22.05.2018 yildagi 383-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlarni boshqarishni tartibga solish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirish jarayonlarini yagona tizimga oʻtkazish va undan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi (keyingi oʻrinlarda Moliya vazirligi Gʻaznachiligi deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish boʻyicha yagona organ etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari joylashtirilgan vaqtincha boʻsh mablagʻlar depozit muddati tugaguniga qadar tijorat banklarining depozit xisobvaraqlarida saqlanadi va depozit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalar, shuningdek budjet tashkilotlari vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga oʻzlari mustaqil yoki oʻz xohishlari bilan Gʻaznachilik boʻlinmalariga buyurtmanomalar taqdim etish yoʻli bilan joylashtirishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish jarayonida inson omilini istisno etishni nazarda tutuvchi, vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirish boʻyicha takliflarni elektron saralash uchun moʻljallangan va Markaziy bank hamda barcha tijorat banklarining ulanishini taʼminlovchi dasturiy mahsul ishlab chiqilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorning 4-bandida nazarda tutilgan dasturiy mahsulni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 22-maydagi 135-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 40-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 22-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
383-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 383-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni depozitlarga joylashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-Bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan (keyingi oʻrinlarda Moliya vazirligining Gʻaznachiligi deb ataladi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni (keyingi oʻrinlarda vaqtincha boʻsh mablagʻlar deb ataladi) tijorat banklari depozitlariga joylashtirish tartibini va ularni joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirish va ularni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlariga muvofiq ajratiladigan budjet ssudalari va texnik koʻmaklashish mablagʻlariga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pul-kredit va soliq-budjet siyosati sohasidagi harakatlar muvofiqlashtirilishini taʼminlash maqsadida Moliya vazirligi Gʻaznachiligi kelgusi chorak uchun oylar boʻyicha tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilishi rejalashtirilayotgan vaqtincha boʻsh mablagʻlar hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (keyingi oʻrinlarda Markaziy bank deb ataladi) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotdan kelib chiqib Markaziy bank joylashtiriladigan boʻsh pul mablagʻlarining maksimal hajmi va minimal foiz stavkasini aniqlaydi hamda bu haqda Moliya vazirligi Gʻaznachiligini xabardor qiladi. Zarurat boʻlganda ushbu koʻrsatkichlar oylik va choraklik asosda aniqlashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiyotda inflyatsiya xatarlari vujudga kelgan taqdirda Markaziy bank bu haqda Moliya vazirligi Gʻaznachiligini xabardor qiladi. Markaziy bankning xabarnomasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirilishini toʻxtatib turish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tijorat banklarining depozitlariga vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirishda tijorat banklariga qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yillik tashqi audit ijobiy xulosasining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat bankida Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan ilgari joylashtirilgan depozitlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikning yoʻqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moliya vazirligi Gʻaznachiligi zaruriyat boʻlganda tijorat banklaridan ularning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi axborotni soʻrashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan talablarga javob beruvchi, vaqtincha boʻsh mablagʻlar depozitlariga joylashtirilishi mumkin boʻlgan tijorat banklarini aniqlash boʻyicha tanlov Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda axborot tizimi deb ataladi) eʼlon joylashtirish yoʻli oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalar, shuningdek, budjet tashkilotlari vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga oʻzlari mustaqil yoki oʻz xohishlari bilan Gʻaznachilik boʻlinmalariga buyurtmanomalar taqdim etish yoʻli bilan joylashtirishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Buyurtmanomada depozitga joylashtirish uchun vaqtincha boʻsh mablagʻlar hajmi va joylashtirish muddati majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari tijorat banklari depozitlariga bir moliya yili doirasida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalar, shuningdek, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari tijorat banklari depozitlariga 12 oygacha muddatga joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tanlov boshlanishidan kechi bilan bir kun avval tanlov ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar, mablagʻ hajmi, minimal foiz stavkasi, depozit muddati, tanlovning tugash sanasi, vaqti va tanlov boʻyicha boshqa talablarni koʻrsatgan holda eʼlon joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tanlov axborot tizimi tomonidan har bir eʼlon boʻyicha oʻtkaziladi hamda depozit summasi va tanlov shartlarida koʻrsatilgan muddat boʻyicha eng yuqori daromad foizini taklif etgan tijorat banki tanlov gʻolibi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tanlov ishtirokchilari tomonidan bir xil foiz stavkalari va shartlar taklif etilgan hollarda birinchi boʻlib tegishli taklif bergan tijorat banki ishtirokchilar orasida gʻolib boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlariga asosan vaqtincha boʻsh mablagʻlar tanlov oʻtkazilmasdan joylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Nizomning 5-bandi talablariga javob bermaydigan hamda moliyaviy holati Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan qoniqarsiz deb topilgan tijorat banklari tanlovlarda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 Vaqtincha boʻsh mablagʻlar tijorat banklarining depozitlariga belgilangan tartibda Moliya vazirligi Gʻaznachiligi hamda tegishli tijorat banki oʻrtasida tuziladigan depozit shartnomasi (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) asosida joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Shartnoma axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi, Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va tanlov gʻolibi tomonidan imzolanadi va Moliya vazirligi Gʻaznachiligida roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shartnoma vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda elektron shartnoma shaklida tuzilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shartnoma tuzishda elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish axborot tizimi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirishdan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga olingan daromadlardan foydalanish faqat Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining qarori boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalar, shuningdek, budjet tashkilotlarining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar, ikki ish kuni mobaynida toʻliq ularning tegishli gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tijorat banklari depozitlariga joylashtirilgan mablagʻlarni qaytarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablagʻlarni qaytarish va ular boʻyicha foizlarni toʻlash shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablagʻlar muddatidan avval qaytarilishini talab qilishi mumkin. Muddatidan avval qaytarish shartlari shartnomada belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tijorat banklari depozitlariga joylashtirilgan vaqtincha boʻsh mablagʻlar, shu jumladan, foizlar oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda Moliya vazirligi Gʻaznachiligi shartnomaga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomada belgilangan tartibda qarzdorlikni undiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir kechiktirilgan kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarz summasining 0,033 foizi miqdorida penya hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Penya hisobiga kelib tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni depozitlarga joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish va ularni joylashtirishdan tushgan daromadlardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/383/1265-son; 26.06.2020-y., 09/20/408/0954-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)