Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
Qarori
“Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat hizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2955-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348-son “Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017-yil 1-dekabrdagi 2017-66, 1-6/29-1434/8, 158-mh-son “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2955, 2017-yil 11-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2017-y., 10/17/2955/0403-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-iyun,
2018-55-son
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-iyun,
6-son
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A. AXMEDXADJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-iyun,
08/24-son
Kelishilgan:
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2018-yil 15-iyun
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2018-y., 10/18/2955-1/1417-son)