Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyimini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-sonli qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 28-martdagi PQ-3626-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyimini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-sonli qarori 1-ilovasining “Idoralarning formali kiyimi” boʻlimi quyidagicha mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
“7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi”.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-iyun,
PQ-3788-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 07/18/3788/1372-son)