05.06.2018 yildagi PQ-3774-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish va Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki boʻlgan obyektlar va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, raqobatbardosh yangi zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi tashkil etilgan alohida hududlarda joylashtirishni taʼminlash va shu asnoda ishlab chiqarish sohasida yangi ish oʻrinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Navoiy viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini 1-ilovaga muvofiq “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda — EIZ deb ataladi) hududiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari negizida 2-ilovaga muvofiq Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda — KSZ deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda foydalanilmayotgan tegishli ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obyektlarini ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq bir oy muddatda Navoiy viloyati hokimligiga belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik subyektlariga biznes-rejalarni bajarish, ish oʻrinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi taqdim etilgan holda 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZ hududidagi koʻchmas davlat mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllamasdan ijara toʻlovining eng kam stavkasi belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZ ishtirokchilariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratib berish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarori bilan tashkil etilgan Navoiy viloyati Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Navoiy viloyati Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi bir oy muddatda KSZ direksiyasini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, KSZ direksiyasi va ishtirokchilariga 2020-yilning 1-fevraliga qadar ular egallab turgan maydondan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yer soligʻining belgilangan eng kam miqdoridan — uch baravardan kam boʻlmagan yagona soliq toʻlovi boʻyicha qonunchilikda nazarda tutilgan talablar tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi KSZ hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun tijorat banklari orqali 50 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari ikki oy muddatda belgilangan tartibda ochilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kredit liniyasi mablagʻlari import uskunalar va ularga butlovchi qismlar xarid qilish uchun ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlarni soʻndirish uning jadvaliga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kreditni uzish kunidagi kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Navoiy viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda Navoiy viloyati KSZlarini muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan taʼminlash yuzasidan takliflarni ularni moliyalashtirish manbalari koʻrsatilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Navoiy viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati iqtisodiyotining talab-ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-xom ashyo, qishloq xoʻjaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda, Navoiy viloyati KSZlari hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha ikki oy muddatda aniq takliflar — “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati KSZlari hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZlar hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, Navoiy viloyati KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalari sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2018-yil 15-iyul va 2019-yil 15-yanvarga qadar axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev va Navoiy viloyati hokimi K.B. Tursunov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3774-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3774-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududiga kiritilayotgan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Obyektning nomi

Joylashgan manzili

Hududi (ga)*

Bino va nnshootlar maydoni

(kv.m)

1.

Sobiq “UPP” AJga qarashli ishlab chiqarish bazasining bino va inshootlari

Navoiy shahri,
S. Ayniy koʻchasi, 27-uy

34,1

42 199,7

2.

Sobiq “UPP” AJga qarashli qurilish materiallari zavodining bino va inshootlari

Navoiy shahri,
S. Ayniy koʻchasi, 27-uy

23,0

49 323,0

3.

Sobiq “Avtotransstroy-mexanizatsiya” AJning bino va inshootlari

Navoiy shahri,
S. Ayniy koʻchasi, 69-uy

24,3

83 200,0

Jami:

81,4

174 722,7

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3774-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyatida foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari negizida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tashkil etilayotgan KSZning nomi

Obyektning nomi

Hududi (ga)*

Bino va nnshootlar maydoni

(kv.m)

1.

Zarafshon shahar KSZ

Zarafshon 18-dala qidiruv ekspeditsiyasi bino va inshootlari

0,8

1 013,5

2.

Navoiy shahar KSZ

Sobiq non kombinatining bino va inshootlari

1,2

4 352,9

3.

Karmana tumani KSZ

Vino ishlab chiqarish punktining bino va inshootlari

1,2

1 516,4

4.

Xatirchi tumani KSZ

“Mustaqillik” MFY hududidagi foydalanilmayotgan yer maydoni

35,0

-

Jami:

38,2

6 882,8

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 07/18/3774/1309-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)