16.06.2018 yildagi 454-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda elektron savdolarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-martdagi 209-son qaroriga muvofiq, davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibini takomillashtirish, ularni sotish mexanizmlari va tartibotlari samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat mulki obyektlariga doir bitimlarni sodir etishda ommaviylik va shaffofligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 16-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
454-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyundagi 454-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom elektron shaklda oʻtkaziladigan auksionlar va tanlovlar vositasida masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat ulushlarini, davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibini hamda davlat mulkini nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomning amal qilishi quyidagi holatlarda yuzaga keladigan munosabatlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat mulki obyektlarini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning qarori asosida sotishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari hududlarida joylashgan davlat mulki obyektlarini sotishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini chet el investorlariga sotishda Tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Davlat tender komissiyasi deb ataladi) qarori asosida, agar uning qarorida boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida sotishda, agar ushbu qarorlarda boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyektlarini nol stavka boʻyicha ijaraga berishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari hududida joylashgan davlat mol-mulkini ijaraga berishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchar mulkni ijaraga berishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-maydagi PQ-3720-son qaroriga muvofiq 2018 — 2020-yillarda davlat korxonalarini va ustav fondida davlat ulushi ustuvor boʻlgan boshqa yuridik shaxslarni transformatsiya qilish dasturida ishtirok etuvchi davlat kompaniyalarining mulki yuzasidan, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining qarorida boshqacha holat belgilangan boʻlmasa, tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijarachi — davlat mulkining ijara shartnomasini ushbu Nizomda belgilangan shartlar asosida va tartibda tuzgan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga beruvchi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Raqobat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining viloyat va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mulkini ijaraga berish markazi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion raqami — savdoda ishtirok etish uchun elektron buyurtmanoma mavjud boʻlganda auksionda ishtirok etish uchun ishtirokchiga beriladigan raqam;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balansda saqlovchi — sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyekti unga biriktirilgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotib olish toʻlovi — xaridor tomonidan sotib olinadigan davlat mulki obyekti uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish fondiga biryoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlanadigan milliy valyutadagi pul mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafolatlangan zakalat (keyingi oʻrinlarda zakalat deb ataladi) — elektron savdolarda ishtirok etish uchun talabgorlar tomonidan kiritiladigan pul miqdori, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyektlarini sotishda — boshlangʻich qoʻyilgan narxining 5 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga berilganda — ijaraga beriladigan obyekt ijara toʻlovi yillik tayanch stavkasining 5 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“nol” xarid qiymati boʻyicha sotishda — investitsiya majburiyatlari belgilangan minimal qiymatning 5 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki — davlat korxonalari va budjet tashkilotlariga biriktirilgan mol-mulk, shuningdek, ommaviy mulkni tasarruf etuvchi yoxud vakolatli davlat organi tomonidan yuridik shaxslarga tasarruf etish huquqisiz (davlat mulki obyektlarini investitsiya majburiyatlari va boshqa majburiyatlar bilan sotish hollari bundan mustasno) berilgan yuridik shaxslarning mol-mulki (shu jumladan texnoparklar hududidagi davlat mulki);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolarni oʻtkazish sanasi — auksionni oʻtkazish yoki tanlov yakunlarini chiqarish sanasi va vaqti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya majburiyatlari — pul bilan baholanadigan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan davlat mulki obyektini sotishda davlat mulki obyektiga investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha xaridor tomonidan qabul qilinadigan majburiyatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi — axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va undan foydalanishni amalga oshirish imkonini beruvchi axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov hujjatlari — davlat mulki obyektining texnik tartiboti, tijorat, tashkiliy va boshqa xususiyatlari haqida hamda tanlovning shartlari va tartiboti haqida boshlangʻich maʼlumotni oʻz ichiga olgan, veb-portalda sotuvchi tomonidan eʼlon qilinadigan tanlovni oʻtkazish qoidalari, tanlov taklifining shakllaridan iborat boʻlgan hujjatlar toʻplami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov taklifi — tanlov hujjatlarida belgilanadigan shartlarda shartnomani tuzish taklifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlangʻich narx — davlat mulki obyektini savdolarga qoʻyishda sotuvchi tomonidan qoʻyilgan narx;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ulushning nominal qiymati –davlat ulushini baholash sanasida balansda aks ettirilgan davlat ulushining qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyektlari — davlatga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk, mulkiy huquqlar va davlat ulushlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron savdo maydonchasining operatori (keyingi oʻrinlarda operator deb ataladi) — “E-IJRO AUKSIO№” yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionlarni (tanlovlarni) tashkil etish va oʻtkazishni amalga oshirish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoldiq qiymat — obyektni baholash sanasida balansda aks ettirilgan uning qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻolib — davlat mulki obyekti uchun eng yuqori narxni taklif etgan yoki uning tanlov taklifi tanlovning shartlariga eng yuqori darajada mos boʻlgan savdolar ishtirokchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridor — sotuvchi bilan davlat mulki obyektining oldi-sotdi shartnomasini (keyingi oʻrinlarda oldi-sotdi shartnomasi deb ataladi) tuzgan savdolar gʻolibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — savdolarda ishtirok etish niyatini bildirgan va operatorning ixtisoslashtirilgan veb-portalida ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi) yoki uning hududiy organi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy majburiyatlar — davlat mulki obyektini sotishda xaridor tomonidan qabul qilinadigan, pul bahosiga ega boʻlmagan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan veb-portal (keyingi oʻrinlarda veb-portal deb ataladi) — Internet butunjahon axborot tarmogʻida joylashgan, sotuvchining (ijaraga beruvchining) va sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyektlarining elektron axborot bazasiga (keyingi oʻrinlarda axborot bazasi deb ataladi) yagona kirish nuqtasini taqdim etadigan resurs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron savdo maydonchasining texnik uzilishi — elektron onlayn-auksion tartibotida ishtirokchilardan birining ishtirok etishi imkoniyatini istisno etuvchi yoki operator xodimiga elektron onlayn-auksion oʻtkazilishiga xizmat koʻrsatishning texnik imkoniyatini taʼminlamaydigan elektron savdo maydonchasidagi texnik nosozliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyektlari savdolari (keyingi oʻrinlarda savdolar deb ataladi) — sotuvchi (ijaraga beruvchi) tomonidan davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha auksion yoki tanlov shakllarida tashkil etiladigan savdolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo maydonchasi — auksion (tanlov) oʻtkazilishi uchun zarur boʻlgan axborotni kiritish, saqlash va unga ishlov berish imkoniyatini taʼminlaydigan ixtisoslashtirilgan veb-portalning boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov shartlari — tanlovni oʻtkazish tartibi, davlat mulki obyektlarining soni va oʻlchamlari, ular boʻyicha majburiyatlar, ishtirokchilarga qoʻyiladigan investitsion va ijtimoiy majburiyatlar hamda talablar yuzasidan sotuvchi tomonidan belgilanadigan shartlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchi — tanlovda yoki auksionda ishtirok etishga qoʻyilgan talabgor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron savdo maydonchasi (keyingi oʻrinlarda savdo maydonchasi deb ataladi) — davlat mulki obyektlarini sotish va ijaraga berish boʻyicha auksionlar va tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni kiritish, saqlash va unga ishlov berish imkoniyatini hamda manfaatdor shaxslarning elektron onlayn-auksionlar (tanlovlar) jarayonlariga bevosita kirish imkoniyatini taʼminlaydigan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron auksion (keyingi oʻrinlarda auksion deb ataladi) — xaridorni (ijarachini) musobaqa asosida aniqlash boʻyicha veb-portalda oʻtkaziladigan savdolar shakli, bunda davlat mulki obyektining oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzish huquqiga ommaviy tarzda eng katta narxni taklif etgan ishtirokchi ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) bilan tasdiqlangan axborot. Elektron hujjat bitimni amalga oshirishning isboti sifatida qoʻllanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tanlov (keyingi oʻrinlarda tanlov deb ataladi) — ixtisoslashtirilgan veb-portalda ishtirokchilar tomonidan tanlov hujjatlarining mezonlari va shartlariga muvofiq taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash yoʻli bilan xaridorni aniqlash boʻyicha savdolarning shakli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Balansda saqlovchi savdolarda sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyektidan foydalanish imkonini va uning xaridorga (ijarachiga) oʻtishi paytigacha saqlanishini taʼminlaydi va u haqdagi maʼlumotning haqqoniyligi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat mulki obyektlarini sotish, sotishga tayyorlash va savdolarga qoʻyish va ularni sotish shartlarini belgilash tartibi hamda oldi-sotdi shartnomalarini tuzish, bajarilishini nazorat qilish va bekor qilish hamda savdolarda sotilmagan davlat mulki obyektlarini tasarruf etish tartibi, ushbu Nizomga zid kelmaydigan qismi yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat mulkini ijaraga berish tashabbusi bilan chiqish, ijaraga berishga tayyorlash, binolar va inshootlar boʻyicha ijara haqini (ijara haqining tayanch stavkasini) hisoblash tartibi hamda ijara shartnomasini tuzish, shu jumladan, shartnoma tuzishning ustuvor huquqini sotish tartibi, ijara shartnomalarini tuzish, bajarilishini nazorat qilish va bekor qilish tartibi, ushbu Nizomga zid kelmaydigan qismi yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Operator savdolarni oʻtkazish qoidalari va reglamentini belgilaydi va uning barcha manfaatdor shaxslarning tanishib chiqishi uchun, shu jumladan, veb-portalda tanishish uchun doimiy ochiqligini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron onlayn-auksionni tashkil etish yuzasidan xizmatlari uchun operator miqdori shartnomada belgilanadigan, biroq mulkni sotish miqdori yoki yillik ijara haqi miqdorining bir foizidan oshmaydigan miqdorda haq oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektlarni “nol” xarid qiymati boʻyicha sotishda operator oʻz xizmatlarini bepul amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Boshlangʻich narx sotib olish qiymati boʻyicha — davlat mulki obyekti (ulushi) qiymatini baholash toʻgʻrisida baholash tashkilotining hisobotida va baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari haqidagi ekspert xulosasida belgilangan miqdorda sotilgan taqdirda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektlarni “nol” xarid qiymati boʻyicha sotishda investitsion majburiyatlarining eng kam qiymatining miqdori Davlat tender komissiyasi yoki hududiy tanlov komissiyasining qarori bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Savdolarni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Savdolarni oʻtkazish uchun sotuvchi (ijaraga beruvchi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator bilan veb-portalda savdolarni oʻtkazish boʻyicha elektron xizmatlar koʻrsatilishi boʻyicha shartnoma tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion (tanlov) sanasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq auksion (tanlov) oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin, obyektlarni ijaraga berish holatlarida esa — auksion oʻtkazilishidan kamida 15 kun oldin “Birja” gazetasida va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrining davriy matbuot nashrlarida hamda oʻzining rasmiy veb-saytida ochiq auksion (tanlov) toʻgʻrisidagi bildirishnomani eʼlon qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorga taqdim etiladigan elektron hujjatlarning namunalari taqdim etilishini taʼminlaydi va ularni veb-portalda joylashtirish uchun ularni rasmiylashtirish tartibini tushuntiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Operator sotuvchi yoki ijaraga beruvchi bilan tuzilgan veb-portalda savdolarni oʻtkazish boʻyicha elektron xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomaga muvofiq quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga muvofiq talabgorlar ichidan auksion (tanlov) ishtirokchilarining roʻyxatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafolatlangan zakalatlarni qabul qilish va savdolarning ishtirokchilariga qaytarish va sotuvchiga (ijaraga beruvchiga) savdolarda gʻolib boʻlgan ishtirokchining kafolatlangan zakalatini oʻtkazish (savdolar operatorining xizmat haqi chegirilgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hujjatlarni va elektron xabarlarni, shu jumladan, elektron savdolar ishtirokchilarining xabarlarini saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron savdolar ishtirokchilarining kirishi imkoniyatlarini va toʻlovlari oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veb-portalning barcha tashrif buyuruvchilariga savdolarning borishini kuzatish uchun ochiq kirish imkonini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veb-portalda auksion (tanlov) toʻgʻrisida bildirishnoma eʼlon qilingan paytdan boshlab nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarga ularning soʻrovlari boʻyicha sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyekti toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotni berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veb-portalda auksion (tanlov) yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni auksion (tanlov) oʻtkazilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-IJRO AUKSION” veb-portalida elektron savdolar toʻgʻrisidagi bildirishnomani — obyektlarni sotish holatlarida — auksion (tanlov) oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin, obyektlarni ijaraga berish holatlarida esa — auksion oʻtkazilishidan kamida 15 kun oldin eʼlon qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron savdolarni oʻtkazishda elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning aylanishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa funksiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Operator sotuvchi (ijaraga beruvchi) va xaridor (ijarachi) oʻrtasida savdolarning bayonnomasi asosida tuziladigan shartnomaning tomoni hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Operator:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hujjatlarga, elektron xabarlarga va shaxsiy maʼlumotlarga ruxsat etilmagan kirishdan himoyalanish choralarini koʻrishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hujjatlarni va elektron xabarlarni uchinchi shaxslarga bermaslikka, operatorning muassisi va qonun yoki savdolarni oʻtkazish boʻyicha elektron xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlarida mavjud boʻlgan axborotning butunligi va maxfiyligini taʼminlashga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Operator uning tomonidan uzatiladigan elektron savdolar subyektlarining elektron hujjatlari va elektron xabarlari mazmuni bilan bogʻliq boʻlgan huquqiy oqibatlar uchun javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Elektron auksionda (tanlovda) ishtirok etish uchun buyurtmanomalar operatorning veb-portalida avtomatik rejimda bildirishnoma joylashtirilgan kundan boshlab qabul qilinadi va buyurtmanomalarni qabul qilish elektron auksion (tanlov) oʻtkazilishi kunidan ikki ish kuni oldin (soat 13:00 gacha) yakunlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Buyurtmanomalarni qabul qilishning belgilangan muddatidan keyin tushgan buyurtmanomalar qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Buyurtmanoma elektron shaklda beriladi va ERI bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Operator savdolarda ishtirok etish yuzasidan elektron buyurtmanomalarning (keyingi oʻrinlarda elektron buyurtmanoma deb ataladi) va ularga ilova qilinadigan elektron hujjatlarning saqlanishini hamda ularning maxfiyligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Auksion (tanlov) davomida elektron savdo maydonchasining texnik uzilishi yuzaga kelgan holda operator ushbu texnik uzilish mavjudligi holatini qayd etadi va veb-portal sahifasida texnik uzilish mavjud boʻlganda barcha auksion (tanlov) ishtirokchilarini veb-portalda axborotni joylashtirish orqali elektron pochta va (yoki) SMS-xabarlar orqali bu haqda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchining kompyuter va (yoki) telekommunikatsion jihozida texnik uzilish boʻlganda auksion davom ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auksion (tanlov) oʻtkazilishiga toʻsqinlik qiladigan veb-portal texnik uzilishi holati mavjud boʻlgan taqdirda, operator bu haqda sotuvchini (ijaraga beruvchini) xabardor qiladi va auksion (tanlov) texnik uzilish bartaraf etilgan kunning ikkinchi ish kuniga koʻchiriladi, auksionda (tanlovda) ishtirok etgan ishtirokchilarni ushbu auksionni (tanlovni) davom ettirish sanasi va vaqti toʻgʻrisida veb-portalda axborotni joylashtirish orqali elektron pochta va (yoki) SMS-xabarlar orqali majburiy tartibda oldindan xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Savdolarni oʻtkazishga tayyorgarlik sotuvchining (ijaraga beruvchining) ichki tartibotlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi bildirishnomani eʼlon qilishdan oldin sotuvchi (ijaraga beruvchi) har bir sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyekti boʻyicha quyidagi axborotni operatorga veb-portaldagi axborot bazasiga kiritish uchun taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) sotish (ijara) obyekti yuzasidan maʼlumot, ushbu Nizomga 2 — 4-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sotish (ijara) obyektining balansda saqlovchisi haqidagi maʼlumot (pochta va elektron manzil, telefon, faks);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ijaraga beriladigan binolar va inshootlar boʻyicha ijara haqini hisoblash (ijara haqining tayanch stavkasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mavjud yuklatilgan majburiyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) sotish obyekti boʻyicha belgilangan tartibda tuzilgan quyidagi hujjatlarning skaner qilingan nusxalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotiladigan davlat mulki obyektini baholash hisoboti — sotib olish qiymati evaziga sotishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushini sotishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatlov komissiyasining aʼzolari va rahbari tomonidan imzolangan jamiyatning mol-mulk xatlovi va moliyaviy majburiyatlari dalolatnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat ijroiya organining birinchi rahbari tomonidan imzolangan va jamiyat muhri bilan tasdiqlangan oxirgi yil uchun moliyaviy hisobotlarning nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning binolari va inshootlarining fotosuratlari, kamida 4 dona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat koʻchmas mulk obyektini sotishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning binolari va inshootlarining fotosuratlari, kamida 4 dona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirish boʻyicha komissiyaning aʼzolari va rahbari tomonidan imzolangan xatlov dalolatnomalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat koʻchmas mulk obyektining kadastr hujjatlari, shu jumladan, kadastr xaritasi (rejasi) va boshqa huquqlarni belgilovchi hujjatlarning nusxalari (mavjud boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga (yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslarga — mavjud boʻlganda) boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) faoliyatning ixtisosligini saqlab qolish zarurligi haqida koʻrsatma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) faoliyatning ixtisosligi saqlanishi muddati (agar uning saqlanishi nazarda tutilgan boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) sotiladigan davlat koʻchmas mulk obyektini tasarruf etish huquqiga taʼsir etadigan mavjud yuklangan majburiyatlar yoki cheklashlar toʻgʻrisida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha organning xulosasi (zarur boʻlganda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchining qaroriga binoan veb-portaldagi axborot bazasiga qoʻshimcha maʼlumot kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Operator sotuvchi (ijaraga beruvchi) tomonidan axborot bazasiga maʼlumot kiritilishi paytidan boshlab bir ish kuni mobaynida ularni xatolar yoʻqligi va ushbu Nizom bilan belgilangan talablarga muvofiqlik yuzasidan tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Axborot bazasiga kiritilgan maʼlumotlarni tekshirish natijalariga koʻra operator veb-portalda ushbu Nizomga 2 — 4-ilovalarga muvofiq savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi bildirishnomani va sotish (ijara) obyekti haqidagi maʼlumotni eʼlon qiladi yoxud sotuvchiga (ijaraga beruvchiga) — uning tomonidan operator aniqlagan xatolar tuzatilmagan holatida, ularni eʼlon qilishni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi bildirishnoma veb-portalda savdolarni oʻtkazishdan kamida oʻttiz kalendar kun oldin joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi bildirishnoma eʼlon qilinganidan keyin operator barcha istagan shaxslarning veb-portalda joylashtirilgan sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyekti haqidagi maʼlumotga erkin kirishi imkoniyatini, balansda saqlovchi esa — barcha istagan shaxslarning sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyektiga erkin kirishi imkoniyatini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Savdolar ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish veb-portalda bildirishnoma eʼlon qilingan kundan boshlab veb-portalda amalga oshiriladi va savdolar boshlanishidan ikki ish kuni oldin, soat 13:00 da yakunlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Auksionda ishtirok etish uchun talabgor majburiyatlar bajarilishini taʼminlash kafolati sifatida zakalatni savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan operatorning hisob raqamiga kiritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Auksion ishtirokchilari tomonidan operatorning hisob raqamiga muayyan davlat mulki obyekti boʻyicha belgilangan zakalat miqdoridan ortiq boʻlgan har qanday zakalat miqdorining kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda zakalat faqat ushbu obyekt boʻyicha savdolarda ishtirok etish uchun ishtirokchi tomonidan ushbu zakalat kiritilgan obyektni sotib olish (ijaraga olish) huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Savdolarda ishtirok etish uchun talabgorlar quyidagilarni koʻrsatgan holda oldindan veb-portalda roʻyxatdan oʻtishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda STIR deb ataladi) (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun), familiyasi, ismi va otasining ismi (mavjud boʻlganda) va pasportga oid maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda STIR deb ataladi) (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun), yuridik shaxsning toʻliq nomi, birinchi rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi (mavjud boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zakalatni qaytarish uchun bankdagi bank hisob raqamining rekvizitlari (auksion ishtirokchilari uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa qilish uchun maʼlumotlar (pochta va elektron manzillar, mobil telefon raqami, faks raqami (mavjud boʻlganda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi maʼlumotlar oʻzgarganda ishtirokchi bir ish kuni mobaynida veb-portalga kiritilgan maʼlumotlarga oʻzgartirish kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar veb-portalda aks ettirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Auksion (tanlov) ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun veb-portalda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda savdolarda ishtirok etish uchun buyurtmanomani roʻyxatdan oʻtkazish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmanoma ERI bilan tasdiqlanadi va unga zakalat kiritilganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda toʻlov hujjatining toʻlov maqsadi katagida ushbu lot boʻyicha zakalat kiritilgan lotning raqami koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir nechta auksion (tanlov) obyektlari boʻyicha zakalatni kiritish alohida toʻlov hujjatlari bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ishtirokchi oʻzining savdolarda ishtirok etish uchun buyurtmanomasini veb-portal orqali savdolarda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni taqdim etishning oxirgi muddati (soati) tugashidan oldin istalgan muddatda qaytarib olishi mumkin. Bu holatda ishtirokchidan oldin tushgan zakalat buyurtmanomani qaytarib olish toʻgʻrisida bildirishnoma tushgan kundan boshlab kechi bilan besh bank kuni mobaynida qaytarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Buyurtmanomalar va ularga ilova qilingan savdolar ishtirokchilarining elektron hujjatlari axborot bazasida saqlanadi va savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisida bildirishnomada koʻrsatilgan sana va vaqtgacha uchinchi shaxslar tomonidan yuklab olish va koʻrib chiqish imkoniyati boʻlmaydi, ushbu buyurtmanomani bergan ishtirokchidan tashqari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Savdolarda ishtirok etish uchun buyurtmanoma tushganidan keyin operator tomonidan axborot bazasida uning yuzasidan buyurtmanoma berilgan sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyekti boʻyicha zakalat tushganligi haqidagi maʼlumot mavjudligini avtomatik tekshirish oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Axborot bazasida operatorning hisob raqamiga zakalatning toʻliq hajmda tushishi haqidagi maʼlumot boʻlmagan taqdirda veb-portal ishtirokchining buyurtmanomasini rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor veb-portalda ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklni toʻldirish yoʻli bilan tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan tanlov taklifini (investitsion majburiyatlarning taklif etilgan miqdori, ularni kiritish shakllari, muddati va shartlarini) taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Sotiladigan davlat mulki obyektini kamida bir yil ijaraga oluvchi ijarachi buyurtmanomaga Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tegishli xizmatlari asosiy fondlarni modernizatsiyalash va kapital taʼmirlash amalga oshirilganligi haqidagi ekspertizasi xulosalarini, bandlik va mehnat munosabatlari organining sotiladigan davlat mulki obyektini ijaraga berish davrida yaratilgan yangi ish joylari haqidagi maʼlumotnomasining elektron (skaner qilingan) nusxalarini ilova qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Veb-portal buyurtmanomalarni avtomatik tekshirish natijalari boʻyicha elektron pochtaga va SMS-xabarlar berish orqali, buyurtmanomaning qabul qilinganligi haqida yoxud buyurtmanomani qabul qilishni rad etish sabablari toʻgʻrisida xabarni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Talabgorning ushbu Nizomning 27 va 29-bandlari talablariga rioya qilmaganligi veb-portal tomonidan buyurtmanomani qabul qilishni rad etish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ishtirokchilar uchun elektron savdolarda ishtirok etish reglamenti operator tomonidan elektron savdolarni oʻtkazishda foydalaniladigan dasturiy-texnik vositalardan hamda ushbu Nizomdan kelib chiqib belgilanadi va veb-portalda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Savdolarga qoʻyilgan ishtirokchiga veb-portal tomonidan berilgan buyurtmanoma raqamiga muvofiq elektron auksionga (tanlovga) kirish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchilarning har biriga ishtirokchining auksion raqami avtomatik tarzda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda savdolarning ishtirokchisiga har bir roʻyxatga olingan buyurtmanoma boʻyicha savdolar boshlanganligi haqidagi xabar elektron pochta va SMS-xabar berish orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Savdolarda gʻolib boʻlgan ishtirokchining zakalati operator tomonidan savdolarning gʻolibini aniqlash sanasidan boshlab uch ish kuni mobaynida sotuvchining (ijaraga beruvchining) hisob raqamiga oʻtkaziladi (savdolar operatorining xizmat haqi chegirilgan holda). Bunda gʻolib tomonidan kiritilgan zakalat sotib olish (ijara) toʻlovlari miqdoriga kiritiladi, qolgan savdolar ishtirokchilariga esa kiritilgan zakalat operator tomonidan besh bank kuni mobaynida qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Sotuvchi savdolarning shartlariga toʻliq mos boʻlgan buyurtmanomani bergan yagona ishtirokchi bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar buyurtmanoma berish vaqti yakunlangan paytga kelib faqat bir ishtirokchi tomonidan buyurtmanoma berilgan boʻlsa, operator elektron auksion (tanlov) oʻtkazilishi kunida ushbu ishtirokchiga elektron xat orqali auksion (tanlov) obyektini boshlangʻich narxi (ijaraning tayanch stavkasi) boʻyicha sotib olish (ijaraga olish) toʻgʻrisidagi taklifni (ofertani) yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ishtirokchi besh ish kuni mobaynida operatorning taklifiga javoban sotib olish (ijaraga olish) toʻgʻrisidagi javobni (akseptni) yuborsa, u auksion gʻolibi eʼtirof etiladi, bu haqda ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda auksion (tanlov) natijalari toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auksion (tanlov) ishtirokchisi, agar u taklif yuborilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida operatorga auksion (tanlov) obyektini sotib olish istagi yoʻqligi haqida xabar bersa yoki ushbu muddat mobaynida operatorga sotib olish (ijaraga olish) toʻgʻrisida yozma ravishda yoki elektron xat orqali xabar bermasa, auksion (tanlov) obyektini sotib olishni rad etgan deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzishdan bosh tortgan yoki uni rad etgan auksion (tanlov) gʻolibiga uning tomonidan kiritilgan zakalat miqdori qaytarilmaydi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zakalat miqdorining 50 foizi operatorning tasarrufida qoladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zakalat miqdorining 50 foizi Davlat raqobat qoʻmitasining budjetdan tashqari fondiga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Elektron savdolar bayonnomalarining shakli operator tomonidan Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Savdolar oʻtkazilgandan keyin 20 kundan kechikmay elektron savdolarning bayonnomasi asosida sotuvchi, balansda saqlovchi va (auksion, tanlov) savdolarining gʻolibi oʻrtasida davlat mulki obyektining oldi-sotdi (ijara) shartnomasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda oldi-sotdi (ijara) shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish sotuvchi (ijaraga beruvchi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Savdolarning gʻolibi oldi-sotdi (ijara) shartnomasini imzolashni rad etgan taqdirda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksionda sotilganda — sotuvchi (ijaraga beruvchi) veb-portal tomonidan narx taklifining mezonlaridan kelib chiqib avtomatik tarzda aniqlanadigan, shartnomani imzolashdan bosh tortgan yoki rad etgan birinchi gʻolib tomonidan taklif etilgan narxdan bir qadam pastroq boʻlgan auksion ishtirokchisi bilan oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzishni taklif etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda sotilganda — sotuvchi veb-portal tomonidan eng yaxshi taklif mezonlaridan kelib chiqib avtomatik tarzda aniqlanadigan, shartnomani imzolashdan bosh tortgan yoki rad etgan birinchi gʻolibning taklifidan keyingi eng yaxshi taklif boʻlgan tanlov ishtirokchisi bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzishni taklif etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bu ishtirokchi ham oldi-sotdi (ijara) shartnomasini imzolashdan rad etsa, auksion yoki tanlov natijalari bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Auksion (tanlov) gʻolibi oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzishdan bosh tortishi yoki rad etishi va davlat mulki obyektini sotib olish (ijara) shartnomasining shartlarini bajarmasligi yoki tegishlicha bajarmasligi hamda gʻolibning aniqlangan til biriktirish holati va auksion (tanlov) jarayonini buzadigan boshqa harakatlarda ishtirok etishi holatida bunday gʻolib ushbu davlat mulki obyektini sotish (ijaraga berish) boʻyicha keyingi savdolarda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Savdolarning natijalari toʻgʻrisidagi elektron bayonnoma auksion yoki tanlovning natijalarini hamda gʻolibning va sotuvchining (ijaraga beruvchining) davlat mulki obyekti yuzasidan sotish (ijara) narxi boʻyicha yoki investitsion va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi sharti bilan oldi-sotdi (ijara) shartnomasini imzolash majburiyatlarini qayd etuvchi hujjat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auksion (tanlov) natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan elektron auksion (tanlov) sanasi toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyekti elektron auksionga (tanlovga) qoʻyilganligining asoslari toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion (tanlov) gʻolibi va auksionning (tanlovning) boshqa ishtirokchilari toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion (tanlov) obyekti toʻgʻrisidagi, jumladan, uni tavsiflovchi maʼlumotlar (koʻchmas mulkning umumiy va foydali maydoni, ijaraga olinadigan binoning yoki uning bir qismining maydoni, yuklatilgan majburiyatlar va mulkiy huquqning muddatlari, davlat ulushining miqdori va boshqa xususiyatlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomani tuzish uchun zarur boʻlgan boshqa shartlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Obyektning oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish yozma shaklda, hozir boʻlish tartibida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Savdolar yakunlari ular boʻyicha bekor qilingan yoxud oldi-sotdi shartnomalari bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan davlat mulki obyektlarining savdolarga qoʻyilishi quyidagi tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyektlarini davlat mulki obyektining boshlangʻich narxi boʻyicha sotib olish qiymati evaziga sotishda — agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qoʻyish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb eʼtirof etish sanasi oʻrtasidagi muddat ikki yildan oshmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qoʻllanganda davlat mulki obyektlarini davlat mulki obyektining oxirgi savdolarga qoʻyilishi sanasiga kelib uning shakllantirilgan narxi boʻyicha sotib olish qiymati evaziga sotishda — agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki ularni savdolarga qoʻyish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb eʼtirof etish sanasi oʻrtasidagi muddat bir yildan oshmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga beriladigan davlat mulki obyektining ijara haqi tayanch stavkasining yillik miqdori boʻyicha ijaraga berishda — agar savdolar natijalari bekor qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qoʻyish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb tan olish sanasi oʻrtasidagi muddat joriy yil uchun oxirgi tasdiqlangan eng kam ijara stavkasidan boshlab bir yildan oshmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyektlarini “nol” xarid qiymati boʻyicha Davlat tender komissiyasi yoki hududiy tanlov komissiyasining qarorida belgilangan investitsion majburiyatlarning eng kam qiymati boʻyicha sotishda — agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qoʻyish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb tan olish sanasi oʻrtasidagi muddat ikki yildan oshmasa amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki ularni savdolarga qoʻyish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb eʼtirof etish sanasi oʻrtasidagi muddat ikki yildan oshgan boʻlsa, davlat mulki obyekti takroriy baholanishi va belgilangan tartibda savdolarga qoʻyilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat mulki obyektlarini auksionda sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Auksion toʻgʻrisidagi bildirishnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchining (ijaraga beruvchining) nomi va pochta manzili, uning aloqa qilish uchun telefon raqami, telefaks, elektron pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksionga qoʻyilgan davlat koʻchmas mulk obyektining nomi, xususiyatlari va tavsifi va u joylashgan joy hamda balansda saqlovchining nomi, uning faoliyatining ixtisosligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning nomi, joylashgan manzili, faoliyatining ixtisosligi va auksionga qoʻyilgan davlat ulushining miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotiladigan davlat mulki obyektining boshlangʻich narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion oʻtkaziladigan sana, vaqt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldi-sotdi shartnomasi tuzilishining yakuniy muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zakalat kiritish miqdori, muddati va tartibi, uni kiritish uchun bank rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmanomalarni qabul qilishning oxirgi muddati (kuni va soati koʻrsatilgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha maʼlumotlarni olish mumkin boʻlgan manzil va aloqa qilish uchun telefon raqami.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Auksion ishtirokchilari auksion boshlanishidan oldin bir soat mobaynida ERIdan foydalanib virtual savdolarning savdo maydonchasiga kirishni amalga oshiradi. Auksion savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan vaqtda, savdo maydonchasida sotiladigan davlat mulki obyektini boshlangʻich narxi boʻyicha avtomatik tarzda joylashtirish orqali boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Auksion musobaqa asosida, narxini oshirish tamoyili boʻyicha, buyurtmanomalar boʻlmaganda esa — sotuvchi bilan kelishilmagan holda qonun hujjatlarida va ushbu Nizomda belgilangan tartibda narxni bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi avtomatik tarzda qoʻllanilgan holda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Auksionlar ish kuni davomida, soat 09:00 dan soat 18:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Agar lotning narxini oshirish haqidagi taklifni oxirgi tasdiqlash ishtirokchi tomonidan elektron auksion oʻtkazilishi vaqti tugashigacha oʻn daqiqadan kam vaqt qolganda amalga oshirilgan boʻlsa, auksionni oʻtkazish muddati taklifni oxirgi tasdiqlash paytidan boshlab oʻn daqiqa muddatgacha uzaytiriladi. Har bir keyingi taklif elektron auksion oʻtkazilishi muddatini oʻn daqiqaga uzaytiradi. Bunda elektron auksion oʻtkazilishi muddati koʻpi bilan uch soatga uzaytiriladi va auksion soat 21:00 gacha yakunlanishi lozim. Lotning narxi haqidagi taklifni oxirgi boʻlib soat 21:00 gacha tasdiqlagan ishtirokchi auksion gʻolibi deb tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron auksionda ishtirok etish uchun birorta auksion ishtirokchisi qoʻyilmagan boʻlsa, shu jumladan, unda ishtirok etish uchun birorta buyurtmanoma tushmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion ishtirokchilaridan birortasi mulkni auksion jarayonida taklif etilgan narx boʻyicha sotib olish istagini bildirmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksionda ishtirok etishga faqat bitta ishtirokchi qoʻyilgan boʻlsa va u auksion obyektini sotib olishni ushbu Nizomning 42-bandida belgilangan tartibda rad etgan boʻlsa, davlat mulki obyektlari boʻyicha auksion boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Auksion bosqichi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi toʻrt bosqichda — auksion obyekti boshlangʻich qiymatining besh foizini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi va keyingi bosqichlarda — auksion obyekti boshlangʻich qiymatining uch foizini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istisno tariqasida boshlangʻich qiymati elektron auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisida bildirishnomani joylashtirish paytiga kelib belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki ming baravaridan ortiq boʻlgan davlat mulki obyektini sotishda, auksion bosqichi esa auksion obyektining boshlangʻich qiymatidan ikki foizni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Elektron auksion auksion ishtirokchilaridan lotning boshlangʻich narxidan bir bosqichga oshirilgan lotning narxi toʻgʻrisida taklifni tasdiqlashni soʻrashdan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Agar auksion ishtirokchilaridan biri taklifni soʻrash paytidan boshlab oʻn daqiqa ichida lotning belgilangan bosqich miqdoriga oshirilgan narxni tasdiqlasa, lot narxi toʻgʻrisidagi keyingi taklifni tasdiqlash vaqti oʻn daqiqaga uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Agar oxirgi tasdiqlangan taklif paytidan boshlab oʻn daqiqa ichida lotning narxini oshirish toʻgʻrisida keyingi taklif birorta ishtirokchi tomonidan tasdiqlanmasa, elektron auksion auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani avtomatik shakllantirish bilan yakunlanadi. Lotning narxi haqidagi taklifni oxirgi boʻlib tasdiqlagan ishtirokchi auksion gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar davlat mulki obyekti elektron auksion boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etilishi tufayli sotilmagan boʻlsa, takroriy auksion elektron auksion boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etilishi kunidan boshlab koʻpi bilan oʻn besh ish kunidan keyin, bildirishnomada koʻrsatilgan sanada va vaqtda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Takroriy elektron auksion auksionga qoʻyilgan ikkita va undan ortiq ishtirokchilar mavjud boʻlganda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Sotuvchi yagona ishtirokchidan tushgan, savdolarning shartlariga toʻliq mos boʻlgan buyurtmanomani roʻyxatga olishda yagona ishtirokchi bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Elektron auksion auksion ishtirokchilaridan sotish obyektining boshlangʻich narxidan bir bosqichga oshirilgan lotning narxi toʻgʻrisidagi taklifni tasdiqlashni soʻrashdan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar auksion boshlanishi paytidan boshlab yigirma daqiqa mobaynida savdo maydonchasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilardan birortasi sotiladigan davlat mulki obyektini boshlangʻich narxni belgilangan bosqichga oshirish yoʻli bilan sotib olish istagini tasdiqlamagan boʻlsa, auksion boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etiladi va sotuvchi veb-portalda belgilangan tartibda savdolarning shartlariga toʻliq mos boʻlgan buyurtmanomani birinchi boʻlib roʻyxatdan oʻtkazgan ishtirokchi bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilardan biri sotish obyektining boshlangʻich narxini bir belgilangan bosqichga oshirish yoʻli bilan sotish obyektini sotib olish niyatini tasdiqlasa, boshlangʻich narx belgilangan bosqichga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy narx oshirilganidan keyin birorta ishtirokchi joriy narxni bir belgilangan bosqichga oshirish yoʻli bilan sotish obyektini sotib olish niyatini tasdiqlamasa, sotiladigan davlat mulki obyektini sotib olish istagini oxirgi boʻlib tasdiqlagan ishtirokchi gʻolib deb eʼtirof etiladi va auksion boʻlib oʻtgan deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Taklifnomada belgilangan talabgorlar takliflarini qabul qilish yakunlanishi sanasiga kelib talabgorlarning takliflari mavjud boʻlmasa, talabgorlar takliflarini qabul qilish sanasi yana ikki oyga uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda auksionlar birinchi auksion oʻtkazilishi sanasidan boshlab oʻn besh ish kunida bir marta davriylik bilan oʻtkaziladi va bildirishnomada koʻrsatilgan sana va vaqtda boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Ushbu Nizomning 65-bandida belgilangan uzaytirilgan muddatda takliflar mavjud boʻlmaganda, ushbu muddat tamom boʻlgandan soʻng keyingi kunda davlat mulki obyektlarini qoʻyish narxini bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qoʻllanadi va auksionga qoʻyilgan boshlangʻich narxining 50 foiziga yetguncha, har bir 15 kunda auksionga qoʻyilgan boshlangʻich narxdan 10 foizga kamaytiriladi, biroq bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushini sotishda — baholash sanasiga kelib nominal qiymatidan past boʻlmasligi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishda — baholash sanasiga kelib qoldiq qiymatidan past boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Ushbu Nizomning 66-bandida koʻrsatilgan mexanizm qoʻllanganidan keyin davlat koʻchmas mulk obyektlari sotilmagan taqdirda ular Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligining takliflari asosida Davlat tender komissiyasining qarori boʻyicha “nol” xarid qiymati boʻyicha, investitsion majburiyatlarni qabul qilish va yangi ish joylari yaratish sharti bilan sotilishi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilinishi yoki boʻshatiladigan yer uchastkalari zaxira yerlar toifasiga kiritilgan holda buzib tashlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Har bir sotilgan davlat mulki obyekti boʻyicha auksion natijalari veb-portal tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladigan elektron bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator maxsus blankada auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtiradi, uni muhr bilan tasdiqlaydi va auksion gʻolibiga topshiradi (yoki auksion gʻolibining roziligi bilan uni pochta orqali yuboradi). Bayonnomaning nusxasi belgilangan tartibda sotuvchiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma davlat mulki obyektining oldi-sotdi shartnomasini tuzish yoki takroriy auksion oʻtkazilishi uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Ushbu auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni bergan barcha ishtirokchilarga avtomatik tarzda auksion natijalari toʻgʻrisidagi bildirishnoma elektron pochta va (yoki) SMS-xabar berish orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Davlat mulki obyektlarini tanlov asosida “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Tanlov toʻgʻrisidagi bildirishnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchining nomi va pochta manzili, aloqa qilish uchun uning telefon raqami, telefaks, elektron pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovga qoʻyilgan davlat koʻchmas mulk obyektining nomi, tavsifi va xususiyatlari va uning joylashgan joyi hamda balansda saqlovchining nomi, uning faoliyatining ixtisosligi (davlat koʻchmas mulkini sotishda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning nomi, uning joylashgan joyi, faoliyatining ixtisosligi va tanlovga qoʻyilgan davlat ulushining miqdori (davlat ulushini sotishda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsion (kiritish shakli va shartlari batafsil koʻrsatilgan holda) va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud yuklatilgan majburiyatlar haqidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolarni oʻtkazish shartlari, sanasi va vaqti (ishtirokchilarning tanlov takliflarini baholash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldi-sotdi shartnomasini tuzishning oxirgi muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmanomalarni qabul qilishning oxirgi muddati (sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha maʼlumotlarni olish mumkin boʻlgan manzil va aloqa qilish uchun telefon raqami.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Tanlov shartlari operator tomonidan veb-portalda 7-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Operator tomonidan veb-portalda tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida bildirishnoma eʼlon qilinganidan keyin tanlov shartlarini oʻzgartirishga faqat uni savdodan yechib va savdolarga takroriy qoʻyilishi holatidagina yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov boshlanishi paytiga kelib hech kim buyurtmanoma bermagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona ishtirokchi mavjud boʻlsa va u tanlov obyektini sotib olishni rad etgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov ishtirokchilaridan birortasi taklif etilgan tanlov shartlari boʻyicha davlat mulki obyektini sotib olish istagini bildirmagan boʻlsa, davlat mulki obyektlari boʻyicha tanlov boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Oldi-sotdi shartnomasi tuzilganidan keyin xaridor yoki uning vakolatli vakili investitsion va ijtimoiy majburiyatlarni tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi shartlariga muvofiq bajaradi. Bunda tanlovda yutib chiqilgan taqdirda tanlov gʻolibi va boshqa ishtirokchilar tomonidan kiritilgan zakalat umumiy asoslarda besh bank kuni ichida qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Yagona ishtirokchi roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda uning tanlov takliflari tanlov shartlariga muvofiqlik yoki nomuvofiqlik jihatidan taqqoslanadi va uning yakunlari boʻyicha elektron bayonnoma rasmiylashtiriladi, u veb-portal tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi va elektron hujjat va yagona tanlov ishtirokchisi bilan davlat mulki obyektining oldi-sotdi shartnomasini tuzish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Ishtirokchilarning tanlov takliflarini baholash veb-portal orqali avtomatik tarzda, savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisida bildirishnomada koʻrsatilgan savdolarning sanasi va vaqti kelgach amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Tanlov takliflarini baholashda tanlovda ishtirok etish shartlariga va tartibotlariga rioya etilishi, tanlov shartlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Tanlov takliflarini baholash va tanlov gʻolibini aniqlash ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq ballar tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Tanlov taklifi tanlov shartlariga eng koʻp darajada muvofiq deb eʼtirof etilgan ishtirokchi tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Ikki va undan ortiq tanlov takliflarining ballari teng boʻlganda sotiladigan davlat mulki obyektini kamida bir yil davomida ijaraga olgan ijarachi boʻlgan ishtirokchi (ishtirokchi tomonidan ushbu holat buyurtmanomada koʻrsatilishi sharti bilan va ushbu Nizomning 36-bandida koʻrsatilgan tegishli elektron (skaner qilingan) hujjatlar ilova qilingan holda), bunday ishtirokchi boʻlmaganda esa, uning buyurtmanomasi avvalroq roʻyxatdan oʻtkazilgan ishtirokchi gʻolib deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Taklifnomada belgilangan talabgorlar takliflarini qabul qilish yakunlanishi sanasiga kelib talabgorlarning takliflari mavjud boʻlmaganda talabgorlar takliflarini qabul qilish sanasi yana ikki oyga uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Tanlovlar, birinchi tanlov oʻtkazilishi sanasidan boshlab ikki oy mobaynida oʻn besh ish kunida bir marta davriylik bilan oʻtkaziladi va uning yakunlari bildirishnomada koʻrsatilgan sana va vaqtda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Har bir sotilgan davlat mulki obyekti boʻyicha tanlov natijalari barcha tushgan tanlov takliflari koʻrsatilgan, veb-portal tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladigan elektron bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator maxsus blankada tanlov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani uch nusxada rasmiylashtiradi, uni muhr bilan tasdiqlaydi va ulardan biri tanlov gʻolibiga topshiriladi (yoxud tanlov gʻolibining roziligi bilan uni pochta orqali yuboradi) va bir nusxasi sotuvchiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma davlat mulki obyektining oldi-sotdi shartnomasini tuzish yoki takroriy tanlov oʻtkazilishi uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni bergan barcha ishtirokchilarga avtomatik tarzda tanlov natijalari toʻgʻrisidagi bildirishnoma elektron pochta va (yoki) SMS-xabar berish orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha auksionning oʻtkazilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Ijaraga berish boʻyicha auksion toʻgʻrisidagi bildirishnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga beruvchining nomi va pochta manzili, aloqa qilish uchun uning telefon va faks raqami, elektron pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksionga qoʻyilgan davlat koʻchmas mulk obyektining nomi, tavsifi va xususiyatlari va uning joylashgan joyi hamda balansda saqlovchining nomi, uning faoliyatining ixtisosligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraning muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini ijaraga berish shartlari, shu jumladan, undan foydalanish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion oʻtkaziladigan sana va vaqt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasini tuzishning oxirgi muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zakalat kiritish miqdori, muddati va tartibi, uni kiritish uchun bank rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmanomalarni qabul qilishning oxirgi muddati (kuni va soati koʻrsatilgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha maʼlumotlarni olish mumkin boʻlgan manzil va aloqa qilish uchun telefon raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga beruvchining ixtiyoriga koʻra boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha auksion oʻtkazilishida binolar va inshootlar boʻyicha yillik ijara haqining boshlangʻich narxi ushbu obyekt boʻyicha belgilangan tartibda aniqlangan ijara haqining yillik tayanch stavkasiga teng.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkning boshqa turlari uchun ijara toʻlovi stavkasining boshlangʻich narxi quyidagi miqdorda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq boʻlmasa yoki ushbu muddatga teng boʻlsa yoki amalda foydalanilgan muddatni aniqlash mumkin boʻlmasa — mol-mulk tiklanish qiymatining 30 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar ijaraga topshirilayotgan mol-mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq boʻlsa — mol-mulk tiklanish qiymatining 20 foizidan kam boʻlmagan miqdorda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Auksion ishtirokchilari auksion boshlanishidan oldin bir soat mobaynida ERI dan foydalanib virtual savdolarning savdo maydonchasiga kirishni amalga oshiradi. Auksion savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan vaqtda, savdo maydonchasida davlat mulki ijara haqining boshlangʻich narxini avtomatik tarzda joylashtirish orqali boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Auksion musobaqa asosida davlat mulki ijara haqining narxini oshirish tamoyili boʻyicha oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Auksionlar ish kuni davomida soat 09:00 dan soat 18:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Agar lotning narxini oshirish haqidagi taklifni oxirgi tasdiqlash ishtirokchi tomonidan elektron auksion oʻtkazilishi vaqti tugashigacha oʻn daqiqadan kam vaqt qolganda amalga oshirilgan boʻlsa, auksionni oʻtkazish muddati taklifni oxirgi tasdiqlash paytidan boshlab oʻn daqiqa muddatgacha uzaytiriladi. Har bir keyingi taklif elektron auksion oʻtkazilishi muddatini oʻn daqiqaga uzaytiradi. Bunda elektron auksion oʻtkazilishi muddati koʻpi bilan uch soatga uzaytiriladi va auksion soat 21:00 gacha yakunlanishi lozim. Lotning narxi haqidagi taklifni oxirgi boʻlib soat 21:00 gacha tasdiqlagan ishtirokchi auksion gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion boshlanishi paytiga kelib savdo maydonchasida hech kim buyurtmanoma bermagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion ishtirokchilaridan birortasi mulkni auksion jarayonida taklif etilgan narx boʻyicha sotib olish istagini bildirmagan boʻlsa, davlat mulki obyektlari boʻyicha auksion boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Sotuvchi savdolarning shartlariga toʻliq mos boʻlgan buyurtmanomasi roʻyxatdan oʻtkazilgan yagona ishtirokchi bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Auksion bosqichi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi toʻrt bosqichda — auksion obyekti boshlangʻich qiymatining besh foizini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi va keyingi bosqichlarda — auksion obyekti boshlangʻich qiymatining uch foizini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istisno tariqasida yillik ijara haqining boshlangʻich qiymati elektron auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi bildirishnomani joylashtirish paytiga kelib belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan ortiq boʻlgan davlat mulki obyektini ijaraga berishda auksion bosqichi auksion obyektining boshlangʻich qiymatining ikki foizni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Agar auksion boshlanishi paytidan boshlab yigirma daqiqa davomida savdo maydonchasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilardan birortasi boshlangʻich narxni belgilangan bosqichga oshirish yoʻli bilan davlat mulkini ijaraga olish istagini tasdiqlamagan boʻlsa, auksion amalga oshmagan deb eʼtirof etiladi va sotuvchi veb-portalda belgilangan tartibda savdolarning shartlariga toʻliq mos boʻlgan buyurtmanomani birinchi boʻlib roʻyxatdan oʻtkazgan ishtirokchi bilan ijara shartnomasini tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilardan biri oʻzining ushbu obyektning boshlangʻich narxini bir belgilangan bosqichga oshirish yoʻli bilan davlat mulkini ijaraga olish niyatini tasdiqlasa, boshlangʻich narx belgilangan bosqichga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy narx oshirilganidan keyin birorta ishtirokchi oʻzining joriy narxni bir belgilangan bosqichga oshirish yoʻli bilan davlat mulkini ijaraga olish niyatini tasdiqlamasa, davlat mulkini ijaraga olish istagini oxirgi boʻlib tasdiqlagan ishtirokchi gʻolib deb eʼtirof etiladi va ushbu obyekt boʻyicha auksion amalga oshgan deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Har bir ijaraga beriladigan davlat mulki boʻyicha auksion natijalari veb-portal tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladigan elektron bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator maxsus blankada auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani uch nusxada rasmiylashtiradi, uni muhr bilan tasdiqlaydi va auksion gʻolibiga topshiradi (yoki auksion gʻolibining roziligi bilan uni pochta orqali yuboradi) va bayonnomaning bir nusxasini ijaraga beruvchiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma davlat mulki obyektining ijara shartnomasini tuzish yoki takroriy auksion oʻtkazilishi uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Ushbu auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni bergan barcha ishtirokchilarga avtomatik tarzda auksion natijalari toʻgʻrisidagi bildirishnoma elektron pochta va (yoki) SMS-xabar berish orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Taklifnomada belgilangan talabgorlar takliflarini qabul qilish yakunlanishi sanasiga kelib talabgorlarning takliflari mavjud boʻlmaganda, talabgorlar takliflarini qabul qilish sanasi har gal obyektni ijaraga berishgacha 15 kunga uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Auksionlar birinchi auksion oʻtkazilishi sanasidan boshlab doimiy tartibda oʻn besh ish kunida bir marta davriylik bilan oʻtkaziladi va bildirishnomada koʻrsatilgan sana va vaqtda boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Operator va Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro etish byurosi va Davlat raqobat qoʻmitasining birgalikdagi qarori bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Nazorat qilish va savdolarni tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etuvchi shaxslarning javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Ushbu Nizomning talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro etish byurosi vakillari orasidan tuziladigan arbitraj komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi, uning reglamenti ularning birgalikdagi qarori bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Operator sotuvchi bilan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish boʻyicha xizmat koʻrsatish yuzasidan tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishi uchun, savdolarning ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishi va maxfiyligini taʼminlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Balansda saqlovchi qonun hujjatlariga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotiladigan davlat koʻchmas mulk obyektlari yangi mulkdorga topshirilishi paytigacha saqlanishini taʼminlash, davlat koʻchmas mulk obyektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasini oʻz vaqtida rasmiylashtirish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga muvofiq taqdim etiladigan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Savdolarni tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etuvchi shaxslar talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishi va maxfiyligi taʼminlanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Davlat mulki obyektlarini sotishda yoki ijaraga berishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1-bosqich

Davlat raqobat qoʻmitasi, uning hududiy organlari

Baholash tashkilotining obyektning qiymatini baholash hisobotida hamda baholash toʻgʻrisidagi hisobotining ishonchliligini ekspertizasini oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida ekspert xulosasida aniqlangan miqdorda obyektlarni sotish toʻgʻrisida buyruq chiqarish.

Obyektlarni “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish holatlarida, investitsion majburiyatlarning minimal qiymati miqdori Davlat tender komissiyasi yoki hududiy tanlov komissiyasining qarori bilan belgilanadi.

Obyektni ijaraga berish holatlarida, tayanch stavkasi belgilangan tartibda aniqlanadi.

Davlat mulk obyektlarini xususiylashtirish toʻgʻrisida hujjatlar toʻplamini ijobiy koʻrib chiqishdan keyin 10 kun ichida.

Obyektni ijaraga beruvchi va balansda saqlovchi tomonidan imzolangan xatlovdan oʻtkazish dalolatnomasi asosida 5 kun ichida.

2-bosqich

Davlat raqobat qoʻmitasi, uning hududiy organlari

Operator bilan savdolarni tashkil etish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan shartnomani tuzish.

Xizmat koʻrsatish shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda.

Davlat raqobat qoʻmitasi, uning hududiy organlari, savdolar operatori

OAV da va Davlat raqobat qoʻmitasi veb-saytida elektron savdolarni oʻtkazish (auksion yoki tanlov) toʻgʻrisida eʼlonni chop etish, sotish (ijaraga berish) uchun taklif etilgan obyektlar toʻgʻrisida maʼlumotni oshkor etish.

Obyektlarni sotish holatida — elektron savdolar, auksion (tanlov) oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin, obyektlarni ijaraga berish holatida esa — auksion oʻtkazilishidan kamida 15 kun oldin.

Savdolar operatori

Savdolar tashkilotchisi tomonidan elektron savdolarda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish.

Savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlonda koʻrsatilgan muddatlarda.

3-bosqich

Savdolar operatori

Elektron savdolarni oʻtkazish.

Savdolar birinchi auksion (tanlov) oʻtkazilishi sanasidan boshlab 2 oy ichida oʻn besh ish kunida bir marta davriyligi bilan oʻtkaziladi.

Savdolar operatori

Tanlov ishtirokchilarini uning natijalari toʻgʻrisida xabardor qilish.

Ushbu tanlovda (auksionda) ishtirok etish uchun arizalar bergan ishtirokchilarga, elektron pochta va (yoki) SMS-xabar berish orqali tanlov (auksion) natijalari toʻgʻrisida xabarnoma avtomatik tarzda yuboriladi.

Davlat raqobat qoʻmitasi, uning hududiy organlari, davlat mulk obyektini ijaraga beruvchi, balansda saqlovchi

Oldi-sotdi (ijara) shartnomasini rasmiylashtirish.

20 kundan kech boʻlmagan muddatda elektron savdolar bayonnomasi asosida sotuvchi, balansda saqlovchi va (auksion, tanlov) savdolarini gʻolib oʻrtasida davlat mulk obyektining oldi-sotdi (ijara) shartnomasi tuziladi.

4-bosqich

Savdolar operatori, Davlat raqobat qoʻmitasi, uning hududiy organlari

Uzaytirilgan muddat davomida, taklifnomada belgilangan sotib olish qiymati evaziga sotiladigan obyektlar boʻyicha takliflarni qabul qilish yakunlanishi sanasiga kelib, talabgorlardan takliflar boʻlmaganda, har 15 kunda 10 foiz qadami bilan, tanlovga (auksionga) qoʻyilgan boshlangʻich narxidan 50 foizigacha narxni qadam-baqadam kamaytirish mexanizmi qoʻllanadi, lekin quyidagilardan past boʻlmaydi:

davlat ulushini sotishda — baholash sanasidagi nominal qiymati;

davlat koʻchmas mulk obyektini sotishda — baholash sanasidagi qoldiq qiymati.

Har 15 kunda, 10 foiz kamaytirish qadami bilan.

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotiladigan davlat ulushi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkich

Haqiqiy qiymati

1.

Jamiyat nomi

2.

Jamiyat STIR

3.

Jamiyat manzili

4.

Ustav kapitali (mln soʻm)

5.

Jamiyatning ustav fondidagi davlat ulushi (%)

6.

Jamiyatning ustav fondidagi sotiladigan davlat ulushi (%)

7.

Sotiladigan ulushning narxi (ming soʻm)

8.

Yer uchastkasining egallagan umumiy maydoni (ga)

9.

Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni (kv.m)

9.1.

shu jumladan qurilishi tugallanmagan

10.

Asosiy fondlarning balans qiymati (mln soʻm)

11.

Asosiy fondlarning eskirishi (%)

12.

Aylanma aktivlar (mln soʻm)

13.

Debitorlik qarzdorligi (mln soʻm)

14.

Kreditorlik qarzdorligi (mln soʻm)

15.

Sof foyda (zarar) (+/- mln soʻm)

16.

Ishchilarning oʻrtacha yillik soni (kishi)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotiladigan koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkich

Haqiqiy qiymati

1.

Nomi

2.

Joylashuvi

3.

Balansda saqlovchining nomi

4.

Yer uchastkasining egallagan umumiy maydoni (ga)

5.

Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni (kv.m)

6.

Qurilgan yili

7.

Asosiy faoliyat turi

8.

Kommunikatsiyalar bilan taʼminlanganligi

8.1.

Suv

8.2.

Gaz

8.3.

Elektr energiyasi

8.4.

Kanalizatsiya tarmogʻi

9.

Sotiladigan obyektning narxi (ming soʻm)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijaraga beriladigan davlat koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkich

Haqiqiy qiymati

1.

Nomi

2.

Joylashuvi

3.

Balansda saqlovchining nomi

4.

Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni (kv.m)

5.

Ijaraga beriladigan obyektning maydoni (kv.m)

6.

Qurilgan yili

7.

Asosiy faoliyat turi

8.

Kommunikatsiyalar bilan taʼminlanganligi

8.1.

Suv

8.2.

Gaz

8.3.

Elektr energiyasi

8.4.

Kanalizatsiya tarmogʻi

9.

Ijara haqining tayanch stavkasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Elektron savdolarda ishtirok etish uchun
ARIZA

‎1. _______________________________________________________________________________________________
(jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlganda) yoki yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan holda)

STIR ___________________
Manzili:
___________________________________________________________________________________________
Elektron pochta manzili: ___________________________________________________________________________
Telefon (faks) raqami, mavjud boʻlganda: __________________________________________________________________

(davlat va shahar kodi koʻrsatilgan holda)

Mobil telefon raqami: ___________________________________________________________________‎______

(SMS-xabarni olish uchun davlat kodi va operatori koʻrsatilgan holda)

2. Ushbu hujjat bilan, yuridik shaxs ________________________________________________________

(yuridik shaxsning nomi)

tugatish yoki bankrot deb tan olish bosqichida emasligini tasdiqlayman.

‎3. Davlat mulki obyektlarini sotish (ijaraga berish) toʻgʻrisida eʼlonni koʻrib chiqib, Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom bilan va davlat mulki obyektining namunaviy oldi-sotdi (ijara) shartnomasi bilan tanishib chiqib:

‎20___ yil ___ ___ da veb-portalda boʻlib oʻtadigan‎‎.
‎(auksion yoki tanlov oʻtkazilishi sanasi koʻrsatilsin)

Auksionda
Tanlovda ‎‎


‎ishtirok etishni istayman (istaymiz).
Lot raqami _________________________

4. Kiritilgan zakalatlar toʻgʻrisida maʼlumot:

Uning yuzasidan savdolarda ishtirok etish uchun kafolat zakalati kiritilgan obyektning nomi

Toʻlov hujjati raqami

Toʻlov hujjati sanasi

Kafolat zakalatining miqdori (soʻm)

‎‎‎‎ ‎‎

‎‎Kafolat zakalatini qaytarish uchun bank hisobraqamining rekvizitlari:
‎_________________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________

5. Ushbu hujjat bilan quyidagilarga rozilik bildiraman:
‎a) ishtirokchiga qoʻyiladigan talablarga nomuvofiqligi holatida, savdolarda ishtirok etish huquqi berilmaydi;
‎b) savdolarning gʻolibi deb eʼlon qilinganda, savdolarning yakunlari boʻyicha elektron bayonnomani tasdiqlash kunidan boshlab yigirma taqvim kuni ichida oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzish majburiyatini oʻz zimmamga olaman (olamiz);
v) belgilangan muddatda oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzishni rad etish yoki undan voz kechish holatida, kiritilgan kafolat zakalatining miqdori qaytarilmaydi.
Bunda:
zakalat miqdorining 50 foizi operator tasarrufida qoladi;
zakalat miqdorining 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari fondiga yoʻnaltiriladi;
g) auksion (tanlov) gʻolibi oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzishdan voz kechishi yoki rad etishi va davlat mulki obyektini sotib olish (ijara) shartnomasining shartlarini bajarmasligi yoki tegishlicha bajarmasligi hamda gʻolibning aniqlangan til biriktirish holati va auksion (tanlov) jarayonini buzadigan boshqa harakatlarda ishtirok etishi holatida, bunday gʻolib ushbu davlat mulki obyektini �otish (ijaraga berish) boʻyicha keyingi savdolarda ishtirok eta olmaydi;
d) ushbu ariza savdolarning yakunlari toʻgʻrisida elektron bayonnoma bilan birga savdolar obyektining oldi-sotdi (ijara) shartnomasi tuzilishigacha amal qiladigan shartnoma kuchiga ega boʻladi.
6. Arizaga quyidagi maʼlumotlar va hujjatlar (mavjud boʻlganda) ilova qilinadi:
‎_________________________________________________________________________________________________

‎‎Elektron savdolarda ishtirok etish Reglamenti bilan tanishdim
‎‎davlat mulki obyektining namunaviy oldi-sotdi (ijara) shartnomasi bilan tanishdim

‎‎
20___ y. ___ ___

Ariza veb-portal tomonidan 20___ yil ___ ___ soat ____ dan ____ daqiqa oʻtganda qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tanlov taklifining shakli

_________________________________
(obyektning nomi)


T/r

Investitsion majburiyatlar

Haqiqiy qiymati

1.

Faoliyat yoʻnalishining nomi (obyektdan foydalanish nomi)

2.

Kiritilgan investitsiyalar miqdori, jami (mln soʻm), jumladan:

3.

qurilish-montaj ishlari (mln soʻm)

4.

uskunalar, texnika va texnologiyalar, jami (mln soʻm)

5.

aylanma mablagʻlar (xomashyo, materiallar va hokazo) (mln soʻm)

6.

obodonlashtirish va hokazo (mln soʻm)

7.

Innovatsion investitsiyalar (mavjud boʻlganda), jami (mln soʻm), shu jumladan:

7.1.

ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish (mln soʻm)

7.2.

tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yangi marketing uslubini yoki tashkiliy uslubini joriy qilish (mln soʻm)

7.3.

kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash (mln soʻm)

8.

Investitsion majburiyatlarni bajarish muddati (oylar)

Ijtimoiy majburiyatlar

9.

Yaratiladigan ish joylarining soni (kishi)

10.

Foydalanishga kiritishdan keyin ishlab chiqarish va xizmatlarning hajmi (yiliga soʻm)

11.

Ishlab chiqarish va xizmatlarning umumiy hajmida eksport ulushi (%) (mavjud boʻlganda)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tanlov taklifiga quyidagi maʼlumot va hujjatlar ilova qilinadi (mavjud boʻlganda):

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________‎‎

Elektron savdolarda ishtirok etish Reglamenti bilan tanishdim

davlat mulki obyektining namunaviy oldi-sotdi (ijara) shartnomasi bilan tanishdim

20___ yil ___ ___

Tanlov taklifi veb-portal tomonidan 20___ yil ___ ___ soat ____ dan ____ daqiqa oʻtganda qabul qilingan.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat mulki obyektini sotish boʻyicha tanlov shartlari

_________________________________
(obyektning nomi)

T/r

Tanlov shartlari

Majburiyatlar va shartlar

1.

Tavsiya etiladigan (majburiy boʻlmagan) faoliyat turi (obyektdan foydalanish turi)

2.

Ularni amalga oshirish yuzasidan cheklovlar koʻzda tutilgan faoliyat turlari (mavjud boʻlganda)

3.

Ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar

4.

Investitsion majburiyatlarning minimal hajmi (mln soʻm)

5.

Investitsiyalarni kiritish muddati (oylar)

6.

Ijtimoiy majburiyatlarning minimal hajmi

6.1.

shu jumladan yaratiladigan ish joylarining soni

6.2.

Faoliyat yoʻnalishining saqlanishi (muddati) (mavjud boʻlganda)

6.3.

Ishlab chiqarish va xizmatlarning hajmi (soʻm, tonna, dona va hokazo) (mavjud boʻlganda)

6.4.

Ishlab chiqarish va xizmatlarning umumiy hajmida eksport ulushi (%) (mavjud boʻlganda)

6.5.

Muayyan isteʼmolchilarga (ijtimoiy zaif aholi tabaqalariga, strategik ahamiyatli tashkilotlarga, yetkazib berish muddatlari va hajmi) mahsulot va xizmatlarni yetkazib berish (mavjud boʻlganda), shu jumladan:

7.

boshqa majburiyatlar (mavjud boʻlganda)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov takliflarini baholash shakli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Investitsion majburiyatlar

Ballar

Kiritiladigan investitsiyalar miqdori, jami, shu jumladan:

60

1.

qurilish-montaj ishlari

20

1.1.

kiritiladigan investitsiyalarning umumiy miqdoridan 20 foizgacha miqdorda

5

1.2.

kiritiladigan investitsiyalarning umumiy miqdoridan 50 foizgacha miqdorda

10

1.3.

kiritiladigan investitsiyalarning umumiy miqdoridan 50 foizdan ortiq miqdorda

15

1.4.

barcha tanlov ishtirokchilariga nisbatan eng koʻp investitsiyalar hajmi

20

2.

uskunalar, texnika va texnologiyalar

25

2.1.

kiritiladigan investitsiyalarning umumiy miqdoridan 20 foizgacha miqdorda

10

2.2.

kiritiladigan investitsiyalarning umumiy miqdoridan 50 foizgacha miqdorda

15

2.3.

kiritiladigan investitsiyalarning umumiy miqdoridan 50 foizdan ortiq miqdorda

20

2.4.

barcha tanlov ishtirokchilariga nisbatan eng koʻp investitsiyalar hajmi

25

3.

aylanma vositalar (xomashyo, materiallar va hokazo)

10

3.1.

kiritiladigan investitsiyalarning umumiy miqdoridan 20 foizgacha miqdorda

3

3.2.

kiritiladigan investitsiyalarning umumiy miqdoridan 50 foizgacha miqdorda

5

3.3.

kiritiladigan investitsiyalarning umumiy miqdoridan 50 foizdan ortiq miqdorda

7

3.4.

barcha tanlov ishtirokchilariga nisbatan eng koʻp investitsiyalar hajmi

10

4.

obodonlashtirish va hokazo

5

4.1.

kiritiladigan investitsiyalarning umumiy miqdoridan 20 foizgacha miqdorda

2

4.2.

kiritiladigan investitsiyalarning umumiy miqdoridan 50 foizgacha miqdorda

3

4.3.

kiritiladigan investitsiyalarning umumiy miqdoridan 50 foizdan ortiq miqdorda

4

4.4.

barcha tanlov ishtirokchilariga nisbatan eng koʻp investitsiyalar hajmi

5

Investitsion majburiyatlarni bajarish muddati

5

5.1.

tanlov shartlarida belgilangan muddatlarda

2

5.2.

tanlov shartlarida belgilanganidan kamroq muddatlarda

3

5.3.

barcha tanlov ishtirokchilariga nisbatan eng kam muddatlarda

5

Ijtimoiy majburiyatlar

35

6.

Yaratiladigan ish joylarining soni

30

6.1.

tanlov shartlarida belgilangan miqdorda

5

6.2.

tanlov shartlarida belgilanganidan koʻproq miqdorda

10

6.3.

tanlov shartlarida belgilanganidan 50 foiz koʻp miqdorda

20

6.4

barcha tanlov ishtirokchilariga nisbatan eng koʻp miqdorda

30

7.

Ishlab chiqarish va xizmatlarning hajmlari

5

7.1.

barcha tanlov ishtirokchilariga nisbatan, foydalanishga kiritishdan keyin ishlab chiqarish va xizmatlarning eng katta hajmi (yiliga soʻm)

5

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/454/1360-son, 12.10.2018-y., 06/18/5552/2038-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son; 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)