04.07.2018 yildagi PQ-3833-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida ““Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali inovatsion markaz” loyihasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida ““Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz” loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishlarni sifatli va oʻz vaqtida tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-martdagi “Hi-tech city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 169-son qaroriga binoan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining Iftixor, Amir Temur, Kichik halqa yoʻli va Sandiqqoʻrgʻon koʻchalari bilan chegaradosh, “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazma kompleksi” aksiyadorlik jamiyati, “Xalqaro hamkorlik markazi” aksiyadorlik jamiyati hamda “Interservis” respublika xoʻjalik hisobidagi tashqi iqtisodiy birlashmasi” davlat korxonasining yer uchastkalarini ham qamrab oladigan hududda yangi zamonaviy kompleks — “Hi-tech city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz (keyingi oʻrinlarda — “Hi-tech city” markazi)ni barpo etish koʻzda tutilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida “Hi-tech city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi hududida yangi obyektlarni qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi” (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) davlat unitar korxonasi tashkil etilgan boʻlib, u “Hi-tech city” markazi qurilishi boʻyicha boshqaruvchi kompaniya funksiyalarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaning oilalarni koʻchirish, uy-joylarni, noturar-joy binolari va inshootlarini buzish, hududlarni tozalash, yer-tuproq ishlarini bajarish, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining ichki maydon tarmoqlarini qurish, umumfoydalanadigan hududlarni obodonlashtirish, reklama kampaniyalari va taqdimot tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha sarf-xarajatlari investorlarga ajratib berilayotgan yer uchastkalarining katta-kichikligiga qarab proporsional ulushlarda ulardan kelib tushayotgan mablagʻlar, shuningdek, xayriya mablagʻlari, kreditlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Toshkent shahar hokimligi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda yer uchastkasi chegaralarini belgilagan holda “Hi-tech city” markazi qurilishi uchun ajratilayotgan hududning topografik syemkasini oʻtkazish taʼminlandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprel holatiga koʻra “Hi-tech city” markazi hududida haqiqatan yashab turgan oilalarning roʻyxatini aniqlagan holda buziladigan turar-joylar, noturar-joy binolari va inshootlar xatlovdan oʻtkazildi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Hi-tech city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz nomi “DELTA CITY” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz deb oʻzgartirilsin (keyingi oʻrinlarda — loyiha).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, loyiha hududida joylashgan va davlat organlariga, davlat korxonalari va muassasalariga, shuningdek, ustav fondidagi davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq miqdorda boʻlgan boshqa tashkilotlarga tegishli binolar va inshootlar tutash hududlari bilan birga Direksiyaning ulushini koʻpaytirish hisobiga bepul asosda Direksiyaga topshiriladi, “Radio aloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK hamda “Oʻzbektelekom” AK obyektlari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaning buyurtmasiga binoan bir oy muddatda loyihani amalga oshirish uchun Iftixor, Amir Temir, Kichik halqa yoʻli va Sandiqqoʻrgʻon koʻchalari bilan chegaralangan hududda, uning maydoni va chegaralarini aniqlashtirgan holda, shu jumladan “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazma kompleksi” aksiyadorlik jamiyati, “Xalqaro hamkorlik markazi” aksiyadorlik jamiyati hamda “Interservis” respublika xoʻjalik hisobidagi tashqi iqtisodiy birlashmasi” davlat korxonasi yer uchastkalarini ham qamrab oladigan yer uchastkasi ajratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning 3-bandida koʻrsatilgan binolar va inshootlarni xatlovdan oʻtkazsin, shuningdek, ularni tezkor boshqaruv huquqi bilan Direksiya balansiga topshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha hududida joylashgan oilalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni koʻchirish, shuningdek, turar-joylar, noturarjoy binolari va inshootlarini buzish boʻyicha ishlarni belgilangan tartibda tashkillashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan yer uchastkalari hamda binolar va inshootlar olib qoʻyilishi tufayli ularga yetkazilgan zararni investorlarning mablagʻlari hisobidan qoplashni tashkil etish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaga loyiha hududida joylashgan binolar va inshootlar toʻgʻrisida shaharsozlik, kadastr hamda boshqa zarur hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) loyihani amalga oshirish doirasida 2021-yilning 1-iyuliga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar loyiha hududida obyektlar qurilishi bilan bogʻliq faoliyat qismida yagona soliq toʻlovi, mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh pudrat va bosh loyiha tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajarilgan ishlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha Direksiya, investorlar, bosh pudrat tashkiloti tomonidan olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan qurilish texnikasi, uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, metall konstruksiyalar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Direksiya — oʻzi faoliyat yuritadigan butun davr mobaynida barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Direksiyaning buyurtmanomalariga koʻra, loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlarni undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Direksiyaning buyurtmanomalariga koʻra, loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha yashab turgan joylarda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi va muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Direksiyaning buyurtmalariga koʻra, loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini, shuningdek, mazkur xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini tasdiqlovchi hujjat berilishi (muddati uzaytirilishi)ni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining raisi S.R. Xolmurodov, Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxodjayev va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.O. Ortiqxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 4-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3833-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 07/18/3833/1453-son; 08.06.2019-y., 07/19/4355/3258-son)