Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining kasb-hunar taʼlimi markazining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining kasb-hunar taʼlimi markazining
Qarori
“Umumiy oʻrta taʼlim maktablari bitiruvchilarining shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini shakllantirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2673-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 212-son “Akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 7-maydagi 12-mh va 21/QQ-son “Umumiy oʻrta taʼlim maktablari bitiruvchilarining shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini shakllantirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2673, 2015-yil 13-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 19-son, 241-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-iyul,
34-son
Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUHAMEDOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-iyul,
6/QQ-son
Kelishilgan:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2018-yil 20-iyul
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2018-y., 10/18/2673-1/1585-son)