19.07.2018 yildagi PF-5484-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga va yangilarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosati, shuningdek, aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar yildan-yilga ehtiyoj ortib borayotgan energiya resurslarini ishonchli manbalar bilan taʼminlashni talab qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, hozirgi vaqtda respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga boʻlgan ehtiyoji energiyaning qayta tiklanmaydigan manbalaridan, jumladan, resurslari cheklangan uglevodorod xomashyolaridan ustun darajada foydalanish hisobiga qoplanmoqda. Vaholanki, mamlakatda uran xomashyosining ulkan zaxirasi boʻla turib, amalda atom energetikasi salohiyati ishga solinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi va mamlakat iqtisodiyotining elektr energiyasiga boʻlgan oʻsib borayotgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, energiya hosil qiluvchi quvvatlarni koʻpaytirish hisobiga energiya bilan barqaror taʼminlash, energetika sektorini diversifikatsiya qilish, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish va ushbu yoʻnalishlarga ilgʻor innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzatom” agentligi deb yuritiladi) tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “Oʻzatom” agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati va strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Oʻzatom” agentligining atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, atom energetikasi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va ekologiya xavfsizligining xalqaro talablariga javob beradigan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etgan holda, atom energetikasi obyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish boʻyicha bitimlar va shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni, fundamental tadqiqotlar, ilmiy-qidiruv, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqot va energetika atom reaktorlari, yadro-fizika qurilmalari, yadro materiallari va radiatsiya manbalarini saqlash, radioaktiv chiqindilarni koʻmish punktlarining rivojlanishini va ularning xavfsiz ishlashini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikadagi obyektlarning radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizligi tizimini boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda yadro avariyalari va radiatsiyaviy avariya vaziyatlarining oldini olish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqqan holda takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadro materiallari va texnologiyalari, radioaktiv materiallar tarqalmasligini taʼminlash, jismoniy himoya qilish hamda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni, shu jumladan, yetakchi xorijiy institutlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro atom energiyasi agentligi, Atom energiyasi boʻyicha Yevropa hamjamiyati va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik va oʻzaro aloqalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energetikasi sohasiga xorijiy investitsiyalarni va ilgʻor texnologiyalarni jalb etish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralar ishtirokida xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzatom” agentligi huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, atom energetikasini rivojlantirish sohasidagi xalqaro ekspertlar tarkibiga kiritilgan Ilmiy-texnik va ekspert kengashi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, atom energetikasini rivojlantirishning strategik masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilish “Oʻzatom” agentligining Ilmiy-texnik va ekspert kengashi xulosalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-oktabrga qadar muddatda “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzatom” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-dekabrga qadar — 2019 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-iyunga qadar — ishlab chiqilgan Konsepsiyaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari portfeli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-noyabrga qadar — 2019 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish davlat dasturi loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Dastur), shuningdek, Konsepsiya va Dasturning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya va Dastur loyihalarini ishlab chiqishda quyidagi masalalarni hal etishga alohida eʼtibor qaratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha kompleks istiqbolni koʻrish va strategik vazifalarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori darajadagi sanoat va ekologik xavfsizlikni taʼminlaydigan zamonaviy ilgʻor texnologiyalarni qoʻllagan holda atom energetikasi va tegishli infratuzilma obyektlarini qurishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik, shu jumladan, chiqindilar utilizatsiya qilinishi va ishlatilgan yadro yoqilgʻisi saqlanishi ustidan nazoratni tashkil etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energetikasi sohasida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalarida va chet elda mutaxassislar tayyorlashga, shuningdek, ularning yetakchi xorijiy kompaniyalarda stajirovka oʻtashini tashkil etishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Oʻzatom” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-dekabrga qadar muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energetikasi sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetiga qabul kvotalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarning atom energetikasining aniq mutaxassisliklari yuzasidan xorijiy taʼlim muassasalarida taʼlim olishi va stajirovka oʻtashi boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar bilan atom energetikasini rivojlantirish uchun kreditlar va grantlarni jalb etish boʻyicha tizimli ishlar olib borilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 19-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5484-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 06/18/5484/1546-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)