Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.07.2018 yildagi O‘RQ-489-son
Kuchga kirish sanasi
01.11.2018
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 01.11.2018 sanasi holatiga | Hujjat 21.04.2021 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni |
Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida | Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida |
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 12-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 28-iyunda maʼqullangan | Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 12-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 28-iyunda maʼqullangan |
1-bob. Umumiy qoidalar | 1-bob. Umumiy qoidalar |
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi |
Ushbu Qonunning maqsadi ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | Ushbu Qonunning maqsadi ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. |
2-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari | 2-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. | Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
3-modda. Asosiy tushunchalar | 3-modda. Asosiy tushunchalar |
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: | Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: |
ekstremizm — ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga, hokimiyatni zoʻrlik ishlatib egallashga va uning vakolatlarini oʻzlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllari ifodasi; | ekstremizm — ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga, hokimiyatni zoʻrlik ishlatib egallashga va uning vakolatlarini oʻzlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllari ifodasi; |
ekstremistik faoliyat — quyidagilarga: | ekstremistik faoliyat — quyidagilarga: |
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga, hududiy yaxlitligi va suverenitetini buzishga; | Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga, hududiy yaxlitligi va suverenitetini buzishga; |
hokimiyat vakolatlarini egallashga yoki oʻzlashtirishga; | hokimiyat vakolatlarini egallashga yoki oʻzlashtirishga; |
qonunga xilof qurolli tuzilmalar tuzishga yoki ularda ishtirok etishga; | qonunga xilof qurolli tuzilmalar tuzishga yoki ularda ishtirok etishga; |
terrorchilik faoliyatini amalga oshirishga; | terrorchilik faoliyatini amalga oshirishga; |
zoʻrlik yoki zoʻrlik ishlatishga oshkora daʼvat qilish bilan bogʻliq holda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatishga; | zoʻrlik yoki zoʻrlik ishlatishga oshkora daʼvat qilish bilan bogʻliq holda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatishga; |
jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etishga, shuningdek ekstremistik tashkilotlarning atributlarini yoki ramziy belgilarini tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etishga; | jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etishga, shuningdek ekstremistik tashkilotlarning atributlarini yoki ramziy belgilarini tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etishga; |
biror-bir ijtimoiy guruhga nisbatan siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy, etnik yoki diniy adovat yoxud dushmanlik sababli ommaviy tartibsizliklarni amalga oshirishga; | biror-bir ijtimoiy guruhga nisbatan siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy, etnik yoki diniy adovat yoxud dushmanlik sababli ommaviy tartibsizliklarni amalga oshirishga; |
ushbu moddaning toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilarida koʻrsatib oʻtilgan harakatlarni amalga oshirish uchun oshkora daʼvat qilishga qaratilgan harakatlarni rejalashtirishga, tashkil etishga, tayyorlashga yoki sodir etishga doir faoliyat; | ushbu moddaning toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilarida koʻrsatib oʻtilgan harakatlarni amalga oshirish uchun oshkora daʼvat qilishga qaratilgan harakatlarni rejalashtirishga, tashkil etishga, tayyorlashga yoki sodir etishga doir faoliyat; |
ekstremizmni moliyalashtirish — ekstremistik faoliyatning mavjud boʻlishini va faoliyat koʻrsatishini, shaxslarning ekstremistik faoliyatda ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishini yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishini taʼminlashga, ekstremistik tashkilotlarga yoxud ekstremistik faoliyatga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻlarni, resurslarni berishga yoxud yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan faoliyat; | ekstremizmni moliyalashtirish — ekstremistik faoliyatning mavjud boʻlishini va faoliyat koʻrsatishini, shaxslarning ekstremistik faoliyatda ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishini yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishini taʼminlashga, ekstremistik tashkilotlarga yoxud ekstremistik faoliyatga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻlarni, resurslarni berishga yoxud yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan faoliyat; |
ekstremist — ekstremistik faoliyatni amalga oshirishda ishtirok etayotgan, shuningdek ekstremistik faoliyatda ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni amalga oshirgan shaxs; | ekstremist — ekstremistik faoliyatni amalga oshirishda ishtirok etayotgan, shuningdek ekstremistik faoliyatda ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni amalga oshirgan shaxs; |
ekstremistik guruh — oldindan til biriktirib ekstremistik faoliyatni amalga oshirayotgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilayotgan ikki yoki undan ortiq shaxs; | ekstremistik guruh — oldindan til biriktirib ekstremistik faoliyatni amalga oshirayotgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilayotgan ikki yoki undan ortiq shaxs; |
ekstremistik material — ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga oshkora daʼvat qiladigan yoxud shunday faoliyatni amalga oshirish zarurligini asoslab beradigan yoki oshkora oqlaydigan, tarqatish uchun moʻljallangan hujjat yoki har qanday vositadagi boshqa axborot; | ekstremistik material — ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga oshkora daʼvat qiladigan yoxud shunday faoliyatni amalga oshirish zarurligini asoslab beradigan yoki oshkora oqlaydigan, tarqatish uchun moʻljallangan hujjat yoki har qanday vositadagi boshqa axborot; |
ekstremistik tashkilot — ekstremistik faoliyatni amalga oshirganligi tufayli oʻziga nisbatan faoliyatini tugatish yoki taqiqlash toʻgʻrisida sudning qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha qonuniy kuchga kirgan qarori qabul qilingan tashkilot. | ekstremistik tashkilot — ekstremistik faoliyatni amalga oshirganligi tufayli oʻziga nisbatan faoliyatini tugatish yoki taqiqlash toʻgʻrisida sudning qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha qonuniy kuchga kirgan qarori qabul qilingan tashkilot. |
4-modda. Ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari | 4-modda. Ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari |
Ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: | Ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: |
qonuniylik; | qonuniylik; |
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; | inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; |
oshkoralik; | oshkoralik; |
javobgarlikning muqarrarligi. | javobgarlikning muqarrarligi. |
5-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari | 5-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari |
Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: | Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: |
ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, shuningdek uning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish; | ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, shuningdek uning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish; |
ekstremizm sohasidagi huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlash; | ekstremizm sohasidagi huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlash; |
ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik. | ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik. |
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekstremistik faoliyatni taqiqlash | 6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekstremistik faoliyatni taqiqlash |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagilar taqiqlanadi: | Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagilar taqiqlanadi: |
ekstremistik faoliyatning har qanday koʻrinishlari; | ekstremistik faoliyatning har qanday koʻrinishlari; |
yuridik shaxslar tashkil etilganda ularni ekstremistik tashkilotlarning nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki oʻxshash boʻlgan belgilarni oʻz ichiga olgan nomlardan foydalanish. | yuridik shaxslar tashkil etilganda ularni ekstremistik tashkilotlarning nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki oʻxshash boʻlgan belgilarni oʻz ichiga olgan nomlardan foydalanish. |
2-bob. Ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlari | 2-bob. Ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlari |
7-modda. Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar | 7-modda. Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar |
Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: | Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: |
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish; | aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish; |
ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida rasmiy ogohlantirish chiqarish; | ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida rasmiy ogohlantirish chiqarish; |
yuridik shaxs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish; | yuridik shaxs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish; |
ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash; | ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash; |
ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash; | ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash; |
yuridik shaxsning faoliyatini toʻxtatib turish; | yuridik shaxsning faoliyatini toʻxtatib turish; |
tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish. | tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish. |
Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. | Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. |
8-modda. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish | 8-modda. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish |
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi: | Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi: |
tushuntirish ishlarini olib borish; | tushuntirish ishlarini olib borish; |
huquqiy tarbiya va taʼlimni tashkil etish; | huquqiy tarbiya va taʼlimni tashkil etish; |
ekstremizmga qarshi kurashish masalalari boʻyicha oʻquv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish; | ekstremizmga qarshi kurashish masalalari boʻyicha oʻquv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish; |
madaniy anʼanalarni, maʼnaviy, axloqiy va vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani mustahkamlash; | madaniy anʼanalarni, maʼnaviy, axloqiy va vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani mustahkamlash; |
ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish; | ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish; |
ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini hisobga olgan holda taʼlim dasturlarini takomillashtirish. | ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini hisobga olgan holda taʼlim dasturlarini takomillashtirish. |
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yoʻllar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. | Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish qonunchilikka muvofiq boshqa yoʻllar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. |
9-modda. Ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi rasmiy ogohlantirish | 9-modda. Ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi rasmiy ogohlantirish |
Ekstremistik faoliyat belgilarini oʻz ichiga olgan, tayyorlanayotgan gʻayriqonuniy harakatlar toʻgʻrisida yetarlicha va avvaldan tasdiqlangan maʼlumotlar mavjud boʻlgan hamda javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining mansabdor shaxsi ekstremizmning yuzaga kelishiga yoʻl qoʻyayotgan mansabdor shaxslarga va jismoniy shaxslarga bunday faoliyatga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida yozma shaklda rasmiy ogohlantirish chiqaradi, ogohlantirishda uni chiqarishning aniq asoslari koʻrsatiladi. | Ekstremistik faoliyat belgilarini oʻz ichiga olgan, tayyorlanayotgan gʻayriqonuniy harakatlar toʻgʻrisida yetarlicha va avvaldan tasdiqlangan maʼlumotlar mavjud boʻlgan hamda javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining mansabdor shaxsi ekstremizmning yuzaga kelishiga yoʻl qoʻyayotgan mansabdor shaxslarga va jismoniy shaxslarga bunday faoliyatga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida yozma shaklda rasmiy ogohlantirish chiqaradi, ogohlantirishda uni chiqarishning aniq asoslari koʻrsatiladi. |
Rasmiy ogohlantirish eʼlon qilingan shaxs undan norozi boʻlgan taqdirda, ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tegishli davlat organining yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga yoki sudga ushbu ogohlantirish ustidan shikoyat qilishga haqli. | Rasmiy ogohlantirish eʼlon qilingan shaxs undan norozi boʻlgan taqdirda, ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tegishli davlat organining yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga yoki sudga ushbu ogohlantirish ustidan shikoyat qilishga haqli. |
10-modda. Yuridik shaxs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi taqdimnoma | 10-modda. Yuridik shaxs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi taqdimnoma |
Yuridik shaxs tomonidan uning faoliyatida ekstremizm belgilari mavjudligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi qonun buzilishi sodir etilgan taqdirda, prokuror yoki ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining boshqa mansabdor shaxsi mazkur yuridik shaxsning mansabdor shaxsiga koʻrsatib oʻtilgan qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi va ularni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Agar ushbu qonunbuzarliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, shuningdek taqdimnoma kiritilgan kundan eʼtiboran bir yil ichida ekstremizm belgilari mavjudligi haqida dalolat beruvchi yangi faktlar aniqlansa, prokurorning yoki ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi boshqa mansabdor shaxsining taqdimnomasiga asosan yuridik shaxsning faoliyati olti oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori bilan taqiqlanadi. | Yuridik shaxs tomonidan uning faoliyatida ekstremizm belgilari mavjudligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi qonun buzilishi sodir etilgan taqdirda, prokuror yoki ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining boshqa mansabdor shaxsi mazkur yuridik shaxsning mansabdor shaxsiga koʻrsatib oʻtilgan qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi va ularni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Agar ushbu qonunbuzarliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, shuningdek taqdimnoma kiritilgan kundan eʼtiboran bir yil ichida ekstremizm belgilari mavjudligi haqida dalolat beruvchi yangi faktlar aniqlansa, prokurorning yoki ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi boshqa mansabdor shaxsining taqdimnomasiga asosan yuridik shaxsning faoliyati olti oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori bilan taqiqlanadi. |
Ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida oʻziga taqdimnoma kiritilgan shaxs undan norozi boʻlgan taqdirda, ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuqori turuvchi davlat organiga, uning mansabdor shaxsiga yoki sudga ushbu taqdimnoma ustidan shikoyat qilishga haqli. | Ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida oʻziga taqdimnoma kiritilgan shaxs undan norozi boʻlgan taqdirda, ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuqori turuvchi davlat organiga, uning mansabdor shaxsiga yoki sudga ushbu taqdimnoma ustidan shikoyat qilishga haqli. |
11-modda. Ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash | 11-modda. Ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash |
Oʻzbekiston Respublikasining hududiga ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish, shuningdek ularni ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish va namoyish etish taqiqlanadi. | Oʻzbekiston Respublikasining hududiga ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish, shuningdek ularni ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish va namoyish etish taqiqlanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, tayyorlanayotgan, saqlanayotgan, tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan, shuningdek ommaviy axborot vositalarida yoki telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan materiallar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekstremistik materiallar deb topiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, tayyorlanayotgan, saqlanayotgan, tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan, shuningdek ommaviy axborot vositalarida yoki telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan materiallar qonunchilikda belgilangan tartibda ekstremistik materiallar deb topiladi. |
Ekstremistik materiallar, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilari belgilangan tartibda yoʻq qilinishi yoki olib tashlanishi kerak. Ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikatsiyalar tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirilgan ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini yoʻq qilish yoki olib tashlash imkoni boʻlmaganda ulardan foydalanish cheklanadi. | Ekstremistik materiallar, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilari belgilangan tartibda yoʻq qilinishi yoki olib tashlanishi kerak. Ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikatsiyalar tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirilgan ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini yoʻq qilish yoki olib tashlash imkoni boʻlmaganda ulardan foydalanish cheklanadi. |
Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining ekstremistik materiallarni yoʻq qilish, olib tashlash yoki ulardan foydalanishni cheklash toʻgʻrisidagi talabining telekommunikatsiya tarmoqlariga va Internet jahon axborot tarmogʻiga kirish boʻyicha xizmatlar taqdim etuvchi shaxs tomonidan bajarilmaganligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi. | Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining ekstremistik materiallarni yoʻq qilish, olib tashlash yoki ulardan foydalanishni cheklash toʻgʻrisidagi talabining telekommunikatsiya tarmoqlariga va Internet jahon axborot tarmogʻiga kirish boʻyicha xizmatlar taqdim etuvchi shaxs tomonidan bajarilmaganligi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi. |
12-modda. Ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash | 12-modda. Ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekstremizmni moliyalashtirish taqiqlanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekstremizmni moliyalashtirish taqiqlanadi. |
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar ekstremizmni moliyalashtirishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar nazoratini, ichki nazoratni amalga oshiradi hamda tegishli tarzda tekshirish choralarini koʻradi. | Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar ekstremizmni moliyalashtirishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar nazoratini, ichki nazoratni amalga oshiradi hamda tegishli tarzda tekshirish choralarini koʻradi. |
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar zudlik bilan va oldindan xabardor qilmagan holda ekstremistik faoliyatga aloqador shaxslarning operatsiyasini, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisob raqamiga kelib tushgan pul mablagʻlarini oʻtkazishga doir operatsiyalar mustasno, toʻxtatib turishi va (yoki) pul mablagʻlarini yoxud boshqa mol-mulkini muzlatib qoʻyishi shart. | Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar zudlik bilan va oldindan xabardor qilmagan holda ekstremistik faoliyatga aloqador shaxslarning operatsiyasini, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisob raqamiga kelib tushgan pul mablagʻlarini oʻtkazishga doir operatsiyalar mustasno, toʻxtatib turishi va (yoki) pul mablagʻlarini yoxud boshqa mol-mulkini muzlatib qoʻyishi shart. |
Ekstremistik faoliyatga aloqador shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini muzlatib qoʻyish, shaxslarning operatsiyalarini tiklash, muzlatib qoʻyilgan pul mablagʻlaridan yoki boshqa mol-mulkidan foydalanish huquqini taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan kelishgan holda belgilanadi. | Ekstremistik faoliyatga aloqador shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini muzlatib qoʻyish, shaxslarning operatsiyalarini tiklash, muzlatib qoʻyilgan pul mablagʻlaridan yoki boshqa mol-mulkidan foydalanish huquqini taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan kelishgan holda belgilanadi. |
13-modda. Yuridik shaxsning faoliyatini toʻxtatib turish | 13-modda. Yuridik shaxsning faoliyatini toʻxtatib turish |
Yuridik shaxs ekstremistik faoliyatga aloqador boʻlgan taqdirda, uning faoliyati ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining arizasiga koʻra sudning qarori bilan toʻxtatib turiladi. | Yuridik shaxs ekstremistik faoliyatga aloqador boʻlgan taqdirda, uning faoliyati ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining arizasiga koʻra sudning qarori bilan toʻxtatib turiladi. |
Sudning yuridik shaxs faoliyatini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. | Sudning yuridik shaxs faoliyatini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. |
Siyosiy partiyalar faoliyatini toʻxtatib turish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Siyosiy partiyalar faoliyatini toʻxtatib turish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan faoliyati toʻxtatib turilgan yuridik shaxslarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi. | Ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan faoliyati toʻxtatib turilgan yuridik shaxslarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi. |
14-modda. Tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish | 14-modda. Tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish |
Oʻzbekiston Respublikasida tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish sud tartibida amalga oshiriladi. | Oʻzbekiston Respublikasida tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish sud tartibida amalga oshiriladi. |
Tashkilot, agar uning tarkibiy tuzilmalaridan hech boʻlmasa bittasi (boʻlinmasi, filiali va vakolatxonasi) ekstremistik faoliyatni amalga oshirayotgan boʻlsa, ekstremistik tashkilot deb topiladi. | Tashkilot, agar uning tarkibiy tuzilmalaridan hech boʻlmasa bittasi (boʻlinmasi, filiali va vakolatxonasi) ekstremistik faoliyatni amalga oshirayotgan boʻlsa, ekstremistik tashkilot deb topiladi. |
Tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi. | Tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi. |
Qaysi tashkilotlarga nisbatan sudning ularni ekstremistik tashkilot deb topish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ularning faoliyatini taqiqlash toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud boʻlsa, oʻsha tashkilotlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi lozim. | Qaysi tashkilotlarga nisbatan sudning ularni ekstremistik tashkilot deb topish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ularning faoliyatini taqiqlash toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud boʻlsa, oʻsha tashkilotlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi lozim. |
3-bob. Ekstremizmga qarshi kurashish subyektlari | 3-bob. Ekstremizmga qarshi kurashish subyektlari |
15-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari | 15-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari |
Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat: | Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat: |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati; | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati; |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi; | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari hamda boshqa subyektlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari hamda boshqa subyektlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. |
Ushbu moddada koʻrsatilgan davlat organlari ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni qonun hujjatlarida berilgan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi. | Ushbu moddada koʻrsatilgan davlat organlari ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni qonunchilikda berilgan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi. |
16-modda. Ekstremizmga qarshi kurashishga doir tadbirlarda boshqa davlat organlarining, oʻzga subyektlarning ishtirok etishi | 16-modda. Ekstremizmga qarshi kurashishga doir tadbirlarda boshqa davlat organlarining, oʻzga subyektlarning ishtirok etishi |
Ushbu Qonunning 15-moddasida koʻrsatilmagan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar ekstremizmga qarshi kurashishga doir tadbirlarda oʻz vakolatlari doirasida hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi. | Ushbu Qonunning 15-moddasida koʻrsatilmagan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar ekstremizmga qarshi kurashishga doir tadbirlarda oʻz vakolatlari doirasida hamda qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etadi. |
4-bob. Ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarlik | 4-bob. Ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarlik |
17-modda. Jismoniy shaxslarning ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarligi | 17-modda. Jismoniy shaxslarning ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarligi |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi. |
Shaxs ekstremistik faoliyatda ishtirok etishni oʻz ixtiyori bilan rad etgan, bu haqda tegishli davlat organlariga xabar bergan hamda ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining va ekstremistlarning maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod etiladi. | Shaxs ekstremistik faoliyatda ishtirok etishni oʻz ixtiyori bilan rad etgan, bu haqda tegishli davlat organlariga xabar bergan hamda ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining va ekstremistlarning maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan taqdirda, qonunchilikka muvofiq javobgarlikdan ozod etiladi. |
18-modda. Tashkilotlarning ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarligi | 18-modda. Tashkilotlarning ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarligi |
Tashkilotlar ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun tugatiladi, ularning faoliyati esa taqiqlanadi. | Tashkilotlar ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun tugatiladi, ularning faoliyati esa taqiqlanadi. |
Tashkilotni tugatish sudning qarori asosida amalga oshiriladi. | Tashkilotni tugatish sudning qarori asosida amalga oshiriladi. |
Ekstremistik tashkilot deb topilgan tashkilot tugatilganda unga tegishli mol-mulk musodara qilinadi hamda davlat mulkiga oʻtkaziladi. | Ekstremistik tashkilot deb topilgan tashkilot tugatilganda unga tegishli mol-mulk musodara qilinadi hamda davlat mulkiga oʻtkaziladi. |
19-modda. Mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilotlarning ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarligi | 19-modda. Mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilotlarning ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarligi |
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida roʻyxatga olingan mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilot (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremistik tashkilot deb topilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mazkur tashkilotning (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasining) faoliyati taqiqlanadi hamda bu tashkilot (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi) tugatiladi, unga (uning boʻlinmasiga, filialiga, vakolatxonasiga) tegishli boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan mol-mulk esa musodara qilinadi hamda davlat mulkiga oʻtkaziladi. | Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida roʻyxatga olingan mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilot (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremistik tashkilot deb topilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mazkur tashkilotning (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasining) faoliyati taqiqlanadi hamda bu tashkilot (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi) tugatiladi, unga (uning boʻlinmasiga, filialiga, vakolatxonasiga) tegishli boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan mol-mulk esa musodara qilinadi hamda davlat mulkiga oʻtkaziladi. |
Mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilotning (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasining) faoliyatini taqiqlash: | Mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilotning (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasining) faoliyatini taqiqlash: |
belgilangan tartibda akkreditatsiyani bekor qilishga; | belgilangan tartibda akkreditatsiyani bekor qilishga; |
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mazkur tashkilot vakillari sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishini taqiqlashga; | chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mazkur tashkilot vakillari sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishini taqiqlashga; |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida har qanday moliya-xoʻjalik faoliyatini yoki boshqa faoliyatni yuritishni taqiqlashga; | Oʻzbekiston Respublikasi hududida har qanday moliya-xoʻjalik faoliyatini yoki boshqa faoliyatni yuritishni taqiqlashga; |
ommaviy axborot vositalarida ushbu tashkilot nomidan har qanday materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida eʼlon qilishni taqiqlashga; | ommaviy axborot vositalarida ushbu tashkilot nomidan har qanday materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida eʼlon qilishni taqiqlashga; |
taqiqlangan tashkilotning materiallarini, shuningdek uning materiallarini oʻz ichiga olgan axborot mahsulotini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatishni taqiqlashga; | taqiqlangan tashkilotning materiallarini, shuningdek uning materiallarini oʻz ichiga olgan axborot mahsulotini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatishni taqiqlashga; |
ommaviy tadbirlar oʻtkazishni, shuningdek ularda taqiqlangan tashkilot vakillarining ishtirok etishini taqiqlashga sabab boʻladi. | ommaviy tadbirlar oʻtkazishni, shuningdek ularda taqiqlangan tashkilot vakillarining ishtirok etishini taqiqlashga sabab boʻladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilotni (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasini) ekstremistik tashkilot deb topish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida uning faoliyatini taqiqlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan bunday tashkilotning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi qarori koʻchirma nusxasini olgan kundan eʼtiboran tegishli chet davlatni bu haqda taqiq sabablari va taqiq bilan bogʻliq oqibatlarni koʻrsatgan holda diplomatik kanallar orqali belgilangan tartibda xabardor qiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilotni (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasini) ekstremistik tashkilot deb topish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida uning faoliyatini taqiqlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan bunday tashkilotning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi qarori koʻchirma nusxasini olgan kundan eʼtiboran tegishli chet davlatni bu haqda taqiq sabablari va taqiq bilan bogʻliq oqibatlarni koʻrsatgan holda diplomatik kanallar orqali belgilangan tartibda xabardor qiladi. |
5-bob. Yakunlovchi qoidalar | 5-bob. Yakunlovchi qoidalar |
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorligi | 20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorligi |
Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. | Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. |
Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari chet davlatlarning vakolatli organlariga belgilangan tartibda zarur axborotni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovlar yuborish va ularning soʻrovlariga javob berish, shuningdek boshqa hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega. | Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari chet davlatlarning vakolatli organlariga belgilangan tartibda zarur axborotni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovlar yuborish va ularning soʻrovlariga javob berish, shuningdek boshqa hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega. |
21-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik | 21-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik |
Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. | Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. |
22-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash | 22-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash |
Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin. | Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin. |
23-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish | 23-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; | hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; |
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. | davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. |
24-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi | 24-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi |
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi. | Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2018-yil 30-iyul, | 2018-yil 30-iyul, |
OʻRQ-489-son | OʻRQ-489-son |