamida 1 yil.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olingan imtiyozli kredit asosida yoki davlat-xususiy sheriklik shartlarida tadbirkorlik subyektlariga topshirilgan obyektlarda madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi faoliyati tashkil etilgan kundan boshlab davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar amal qilishining muddatlari mobaynida uni qayta ixtisoslashtirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashkil etilgan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy faoliyati boʻyicha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlarining ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan texnik vositalar va boshqa jihozlar davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tuzilgan kundan boshlab 3 yil muddatga bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, ushbu bandda koʻrsatilgan soliq va bojxona imtiyozlari madaniyat va sanʼat sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlardan olinadigan sof tushum ulushi umumiy realizatsiya hajmida hisobot (soliq) davri yakunlariga koʻra kamida 80 foizni tashkil etadigan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi va mukammal taʼmirlanishi lozim boʻlgan davlat madaniyat va sanʼat muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inshootlarini xatlovdan oʻtkazib, ularning roʻyxatini tuzsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-fevralga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlarida madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga ajratilishi mumkin boʻlgan yer uchastkalarini aniqlab, ularning tasdiqlangan roʻyxatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “Oʻzbekkino” Milliy agentligiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda qisqa muddatlarda madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasini tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratilishini, shuningdek, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini qurishda ularni mahalliy budjetlarning mablagʻlari hisobiga loyiha xarajatlari hamda barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida nizomni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan davlat mulki obyektlari roʻyxatini tasdiqlasin va uning har yili yangilab borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus hisobvaraq mablagʻlaridan foydalanish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va sanʼat muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining markaziy apparati tuzilmasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 shtat birligidan iborat boʻlgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi madaniyat va sanʼat muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 shtat birligidan iborat boʻlgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari monitoringi boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 shtat birligidan iborat boʻlgan YUNESKO bilan ishlash boshqarmasi tashkil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan monitoring olib borilishini taʼminlasin hamda bajarilgan ishlar toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda madaniyat va sanʼat sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi davlat-xususiy sheriklik bitimini amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi va shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi hamda xususiy sheriklar tomonidan oʻz zimmalariga olingan majburiyatlarga rioya qilinishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mazkur qarorda nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar, madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari haqida tadbirkorlik subyektlari orasida keng qamrovli tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari mazkur qarorning mazmuni va ahamiyati keng yoritilishini hamda aholiga yetkazilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2778-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3892-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3892-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2778-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandning uchinchi xatboshidagi “49” raqami “58” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“STRUKTURA
sentralnogo apparata Ministerstva kulturi Respubliki Uzbekistan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Predelnaya chislennost upravlencheskogo personala 58 yed.”
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2018-y., 07/18/3892/1610-son, 20.12.2018-y., 07/18/4068/2349-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)