16.07.2018 yildagi 542-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Davlat taʼlim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda oʻquvchi yoshlar va talabalarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishi tizimini takomillashtirish, isteʼdodli yoshlarni saralab olish va sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sportchilarni tibbiy taʼminlash ishlarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati hamda Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalari huzurida sport klublarini (keyingi oʻrinlarda sport klublari deb ataladi) tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tashkil etilayotgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablari huzuridagi sport klublarini — Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining (keyingi oʻrinlarda sport jamiyati deb ataladi) budjetdan tashqari mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalari huzuridagi sport klublarini — Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining (keyingi oʻrinlarda Assotsiatsiya deb ataladi) mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport klublari tegishlicha sport jamiyati hamda Assotsiatsiyaning taʼlim muassasalaridagi filiali hisoblanadi hamda mazkur sport jamiyati hamda Assotsiatsiyaning maqsad va vazifalarini tegishli davlat taʼlim muassasalarida amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport klublari rahbari etib jamoatchilik asosida sport klubi tashkil etilgan davlat taʼlim muassasasi rahbari (direktor, rektor) tavsiya etiladi va sport klublarining toʻliq va samarali faoliyat yuritishiga masʼul hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport klublari aʼzolari oʻrtasida oʻtkaziladigan sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini hamda ishtirokchilarni kiyim-kechak bilan taʼminlashni moliyalashtirish tegishlicha sport jamiyatining hamda Assotsiatsiyaning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tegishliligi boʻyicha davlat taʼlim muassasalarida sport klublarining faoliyati rivojlanishiga koʻmaklashadi va tegishli shart-sharoitlar yaratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar sport klublarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;

oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida sport turlari boʻyicha jamoalar tashkil etish, ular oʻrtasida turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, xususan “maktab ligasi”, “talabalar ligasi” tashkil etish orqali isteʼdodli yosh sportchilarni aniqlash;

umumtaʼlim maktablarida — oʻquvchilar orasidan jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini jalb qilgan holda isteʼdodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari boʻyicha haftasiga kamida 4 soatdan sinfdan tashqari sport toʻgaraklari mashgʻulotlarini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida — oʻquvchilar orasidan jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini jalb qilgan holda isteʼdodli yoshlarni saralash va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari boʻyicha haftasiga kamida 6 soatdan sport toʻgaraklari mashgʻulotlarini tashkil etish;

oliy taʼlim muassasalarida — isteʼdodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) va sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar hamda respublika oliy sport mahorati maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari boʻyicha haftasiga kamida 6 soatdan sport toʻgaraklari mashgʻulotlarini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport jarayoniga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun malakali trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilgʻor tajribani joriy qilish.

4. Davlat taʼlim muassasalari huzuridagi sport klublari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar sport klublarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport jamiyatining budjetdan tashqari mablagʻlari (umumtaʼlim maktablari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun);

Assotsiatsiya mablagʻlari (oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;

xorijiy va xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlarning grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda sport klublarining samarali faoliyat koʻrsatishi, ularning moddiy-texnik baza va trener-oʻqituvchilar tarkibi bilan taʼminlanganligi, oʻquv-mashq jarayonining sifati ustidan nazorat qilinishi, sport mashgʻulotlari muntazam oʻtkazilishi va oʻquvchilar hamda talabalar qatnovi darajasi monitoringini tizimli asosda olib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda sport klublarida shugʻullanadigan oʻquvchilar va talabalarning musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishda va oʻquv-tayyorgarlik mashqlari davomida funksional holati diagnostikasini tashkil etish, maslahat-diagnostika hamda davolash-profilaktika ishlarini takomillashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida bir yilda ikki marotaba tibbiy koʻrikdan oʻtkazsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda doimiy ravishda sport turlari boʻyicha xalqaro sport musobaqalari va ularga tayyorgarlik mashgʻulotlari davomida sportchilarni tibbiy xodimlar (vrach, massajchi, psixolog) bilan taʼminlashni tashkil etish va kuzatib borishni taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining sport tibbiyoti boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zarur jihozlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Isroilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 16-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
542-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 542-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat taʼlim muassasalari huzuridagi sport klublari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom davlat taʼlim muassasalari huzuridagi sport klublarining (keyingi oʻrinlarda sport klubi deb ataladi) huquqiy maqomi, maqsadi va asosiy vazifalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sport klubi tegishlicha Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati (keyingi oʻrinlarda sport jamiyati deb ataladi) hamda Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining (keyingi oʻrinlarda Assotsiatsiya deb ataladi) taʼlim muassasalaridagi filiali hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport klubi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq yuridik shaxs sifatida tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sport klubi tegishlicha sport jamiyati hamda Assotsiatsiyaning ramziy belgilaridan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sport klubiga nom berish tegishliligi boʻyicha sport jamiyati va Assotsiatsiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Sport klubining maqsadi va asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sport klubining maqsadi davlat taʼlim muassasalarining oʻquvchilari, talabalari, pedagog va boshqa xodimlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, oʻquvchilar va talabalarning taʼlim olishdan tashqari sport taʼlimi tizimini yanada takomillashtirish orqali isteʼdodli yoshlarni saralab olishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sport klubining vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida sport turlari boʻyicha jamoalar tashkil etish, ular oʻrtasida turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, xususan “maktab ligasi”, “talabalar ligasi” tashkil etish orqali isteʼdodli yosh sportchilarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablarida — oʻquvchilar orasidan jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini jalb qilgan holda isteʼdodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari boʻyicha haftasiga kamida 4 soatdan sinfdan tashqari sport toʻgaraklari mashgʻulotlarini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida — oʻquvchilar orasidan jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini jalb qilgan holda isteʼdodli yoshlarni saralash va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari boʻyicha haftasiga kamida 6 soatdan sport toʻgaraklari mashgʻulotlarini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarida — isteʼdodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) va sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar hamda respublika oliy sport mahorati maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari boʻyicha haftasiga kamida 6 soatdan sport toʻgaraklari mashgʻulotlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport jarayoniga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun malakali trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilgʻor tajribani joriy qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sport klubining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sport klubi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz aʼzolari va qatnashchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport klubi tuzilgan hududda jismoniy tarbiya va sport masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz muassisining Nizomida belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yigʻilishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda pullik sogʻlomlashtirish xizmatlarini koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport klubi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sport klubi quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari va taʼsis hujjatlariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz mol-mulki va pul mablagʻlaridan foydalanish, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi axborot bilan klub aʼzolarining tanishishi erkinligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan tadbirlar oʻtkazishni kelishib olish va uning vakiliga oʻtkazilayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport klubi vakillarining chet mamlakatlarga sport klubining faoliyati bilan bogʻliq tashriflari uyushtirilishi haqida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni oʻz vaqtida xabardor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport klubiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Sport klubi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sport klubini tashkil etish uchun davlat taʼlim muassasasining sport inshooti (sport tadbirlari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, sport turlari boʻyicha oʻquv-mashq mashgʻulotlari va oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan, oʻziga qoʻyiladigan norma va talablarga javob beradigan hamda tegishli pasportga ega boʻlgan yopiq yoki ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot) mavjud boʻlishi, shuningdek, zarur sport anjomlari va uskunalar bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport klubi davlat taʼlim muassasasining sport inshootlarida darsdan tashqari vaqtlarda tekinga foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sport klubi rahbarligiga jamoatchilik asosida davlat taʼlim muassasasi rahbari (direktor, rektor) saylanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sport klubi faoliyati samaradorligini oshirishga sport klubi tashkil etilgan davlat taʼlim muassasasi rahbari bevosita javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sport klubida sport toʻgaragi ishlari sport klubi tashkil etilgan davlat taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari (yoʻriqchilari) tomonidan jamoatchilik asosida olib borilishi, sport toʻgaragi ishlarini samarali tashkil etgan davlat taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari (yoʻriqchilari) sport klubi rahbari tomonidan klub mablagʻlari hisobiga moddiy ragʻbatlantirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sport klubidagi sport toʻgaragi ishlari davlat taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining pedagogik yuklamalaridan oʻrin olgan soatlar hamda davlat taʼlim muassasasi ixtiyoridagi soatlar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari (yoʻriqchilari) yillik ish rejalari, pedagogik yuklamalari soatlarini belgilash va tasdiqlashda sport toʻgaragi ishlari, sport tadbirlari hamda oʻquvchilar bilan ishlash nazarda tutilgan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sport klubi tomonidan oʻquv yilining boshlangan (sentabr) oyida ushbu oʻquv yili davomida oʻtkaziladigan ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi ishlab chiqiladi. Ushbu kalendar reja tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari bilan kelishgan holda sport klubi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sport klubi oʻz aʼzolarining talablariga koʻra sport turlari boʻyicha trener jalb qilgan xolda pullik sport toʻgaraklari tashkil etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Sport klubiga aʼzo boʻlish hamda aʼzolarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sport klubiga sport klubi tashkil etilgan davlat taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan va faoliyat olib borayotgan oʻn yoshga toʻlgan oʻquvchilar, talabalar, pedagoglar va boshqa xodimlar ixtiyoriy aʼzo boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sport klubiga aʼzo boʻlish voyaga yetgan jismoniy shaxslar (voyaga yetmaganlar uchun ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning yozma arizalari hamda sport klubi rahbarining buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻquvchi (talaba)lar bir taʼlim muassasasidan boshqasiga yoki taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtganida ushbu sport klubi safidan chiqariladi hamda tanlangan davlat taʼlim muassasasi huzuridagi sport klubiga ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat taʼlim muassasasida asosiy xodim sifatida faoliyat yuritayotgan pedagoglar va boshqa xodimlar boshqa taʼlim muassasasida oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini yuritayotgan boʻlsa, oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini yuritayotgan davlat taʼlim muassasasi huzuridagi sport klubiga ham aʼzo boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat taʼlim muassasasida asosiy xodim sifatida faoliyat yuritayotgan pedagoglar va boshqa xodimlar sport musobaqalari va tadbirlarida asosiy xodim sifatida faoliyat yuritayotgan davlat taʼlim muassasasi huzuridagi sport klubi nomi bilan ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir vaqtning oʻzida boshqa taʼlim muassasasida oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini yuritayotgan pedagoglar va boshqa xodimlarning sport tadbirlari va musobaqalarida bir vaqtning oʻzida ikkita davlat taʼlim muassasasi huzuridagi sport klublari nomidan ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sport klubi aʼzolari teng huquqli boʻlib, ular quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xohishiga koʻra sport klubi aʼzoligidan chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport klubi tomonidan oʻtkazilayotgan ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari, sport tadbirlari va musobaqalarida, shuningdek, xalqaro sport tadbirlari va musobaqalarida sport klubi nomi bilan qatnashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport klubi aʼzolari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sport klubi aʼzolari quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport klubi faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar va ushbu Nizomda belgilangan talablarga amal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport klubi tomonidan oʻtkaziladigan turli sport tadbirlari, koʻrgazmalarda faol ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Sport klubini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sport klubi quyidagi manbalar hisobiga moliyalashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport jamiyatining budjetdan tashqari mablagʻlari (umumtaʼlim maktablari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Assotsiatsiya mablagʻlari (oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy va xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Sport klubi faoliyati toʻgʻrisida hisobot tuzish va taqdim etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sport klubi rahbari sport klubi faoliyatining natijalari hisobini yuritadi hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga belgilangan tartibda (sport klubi yuridik shaxs hisoblangan taqdirda), sport klubi tashkil etilgan davlat muassasasi rahbariga (davlat muassasasining pedagogika kengashiga) har oyda, sport jamiyati va Assotsiatsiyaga har chorakda bir marta taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sport jamiyati va Assotsiatsiya sport klublari faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni har yarim yilda bir marta tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga kiritib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi davlat taʼlim muassasalari huzurida tashkil etilgan sport klublari faoliyati toʻgʻrisida axborot soʻrash huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2018-y., 09/18/542/1521-son; 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)