23.10.2000 yildagi 405-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.10.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBIDA SIMOB MODDASI BOʻLGAN LAMPALAR VA PRIBORLARDAN FOYDALANISH VA ULARNI FOYDALI RAVISHDA ISHLATISH KORXONALARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻgʻrisida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlardan soʻzsiz foydalanilishini taʼminlash va atrof muhitni simob bilan ifloslanishdan himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirliklar, idoralar, idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga ishlatib boʻlingan va brak qilingan tarkibida simob moddasi boʻlgan lampalar, priborlar, yarim tayyor mahsulotlar va ishlab chiqarish chiqindilarini tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlarni foydali ravishda ishlatish yoki zararsizlantirish (demerkurlashtirish) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining tegishli ruxsatnomalariga ega boʻlgan korxonalar va tashkilotlarga topshirish majburiyati yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar, idoralar, idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining tegishli ruxsatnomasisiz foydali ravishda ishlatish yoki zararsizlantirish qatʼiy taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlarni foydali ravishda ishlatish yoki zararsizlantirish bilan bogʻliq ishlarga vazirliklar, idoralar, idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslarning tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlardan foydalanishiga doir zarur meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnoma olinmasdan, tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlar mustaqil foydali ravishda ishlatilishi yoki zararsizlantirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hokimiyat hududiy organlari va fuqarolarning mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda aholi tomonidan tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlarni topshirish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” respublika jamgʻarmasi aholidan tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlarni toʻplashni tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlariga va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining hududiy boʻlinmalariga har tomonlama yordam koʻrsatishni taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-oktabrdagi 395-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 23-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
405-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 8-son, 126-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)