06.06.2018 yildagi 424-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining harbiy xizmatni o‘tashini tashkil etish va zarur amaliy shart-sharoitlar bilan ta’minlash tizimini kompleks isloh qilishga yo‘naltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilariga beriladigan imtiyozlar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini, shu jumladan, ularga imtiyozli iste’mol kreditlari, turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish yo‘li bilan yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq choralar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy xizmatni o‘tash tizimini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligini butlashni sifat jihatidan yaxshilashga, harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini va intellektual kamol topishini jiddiy ravishda oshirishga, yoshlar va umuman aholi o‘rtasida harbiy xizmatning nufuzi o‘sishiga ko‘maklashmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqirig‘i zaxirasida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etilgan, shu jumladan, ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yishni tashkil etish, joylarda har choraklik seminarlar, davra suhbatlari va fuqarolarni ishga joylashtirish uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil etish ularning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish hamda Mudofaa vazirligining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilariga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalari sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berilishini tashkil etishga faol ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) AT “O‘zsanoatqurilishbank” va AT “Xalq banki” bilan birgalikdagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamida olti oy xizmat qilgan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari orasida tadbirkorlik faoliyati uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va kreditlar berish tartibini tushuntirish bo‘yicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlar yakunlari bo‘yicha muddatli harbiy xizmatning eng o‘rnak ko‘rsatgan harbiy xizmatchilariga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirishga tegishli sertifikatlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va “O‘zavtosanoat” AJ bilan birgalikdagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining jangovar qismlari va jangovar ta’minot bo‘linmalarining ofitserlariga hamda serjantlar va oddiy askarlar tarkibining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilariga har bir harbiy qismdan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda eng o‘rnak ko‘rsatgan 10 nafargacha kishiga mamlakatda ishlab chiqarilgan budjet yengil avtotransport vositalarini (keyingi o‘rinlarda avtotransport vositalari deb ataladi) sotib olish uchun quyidagi shartlarda imtiyozli kreditlar berish haqidagi takliflariga rozilik berilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit muddati — uch oylik imtiyozli davr bilan 10 yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki badal — sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining 15 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foiz stavkasi — 2019-yil 31-dekabrga qadar kredit berish sanasida yillik 7 foiz. 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda, foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan.
(1-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zavtosanoat” AJga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining taqdimnomalari bo‘yicha jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda eng o‘rnak ko‘rsatgan ofitserlar hamda serjantlar va oddiy askarlar tarkibining xohlovchi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilariga banklarning kreditlari hisobiga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini sotib olishda ko‘maklashish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiriq zaxirasi mablag‘lari” Maxsus hisob raqamining bo‘sh mablag‘larini keyinchalik Mudofaa vazirligining jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda eng o‘rnak ko‘rsatgan ofitserlari hamda serjantlari va oddiy askarlar tarkibining xohlovchi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilariga avtotransport vositalari sotib olishga imtiyozli kreditlar berish uchun ishtirok etuvchi tijorat banklarining depozitlariga yillik 5 foizdan ortiq bo‘lmagan stavka bo‘yicha joylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini, ofitserlarni va serjantlar va oddiy askarlar tarkibning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarini ularga kreditlarning tegishli turlarini rasmiylashtirish uchun taqdimnomalar berish uchun tanlab olish mezonlarini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AT “O‘zsanoatqurilishbank” va AT “Xalq banki” bilan birgalikda tijorat banklarining hududiy filiallari joylashishidan kelib chiqib potensial qarz beruvchilarni taqsimlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilar orasida kreditlar olish shartlari va tartibi to‘g‘risida keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 6-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
424-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/424/1320-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)