Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 29.06.2018 yildagi PQ-3818-son
Kuchga kirish sanasi
30.06.2018
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 11.11.2020 sanasi holatiga | Hujjat 29.01.2025 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining |
Qarori | Qarori |
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida | Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida |
Oʻtgan davr mobaynida mamlakatda xalqaro iqtisodiy hamjamiyatga integratsiyalashish va tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha izchil ishlar olib borildi. | Oʻtgan davr mobaynida mamlakatda xalqaro iqtisodiy hamjamiyatga integratsiyalashish va tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha izchil ishlar olib borildi. |
Shu bilan birga, bojxona-tarif jihatdan tartibga solishning amaldagi tizimi raqobatning bozor prinsiplari rivojlanishini ragʻbatlantirmayapti. Xususan, olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha haddan tashqari keng imtiyozlar berilishi tarif jihatdan samarali tartibga solish imkonini bermayapti, vaholanki, individual preferensiyalar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun teng boʻlmagan raqobat sharoitlarini yaratmoqda. | Shu bilan birga, bojxona-tarif jihatdan tartibga solishning amaldagi tizimi raqobatning bozor prinsiplari rivojlanishini ragʻbatlantirmayapti. Xususan, olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha haddan tashqari keng imtiyozlar berilishi tarif jihatdan samarali tartibga solish imkonini bermayapti, vaholanki, individual preferensiyalar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun teng boʻlmagan raqobat sharoitlarini yaratmoqda. |
Raqobatbardosh ishlab chiqarishni kuchaytirishga, sogʻlom raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlashga, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini ragʻbatlantirishga, ichki bozorni sifatli isteʼmol mahsulotlari bilan taʼminlashga qaratilgan bojxona-tarif jihatdan tartibga solishning samarali tizimini shakllantirish maqsadida: | Raqobatbardosh ishlab chiqarishni kuchaytirishga, sogʻlom raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlashga, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini ragʻbatlantirishga, ichki bozorni sifatli isteʼmol mahsulotlari bilan taʼminlashga qaratilgan bojxona-tarif jihatdan tartibga solishning samarali tizimini shakllantirish maqsadida: |
1. Quyidagilar bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy prinsiplari etib belgilansin: | 1. Quyidagilar bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy prinsiplari etib belgilansin: |
boj tariflarining tartibga solish funksiyalarini iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning qoʻshilgan qiymat global zanjiriga uygʻun integratsiyalashuvga yoʻnaltirilgan ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda kuchaytirish; | boj tariflarining tartibga solish funksiyalarini iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning qoʻshilgan qiymat global zanjiriga uygʻun integratsiyalashuvga yoʻnaltirilgan ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda kuchaytirish; |
tashqi iqtisodiy faoliyatni tarif jihatdan tartibga solish tizimini ilgʻor xorijiy tajribani, xalqaro prinsiplar va normalarni inobatga olgan holda takomillashtirish; | tashqi iqtisodiy faoliyatni tarif jihatdan tartibga solish tizimini ilgʻor xorijiy tajribani, xalqaro prinsiplar va normalarni inobatga olgan holda takomillashtirish; |
mahalliy ishlab chiqaruvchilarni respublikada ishlab chiqarilmaydigan yoxud yetarli boʻlmagan hajmda ishlab chiqariladigan hamda eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo va materiallar bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish; | mahalliy ishlab chiqaruvchilarni respublikada ishlab chiqarilmaydigan yoxud yetarli boʻlmagan hajmda ishlab chiqariladigan hamda eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo va materiallar bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish; |
yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va qayta jihozlash, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida zamonaviy texnologik uskunalar va texnikalarni olib kirish uchun qulay shart-sharoitlarni saqlash; | yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va qayta jihozlash, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida zamonaviy texnologik uskunalar va texnikalarni olib kirish uchun qulay shart-sharoitlarni saqlash; |
bojxona rasmiylashtiruvida turi, maqsadi, xususiyati va tarkibi boʻyicha oʻxshash, tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklatura kodi boʻyicha yaqin boʻlgan tovarlarni bojxona toʻlovlarining pastroq stavkalari qoʻllaniladigan pozitsiyaga tasniflash holatlarini bartaraf etish maqsadida ushbu tovarlarga bojxona toʻlovlari stavkalarini unifikatsiya qilish; | bojxona rasmiylashtiruvida turi, maqsadi, xususiyati va tarkibi boʻyicha oʻxshash, tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklatura kodi boʻyicha yaqin boʻlgan tovarlarni bojxona toʻlovlarining pastroq stavkalari qoʻllaniladigan pozitsiyaga tasniflash holatlarini bartaraf etish maqsadida ushbu tovarlarga bojxona toʻlovlari stavkalarini unifikatsiya qilish; |
aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalarini unifikatsiya qilish, uni inson sogʻligʻi va atrof-muhit uchun zararli boʻlgan tovarlarga nisbatan qoʻllash. | aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalarini unifikatsiya qilish, uni inson sogʻligʻi va atrof-muhit uchun zararli boʻlgan tovarlarga nisbatan qoʻllash. |
2. Quyidagilar: | 2. Quyidagilar: |
import bojxona bojlari stavkalari 1-ilovaga* muvofiq; | import bojxona bojlari stavkalari 1-ilovaga* muvofiq; |
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. | |
* 1-2 ilovalar rus tili matnida berilgan. | * 1-2 ilovalar rus tili matnida berilgan. |
Belgilansinki, ushbu band bilan tasdiqlanayotgan stavkalar 2019-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi. | Belgilansinki, ushbu band bilan tasdiqlanayotgan stavkalar 2019-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi. |
3. 2018-yil 1-sentabrdan shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq: | 3. 2018-yil 1-sentabrdan shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq: |
chegara bojxona postlarida bojxona organlari tomonidan bojxona nazorati oʻtkazilganda veterinar, fitosanitar, ekologik va sanitar-epidemiologik nazorat ham amalga oshiriladi; | chegara bojxona postlarida bojxona organlari tomonidan bojxona nazorati oʻtkazilganda veterinar, fitosanitar, ekologik va sanitar-epidemiologik nazorat ham amalga oshiriladi; |
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga aʼzo davlatlarning akkreditatsiyadan oʻtgan organlari tomonidan muvofiqlik sertifikatlari berilgan, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan majburiy muvofiqlik sertifikatlashtirishni amalga oshirish talab etilmaydi; tovarlarning “erkin muomalaga chiqarish (import)” rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi uchun tovarlarni davlat tilida majburiy markirovka qilish talab etilmaydi. Bunda, 2020-yil 1-avgustdan boshlab Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha import qilinadigan isteʼmol tovarlarining ayrim turlari (isteʼmol qadoqlariga ega boʻlmagan tovarlardan tashqari) ishlab chiqaruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida) markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; “bojxona ombori” rejimida olti oydan koʻp boʻlgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan bojxona toʻlovlari yuzasidan taqdim etilgan imtiyozlar qoʻllanilmaydi. | tovarlarning “erkin muomalaga chiqarish (import)” rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi uchun tovarlarni davlat tilida majburiy markirovka qilish talab etilmaydi. Bunda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha import qilinadigan isteʼmol tovarlarining ayrim turlari (isteʼmol qadoqlariga ega boʻlmagan hamda oʻz ehtiyoji uchun olib kelingan tovarlardan tashqari) ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili va import qiluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida) markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini hamda sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish taqiqlanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. |
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: | 4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: |
a) 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda: | a) 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda: |
respublikaga tovarlar olib kirishda bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni bekor qilish yuzasidan takliflar kiritilishini; | respublikaga tovarlar olib kirishda bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni bekor qilish yuzasidan takliflar kiritilishini; |
tovarlarni realizatsiya qilishda qulaylik yaratish uchun chegara hududlarda savdo majmualarini tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishini; | tovarlarni realizatsiya qilishda qulaylik yaratish uchun chegara hududlarda savdo majmualarini tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishini; |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining veb-saytida tovarlarning bojxona chegarasi orqali harakati rejimini tartibga soluvchi barcha normativ hujjatlar, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar, har bir tovarga mos ravishda bojxona bojlari stavkalari, ushbu hujjatlarni beruvchi organlar toʻgʻrisidagi batafsil axborotni, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun boshqa maʼlumotlarni real vaqt rejimida bepul asosda olish imkonini beradigan “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati joriy etilishini; | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining veb-saytida tovarlarning bojxona chegarasi orqali harakati rejimini tartibga soluvchi barcha normativ hujjatlar, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar, har bir tovarga mos ravishda bojxona bojlari stavkalari, ushbu hujjatlarni beruvchi organlar toʻgʻrisidagi batafsil axborotni, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun boshqa maʼlumotlarni real vaqt rejimida bepul asosda olish imkonini beradigan “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati joriy etilishini; |
b) ikki oy muddatda: | b) ikki oy muddatda: |
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati orqali taqdim etiladigan axborotning, jumladan sanitar-karantin, fitosanitar va veterinar nazorati boʻyicha, ruxsatnoma berish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa hujjatlarning rasmiylashtirilishi toʻgʻrisidagi talablarning toʻliq roʻyxati; | “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati orqali taqdim etiladigan axborotning, jumladan sanitar-karantin, fitosanitar va veterinar nazorati boʻyicha, ruxsatnoma berish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa hujjatlarning rasmiylashtirilishi toʻgʻrisidagi talablarning toʻliq roʻyxati; |
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati orqali taqdim etiladigan axborotni oʻz vaqtida yangilab borish boʻyicha texnologik yoʻriqnomaning, tegishli vazirlik va idoralarning ushbu axborotni oʻz vaqtida yangilab bormaganligi hamda sifatsiz yangilab borganligi uchun javobgarligini nazarda tutgan holda, ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini; | “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati orqali taqdim etiladigan axborotni oʻz vaqtida yangilab borish boʻyicha texnologik yoʻriqnomaning, tegishli vazirlik va idoralarning ushbu axborotni oʻz vaqtida yangilab bormaganligi hamda sifatsiz yangilab borganligi uchun javobgarligini nazarda tutgan holda, ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini; |
v) “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining uzluksiz ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlasin. | v) “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining uzluksiz ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlasin. |
5. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilganda davlat organlariga “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatida nazarda tutilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish man etiladi. | 5. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilganda davlat organlariga “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatida nazarda tutilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish man etiladi. |
6. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Bosh prokuratura bilan birgalikda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning narx-navo yuzasidan oʻzaro til biriktirish holatlarini hamda sogʻlom raqobatni cheklaydigan kelishilgan harakatlarini aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlari samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrsin. | 6. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Bosh prokuratura bilan birgalikda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning narx-navo yuzasidan oʻzaro til biriktirish holatlarini hamda sogʻlom raqobatni cheklaydigan kelishilgan harakatlarini aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlari samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrsin. |
7. Quyidagilar 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin: | 7. Quyidagilar 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin: |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3303-son qarori; | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3303-son qarori; |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454-son qarorining 122-ilovasi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454-son qarorining 122-ilovasi. |
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. | 8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. |
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin. | 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2018-yil 29-iyun, | 2018-yil 29-iyun, |
PQ-3818-son | PQ-3818-son |