19.10.2017 yildagi 1208-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qarori, 19.10.2017 yildagi 1208-III-son
Kuchga kirish sanasi
19.10.2017
Hujjat 19.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 28-iyuldagi 102-I-sonli Qarori bilan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 29-yanvardagi 368-III-sonli Qarori tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 1, 15-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 135-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar ovoz berish yakunlariga koʻra bunday taklif ovozlarning zarur sonini toʻplamagan boʻlsa, shuningdek moddama-modda ovoz berish jarayonida bir yoki bir nechta modda rad etilgan boʻlsa, qonun loyihasi maromiga yetkazish uchun masʼul qoʻmitaga qaytariladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi 1351 va 1352-moddalar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1351-modda. Agar qonun loyihasini Qonunchilik palatasining ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishiga tayyorlash maqsadga muvofiq boʻlmasa yoki qonun loyihasi oʻz dolzarbligini yoʻqotgan boʻlsa, masʼul qoʻmita birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifni Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritishi mumkin. Bunda Qonunchilik palatasining Kengashiga Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishiga taqdim etish uchun quyidagilar yuboriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasining matni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul qoʻmitaning birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish zarurligi asoslantirilgan xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1352-modda. Qonunchilik palatasi majlisida masʼul qoʻmitaning birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqish chogʻida muhokama masʼul qoʻmita vakilining maʼruzasi bilan boshlanadi. Bunda masʼul qoʻmitaning maʼruzachisi qonun loyihasini masʼul qoʻmitada koʻrib chiqish yakunlari, kelib tushgan fikrlar va takliflar, ularni koʻrib chiqish natijalari hamda birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifni kiritish sabablari haqidagi axborotni majburiy tartibda deputatlar eʼtiboriga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul qoʻmitaning birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifini muhokama qilish natijalariga koʻra qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklif ovozga qoʻyiladi. Agar ovoz berish yakunlariga koʻra qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklif Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini toʻplagan boʻlsa, qonun loyihasi rad etilgan hisoblanadi. Toʻxtam Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Rad etilgan qonun loyihasi bundan buyon koʻrib chiqilmaydi va qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ovoz berish yakunlariga koʻra masʼul qoʻmitaning birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifi ovozlarning zarur sonini toʻplamagan boʻlsa, Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi quyidagi takliflardan birini ovozga qoʻyadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihasini maromiga yetkazish va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritish muddatini belgilagan holda masʼul qoʻmitaga qaytarish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Reglamentning 135-moddasida nazarda tutilgan tartibda moddama-modda ovoz berish oʻtkazgan holda, qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihasini maromiga yetkazish uchun masʼul qoʻmitaga qaytarish toʻgʻrisidagi toʻxtam uni maromiga yetkazish va Qonunchilik palatasiga ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun kiritish muddati belgilangan holda, Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 13-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13-bob. Bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 140-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“140-modda. Boshqa qonunlarga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi, shuningdek qonunlarni yoki ularning qismlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi nazarda tutilgan qonunlar loyihalari bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash bir nechta qonun loyihasini birlashtirish va jamlanma qonun loyihasini shakllantirish uchun masʼul boʻlgan qoʻmitani (bundan buyon matnda jamlanma qonun loyihasi boʻyicha qoʻmita deb yuritiladi) belgilaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 141 va 142-moddalar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 144, 145 va 146-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“144-modda. Jamlanma qonun loyihasi unga kiritiladigan qonun loyihalari Qonunchilik palatasida ikkinchi oʻqishda qabul qilinishiga qarab shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamlanma qonun loyihasini shakllantirish tugallanganidan keyin u Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun yangi nom bilan kiritiladi. Qonun loyihasiga roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
145-modda. Jamlanma qonun loyihasi boʻyicha qoʻmita keyinchalik Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishiga taqdim etish uchun Kengashga quyidagilarni yuboradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini (unda birlashtirilgan barcha qonun loyihalari va qonun loyihasining yangi nomi koʻrsatilgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunni uchinchi oʻqishda qabul qilish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi qarori loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamlanma qonun loyihasining matnini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash koʻrib chiqish uchun tayyorlangan jamlanma qonun loyihasini Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini tayyorlash ishlari rejasiga kiritish va qonun loyihasini deputatlarga yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
146-modda. Qonunchilik palatasida bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish chogʻida jamlanma qonun loyihasi boʻyicha qoʻmitaning vakili maʼruza bilan soʻzga chiqadi. Maʼruzachi qoʻmitada qonun loyihalarini birlashtirish yakunlari, tushgan takliflar va ularni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi maʼruzachining maʼruzasi yakunlari boʻyicha bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga yangi nom bilan birlashtirish toʻgʻrisidagi taklifni ovozga qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlar birlashmalaridan jamlanma qonun loyihasidan ikkinchi oʻqishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini chiqarib tashlash toʻgʻrisida takliflar tushgan taqdirda, Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi quyidagi takliflardan birini ovozga qoʻyadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi oʻqishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini ikkinchi oʻqish tartib-taomiliga qaytarish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi oʻqishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini chiqarib tashlash va ularni ushbu Reglamentning 138-moddasida nazarda tutilgan tartibda mustaqil qonun loyihalari sifatida uchinchi oʻqishda koʻrib chiqish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ikkinchi oʻqishda qabul qilingan jamlanma qonun loyihasidan bir yoki bir nechta qonun loyihasini chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi taklif Qonunchilik palatasi deputatlarining koʻpchilik ovozini toʻplamagan boʻlsa, ikkinchi oʻqishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini qaytarish toʻgʻrisidagi taklif rad etilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinganidan keyin Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi jamlanma qonun loyihasini uchinchi oʻqishda muhokama etmasdan toʻlaligicha qabul qilish toʻgʻrisidagi taklifni ovozga qoʻyadi. Jamlanma qonun loyihasi uchinchi oʻqishda koʻrib chiqilayotganda unga tuzatishlar kiritilishiga hamda qonun loyihasini toʻlaligicha yoki uning ayrim boʻlimlari, boblari, moddalarini muhokama qilish uchun qaytishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 19-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1208-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-y., 10-son, 631-modda)