13.07.2018 yildagi 535-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 13-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
535-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-iyuldagi 535-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus qabulxona — ichki ishlar organlari tizimiga kiradigan, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus muassasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus qabulxona maʼmuriyati — maxsus qabulxonani boshqarishni amalga oshiruvchi maxsus qabulxona boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy qamoqqa olish — maʼmuriy jazo turi boʻlib, u shaxsni jamiyatdan vaqtincha ajratib qoʻyish sharoitlarida saqlashdan iborat va uch sutkadan oʻn besh sutkagacha boʻlgan muddatga, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun oʻttiz sutkagacha boʻlgan muddatga qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs — oʻziga nisbatan maʼmuriy qamoqqa olish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan fuqaro.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan tuman (shahar) sudi maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyasining, shuningdek, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa, harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshligʻining qaroriga koʻra, maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlar sutkasiga eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs maʼmuriy qamoqni oʻtashi vaqtida ishlagan va shu tariqa oʻzining maxsus qabulxonada saqlanishi bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplagan hollarda undan xarajatlar undirib olinmaydi. Maʼmuriy qamoqqa olingan, mehnatga qobiliyatsiz shaxslar ham bu xarajatlarning undirilishidan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ayrim hollarda muayyan holatlar, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning moddiy ahvoli va shaxsi hisobga olingan holda, u maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlar undirilishidan tuman (shahar) sudi maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyasining, shuningdek, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa, harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshligʻining qaroriga koʻra ozod qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq undirilgan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonaga olib kelingan kuni unga nisbatan maxsus qabulxona navbatchisi tomonidan yigʻma jild yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Navbatchi kun davomida qabul qilingan shaxslarning yigʻma jildlari va maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan olingan qimmatbaxo buyumlarini jamlab, maxsus qabulxona boshligʻi tomonidan tayinlangan maxsus qabulxonaning hisob-kitobi bilan shugʻullanuvchi masʼul xodim (hisobchi) ga topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Masʼul xodim (hisobchi) yigʻma jildlarning yuritilishi va maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan olingan qimmatbaxo buyumlarning saqlanishini taʼminlaydi hamda alohida daftarda qayd etib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Masʼul xodim (hisobchi) maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning yigʻma jildiga mehnatga jalb etish varaqasini qoʻshib yuritadi va maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar ozod boʻlgunga qadar mehnatga jalb etilgan kunlarini qayd etib borgan holda maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni hisob-kitob qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs maʼmuriy qamoqni oʻtashi vaqtida ishlagan va shu tariqa oʻzining maxsus qabulxonada saqlanishi bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplagan hollarda ushbu shaxs maxsus qabulxonadan ozod etilayotgan vaqtda unga maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni toʻliq qoplaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs maʼmuriy qamoqni oʻtashi vaqtida ishlamagan yoki ishlagan boʻlsa-da, maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplagan boʻlsa, qolgan qismini bir bank ish kuni mobaynida maxsus qabulxonaning hisob raqamiga toʻlashi lozimligi toʻgʻrisida yozma bildirish beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar tomonidan toʻlovlar tegishli xizmat koʻrsatuvchi bankka toʻlanadi va toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya) nusxasi maxsus qabulxonaning masʼul xodimi (hisobchi)ga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar toʻlov naqd pulsiz shaklda amalga oshirilgan boʻlsa, maxsus qabulxona maʼmuriyatiga toʻlov topshiriqnomasining nusxasi (toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank belgisi qoʻyilgan holda) taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlar maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning yaqin qarindoshlari yoki boshqa shaxslar tomonidan ham qoplanishi mumkin. Bunday xollarda, yaʼni maxsus qabulxona maʼmuriyatiga maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash istagi bildirilganda ushbu shaxsdan ariza olinadi va yozma bildirish ushbu shaxsga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonadan ozod etilganidan soʻng bir bank ish kuni mobaynida saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlamagan taqdirda maxsus qabulxona maʼmuriyati ushbu xarajatlarni sud tartibida undirish boʻyicha shaxsni maʼmuriy qamoqqa olish toʻgʻrisida qaror chiqargan sudga murojaat etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlar hisobi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlar hisobini yuritish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining moliyaviy taʼminot xizmatlari tomonidan maxsus qabulxona uchun alohida hisob raqami ochiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan undirilgan maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlar hamda ularning mehnatidan foydalanish natijasida tashkilotlardan olingan pul mablagʻlari maxsus qabulxonaning hisob raqamiga tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Maxsus qabulxonaning hisob raqamiga tushgan pul mablagʻlari (maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning mehnatidan foydalanish natijasida olingan va maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlardan ortiq boʻlgan hamda maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning yoʻl hujjatlari uchun sarflangan summadan tashqari) bir bank ish kuni mobaynida Davlat budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning mehnatidan foydalanish natijasida olingan va maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlardan ortiq boʻlgan summa ularning nomiga ochiladigan maxsus bank hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlar tushumi va ushbu mablagʻlarni Davlat budjetiga oʻtkazish boʻyicha buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish tegishli maxsus qabulxonaning masʼul xodimi (hisobchi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Maxsus qabulxona mablagʻlari tushumi va xarajatlari hisobini yuritish va xarajatlar smetasini tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Maxsus qabulxona mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini va tushumni nazorat qilish Ichki ishlar vazirligining Nazorat taftish inspeksiyasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2018-y., 09/18/535/1517-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)