22.01.1992 yildagi 25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITTIFOQ TASARRUFIDA BOʻLGAN BIRLASHMALAR, KORXONALAR VA TASHKILOTLARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YURISDIKSIYASIGA VA MULKIGA OʻTKAZISHGA DOIR ISHLARNI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini bajarish yuzasidan hamda ittifoq boʻysunishida boʻlgan va respublika hududida joylashgan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga va mulkiga oʻtishi boʻyicha ishlarni amaliy tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ittifoq boʻysunishidagi boʻlgan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga va mulkiga oʻtishi ishlariga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari xalq xoʻjaligining ularga qarashli Komplekslari rahbarlariga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, respublika mulkiga oʻtgan birlashmalar, korxonalar, tashkilotlarning mol-mulklari hajmi 1991-yil 1-oktabrdagi holati boʻyicha ularning balanslariga koʻra aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika yurisdiksiyasiga va mulkiga berilgan korxonalar va birlashmalarning shakllangan xoʻjalik aloqalari, shuningdek, avval tuzilgan mehnat shartnomalari va bitimlar saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komplekslarning, respublika davlat konsernlarining rahbarlari, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddat ichida ittifoq boʻysunishida boʻlgan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarni respublika organlari ixtiyoriga va mulkiga qabul qilish-berishning boʻluvchi vedomostlari, oʻtkazish balanslari va dalolatnomalarini tuzish boʻyicha komissiyalarni tashkil etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga va mulkiga berilgan, biroq respublika konsernlariga kirmagan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarni ularning tarkibiga kiritish uchun tashkiliy tuzilmalarni barpo etish yuzasidan takliflar kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn kun muddat ichida qabul qilish-berishning boʻluvchi vedomostlari, oʻtkazish balanslari va dalolatnomalarini tayyorlashni taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi va mulkiga barcha aktivlari va passivlari, davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisida tasdiqlangan buyurtmalar, limitlar va normativlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar loyiha-smeta hujjatlari bilan oʻtishi hisobga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ittifoq boʻysunishida boʻlgan birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar 1992-yildan boshlab oʻz faoliyati koʻrsatkichlarining nazarda tutilgan statistika hisobotlari boʻyicha oʻzlari joylashgan joyidagi davlat statistika organlariga hisobot bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ittifoq boʻysunishida boʻlgan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga mavjud mol-mulkning saqlanishi, ularning tegishli kompleks rahbarlarining ruxsatisiz berilishi va respublika tashqarisiga olib chiqilish uchun, shuningdek, tashqi savdo va barter operatsiyalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga amal qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻrta Osiyo temir yoʻllar boshqarmasi, avtomobil transporti vazirligi, Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, transport vositalariga ega boʻlgan idoralar, konsernlar va tashkilotlar Vazirlar Mahkamasining ruxsatisiz ittifoq boʻysunishida boʻlgan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning asosiy fondlari obyektlarini respublika tashqarisiga joʻnatmasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari — xalq xoʻjaligining ular rahbarlik qiladigan Komplekslari rahbarlariga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 22-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-son