Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2026 21.05.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3015
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 21.05.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3015
Kuchga kirish sanasi
22.05.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2026
Hujjat 22.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 21-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3015]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 22-yanvardagi 323-sonli ““Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-3, 30.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor Sh. SADIKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 15-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 15-maydagi 186-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq maxsus axborot portali operatoriga (bundan buyon matnda Operator deb yuritiladi) nisbatan umumiy talablarni va maxsus axborot portalida (bundan buyon matnda portal deb yuritiladi) davlat xaridlarini tashkil etish boʻyicha uning faoliyati tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Operator sifatida ushbu Nizom talablariga javob beradigan yuridik shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) belgilanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avans toʻlovi — Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan, davlat buyurtmachisi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan kiritiladigan, operatorning vositachilik yigʻimlarini va tomonlarning zakalatini oʻz ichiga olgan moliyaviy mablagʻlar summasi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron davlat xaridlariga kiritish — ushbu Nizomga muvofiq Operator tomonidan buyurtmachi va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisini elektron xarid qilish tartib-taomillaridan foydalanishga kiritish tartib-taomili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy kabinet — elektron davlat xaridlarida ishtirok etish, hamda zarur axborotni joylashtirish va undan foydalana olishi taʼminlaydigan, buyurtmachi yoki xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisining portaldagi individual sahifasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitob-kliring palatasi (bundan buyon matnda HKKP deb yuritiladi) –buyurtmachi yoki xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisi tomonidan kiritiladigan pul mablagʻlarini hisobga olish va ular oʻrtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlaydigan Operatorning tarkibiy boʻlinmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi (bundan buyon matnda ishtirokchi deb yuritiladi) — xarid qilish tartib-taomilida davlat xaridlarini ijro etish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti va norezidenti. Xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha gʻolib deb topilgan va u bilan shartnoma tuzilgan ishtirokchi davlat xaridlari ijrochisi hisoblanadi (bundan buyon matnda ijrochi deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Operator
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 1. Operatorga talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Operatorlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirishni va undan foydalanishni, majburiyatlarni HKKP orqali bajarish kafolatlarini, davlat xaridlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni qayta ishlashni taʼminlaydigan elektron axborot tizimining mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tijorat va axborot texnologiyalari sohasida malakali xodimlar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portalni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalarida joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga nisbatan bankrotlik tartib-taomillari qoʻllanilmaganligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliya vazirligi Operator funksiyasini bajarishni istagan yuridik shaxsdan (bundan buyon matnda Arizachi deb yuritiladi) davlat xaridlari sohasida malakali xodimlar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni soʻrashga haqli.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 2. Operatorni aniqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Arizachi oʻzining ushbu Nizom talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarini hamda qonunchilik talablariga muvofiq ishlab chiqilgan Odob-axloq qoidalari loyihasini ilova qilgan holda Moliya vazirligiga ariza yuboradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moliya vazirligi ariza olingandan boshlab bir oy muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomda oʻrnatilgan talablarga muvofiqligini oʻrganadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻrganish natijalari boʻyicha Moliya vazirligi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani qanoatlantirish va Operator funksiyalarini Arizachiga yuklash haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani qanoatlantirishni rad etish haqida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Arizachiga Operator funksiyalari yuklatilganda, u bilan kelishuv tuziladi, unda buyurtmachi va ishtirokchilardan Operator foydasiga olinadigan vositachilik yigʻimi miqdori nazarda tutiladi. Vositachilik yigʻimi miqdori barcha Operatorlar uchun yagona hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Operator kelishuvni bekor qilish haqida Moliya vazirligiga kamida besh oy oldin xabarnoma yuborgan holda oʻz tashabbusi bilan Operatorlik funksiyalarini bajarishdan voz kechishga haqli.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Moliya vazirligi qarori bilan, Operator quyidagi hollarda oʻz funksiyalarini bajarishidan chetlashtirilishi mumkin:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u tomonidan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari jiddiy buzilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga nisbatan bankrotlik tartib-taomillari qoʻllanilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Operator oʻz vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan taqdirda Moliya vazirligi va Operator oʻrtasida tuzilgan kelishuv ushbu kelishuvda oʻrnatilgan tartibda bekor qilinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 3. Operatorning funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Operator quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portalning uzluksiz ishlashini, unga joylashtirilgan axborotning but saqlanishini va bir butunligini, mazkur portalning tegishli davlat boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari va axborot tizimlari bilan belgilangan tartibda uygʻun ishlashini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq axborotning elektron shaklda saqlanishini, shu jumladan elektron hujjatlar va elektron xabarlar saqlanishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portalda davlat boshqaruvi organlari oʻrtasida axborot almashinuvini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portalni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalariga joylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portalni texnik qoʻllab-quvvatlash ishlarini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzinjiniring” respublika loyihalashtirish instituti va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyani tuzadi va uning faoliyatini tashkil etadi, uning ishchi organi funksiyalarini bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Operatorning majburiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlarida ishtirok etish uchun buyurtmachilarga va ishtirokchilarga portaldan bepul erkin foydalanishlarini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq portalda mavjud boʻlgan axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning bepul erkin foydalanishni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari sohasidagi hisobotni texnik qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
integratsiya masalalari hamda davlat axborot tizimlari va davlat elektron axborot resurslari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha maxsus vakolatli organ bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlariga taalluqli axborotning butligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portalda Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan shartnomalar reyestrini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari natijalari haqida portal orqali Moliya vazirligini xabardor etish;
(13-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligiga davlat xaridlari bilan bogʻliq axborotni taqdim etish;
(13-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona yetkazib beruvchilar reyestrini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari natijalari boʻyicha tovarlar, ishlar, xizmatlar narxlari maʼlumotlar bazasini tashkil etish va yangilab borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portalni uzluksiz ishlashini taʼminlash;
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odob-axloq qoidalariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Operator quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portalga joylashtiriladigan fayllarga nisbatan texnologik talablar, shuningdek, axborot xavfsizligi boʻyicha talablar oʻrnatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi tomonidan xaridlarni amalga oshirish toʻgʻrisida eʼlon va xaridlar reja-jadvallar joylashtirilmagan hollarda, xaridlarni amalga oshirish natijalari haqidagi axborotni chop etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Operator:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchi, ijrochi sifatida davlat xaridlarida ishtirok etishga, ularning affillangan shaxsi boʻlishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlarini amalga oshirish va narx belgilash jarayoniga aralashishga, kontragentlarni tanlashda va shartnomalar tuzishda davlat xaridlari subyektlarining erkinligini cheklashga, shuningdek davlat xaridlari subyektlarining huquqlarini boshqacha tarzda cheklashga, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazib beriladigan, olinadigan va saqlanadigan elektron hujjatlar hamda elektron xabarlarning ishonchliligini, shuningdek agar qonun hujjatlarida yoki kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilishga yoki tekshirishga;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari subyektlari tomonidan joylashtiriladigan elektron hujjatlar va elektron xabarlarning mazmunini oʻzgartirishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Elektron davlat xaridlariga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Buyurtmachilar va ishtirokchilarni elektron davlat xaridlariga kiritish (bundan buyon matnda xaridga kiritish deb yuritiladi) tartib-taomili ularda elektron raqamli imzo (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) mavjud boʻlgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Budjet buyurtmachilarni xaridga kiritish avtomatik rejimda Moliya vazirligi va Operatorning maʼlumotlar bazasini elektron hamkorlik orqali Operator tomonidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Korporativ buyurtmachilarni xaridga kiritish ular tomonidan portaldagi elektron shakldagi soʻrovnoma-arizani (bundan buyon matnda soʻrovnoma deb yuritiladi) toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ishtirokchilarni xaridga kiritish ular tomonidan portaldagi soʻrovnomani toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ishtirokchilarni xaridga kiritish, ularning quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlganda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlikning mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Soliq organlari tomonidan berilgan ERI mavjudligi ishtirokchini shartnoma tuzishga huquqini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ishtirokchi soʻrovnomada unga nisbatan qoʻllanilgan bankrotlik tartib-taomillari mavjud emasligi hamda soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi haqida maʼlumotlarni tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ishtirokchi tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng, portal tomonidan Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri maʼlumotlarini unda ishtirokchi haqida yozuv mavjud emaslik holati tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Operator ishtirokchilarga nisbatan ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilmagan qoʻshimcha mezonlarni oʻrnatishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Buyurtmachilar va ishtirokchilarni xaridga kiritish bepul amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Buyurtmachilar va ishtirokchilarni xaridga kiritish portalga zarur maʼlumotlar kiritilgandan soʻng bir ish kuni davomida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Operator:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachilar va ishtirokchilarga HKKPda alohida shaxsiy hisob raqamlar ochadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachilar va ishtirokchilarga shaxsiy kabinetlar tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ishtirokchini elektron xaridlardan chetlatish qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Shartnomaviy majburiyatlar ijrosini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Buyurtmachi va ishtirokchi elektron davlat xaridlarida oʻzlarining ishtiroklarini faqatgina ERI orqali amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi va ishtirokchi oʻrtasida ERIdan foydalangan holda portalda tuzilgan shartnoma tegishli shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Operator hisob-kitoblarni tashkil etish, hisobini yuritish, hamda korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilarning shartnomaviy majburiyatlarini bajarilishini taʼminlash maqsadida Operatorga xizmat koʻrsatuvchi bankda HKKP uchun alohida ikkilamchi hisob ochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator shartnomaviy majburiyatlarni bajarilishini taʼminlash va alohida hisobini yuritish boʻyicha korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar uchun HKKPda hisob raqam ochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Korporativ buyurtmachi va ishtirokchi elektron davlat xaridlarida ishtirok etish uchun oʻzlarining HKKPdagi hisob raqamlariga zakalat toʻlovlarini oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Moliya vazirligi budjet buyurtmachilarining hisob-kitoblarini tashkil etish, shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarilishi hisobini yuritish va taʼminlash maqsadida Operator uchun Moliya vazirligining axborot tizimida maxsus shaxsiy hisobvaraqlar ochadi va unga ushbu hisobraqamlardagi pul mablagʻlarini boshqarish uchun ruxsat beradi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator budjet buyurtmachilariga hisobini alohida-alohida yuritish va shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarilishini taʼminlash uchun HKKPda hisob raqamlar ochadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
351. Budjet buyurtmachilar elektron davlat xaridlarida ishtirok etish uchun oʻzlarining HKKPdagi hisob raqamlariga operatorning vositachilik yigʻimini oʻtkazadilar.
(351-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Budjet buyurtmachisi tomonidan shaxsiy kabinet orqali elektron auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon (bundan buyon matnda eʼlon deb ataladi) joylashtirilgandan yoki elektron doʻkonda ishtirokchining ofertasi tanlangandan (bundan buyon matnda oferta deb ataladi) soʻng, portal xarajat moddasini koʻrsatgan holda, eʼlon yoki ofertaning summasini shakllantiradi va uni Operator va Moliya vazirligi oʻrtasida elektron axborot almashinuvi orqali Moliya vazirligiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot olingandan soʻng, Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi (bundan buyon matnda DMBAT deb ataladi) elektron davlat xaridlari yakunlariga koʻra tuzilgan shartnomaviy majburiyatlarni bajarish uchun, moliyalashtirish manbalarini inobatga olgan holda, kerakli summaga band qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portal, maʼlumotlar bazalari elektron hamkorligi orqali eʼlon yoki oferta boʻyicha band qoʻyilgan summa toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi maʼlumotni qabul qilgandan soʻng, budjet buyurtmachisi tomonidan joylashtirilgan eʼlon yoki tanlangan oferta boʻyicha narxlar soʻrovi mexanizmini aktivlashtiradi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar, ularning HKKPdagi hisob-raqamlarida avans toʻlovining yetarli miqdori mavjud boʻlgan taqdirda elektron davlat xaridlarida ishtirok etadilar.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
371. Budjet buyurtmachilari eʼlon yoki oferta boʻyicha DMBAT tomonidan band qoʻyilgan summasining, shuningdek ularning HKKPdagi hisobraqamlarida operatorning vositachilik yigʻimi summasining yetarli miqdori mavjud boʻlgan taqdirda, elektron davlat xaridlarida ishtirok etadilar.
(371-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Auksion ishtirokchilarining kiritilgan avans toʻlovlari boshqa ishtirokchilar tomonidan beriladigan past narx taklifi kelib tushgunga qadar band qilib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron doʻkon ishtirokchilarining kiritgan avans toʻlovlari gʻolib aniqlangunga qadar band qilib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlari korporativ buyurtmachilari va ishtirokchilari kiritgan zakalatlari (bundan buyon matnda ijrochi deb ataladi) shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgan yoki belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar band qilib qoʻyiladi.
(38-bandning uchinichi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Elektron davlat xaridlarining yakuniga koʻra, portal tomonidan avtomatik ravishda namunaviy shakl asosida shartnoma shakllantiriladi va shartnoma tomonlarining shaxsiy kabinetlariga yuboriladi, shuningdek tuzilgan shartnomalar elektron reyestriga kiritish orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Operator tuzilgan shartnomalar boʻyicha axborotni Moliya vazirligi va Operatorning maʼlumotlar bazalari elektron hamkorligi orqali Moliya vazirligiga yuboradi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi (bundan buyon matnda gʻaznachilik deb ataladi) shartnomalar tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborotni qabul qilgandan soʻng bir ish kuni mobaynida avtomatik tartibda DMBATda roʻyxatdan oʻtkazadi yoki hisobga oladi va shartnoma summasini HKKPga oʻtkazib beradi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda oldindan toʻlov shartlari shartnomada nazarda tutiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Korporativ buyurtmachilar shartnoma portalda roʻyxatga olingan paytdan boshlab, shartnoma boʻyicha toʻlovlarni toʻliq hajmda amalga oshirish uchun besh ish kuni mobaynida oʻzlarining HKKPdagi hisob raqamlariga pul mablagʻlarini oʻtkazadilar. Bunda zakalat, shartnoma boʻyicha toʻlash summasiga qoʻshib hisoblanadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Agarda, korporativ buyurtmachi shartnomada belgilangan muddatda toʻlovni amalga oshirmagan taqdirda, uning zakalati uch ish kunida, mazkur muddat tugaganidan soʻng, keyinchalik unga xizmat koʻrsatuvchi bank hisobiga oʻtkazish uchun, ijrochining HKKPdagi tegishli hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. HKKP buyurtmachidan shartnoma boʻyicha kelib tushgan toʻlov summasini band qilib qoʻyadi va pul mablagʻlari kelib tushgan kunning ertasidan bir ish kunidan kechikmagan muddatda elektron shaklda toʻlovni amalga oshirish boʻyicha ijrochiga xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur xabarnoma ijrochiga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Ijrochi tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) HKKP tomonidan toʻlov amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi xabarnomasiz yetkazib berilgan taqdirda, buyurtmachi tomonidan tovarlar uchun toʻlovni amalga oshirmaslik xavfi ijrochining zimmasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Korporativ buyurtmachi tovarni (ishni, xizmatni) qabul qilgandan keyin uch ish kuni mobaynida Operatorga oʻzining shaxsiy kabineti orqali tovarni (ishni, xizmatni) toʻliq hajmda qabul qilganlik toʻgʻrisidagi axborotni yuborishga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Budjet buyurtmachisi tovarni (ishni, xizmatni) qabul qilgandan soʻng uch ish kuni mobaynida shartnoma asosida tovarni (ishni, xizmatni) toʻliq hajmda qabul qilganlik toʻgʻrisidagi axborotni, budjet tashkilotlarining hisobi va hisobotlari avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy kompleksi (bundan buyon matnda OʻzBTAD deb yuritiladi) orqali DMBATga kiritishga va yuborishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. DMBAT, budjet buyurtmachisi tomonidan shartnoma asosida tovarni (ishni, xizmatni) yetkazib berganlik toʻgʻrisidagi axborotni olgandan keyin bir ish kuni mobaynida maʼlumotlar bazalarining elektron almashinuvi orqali Operatorga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Operator, tovarlar (ishlar, xizmatlar) shartnoma boʻyicha toʻliq hajmda yetkazilganligi haqida maʼlumotni olgandan soʻng, bir ish kuni davomida:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron toʻlov topshiriqnomasini shakllantiradi va DMBATga yuboradi, u esa toʻlov topshiriqnomasini olgandan soʻng bir ish kuni davomida budjet buyurtmachilarining pul mablagʻlarini ijrochiga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron toʻlov topshiriqnomasini shakllantiradi va Operatorga xizmat koʻrsatuvchi bankka yuboradi, u esa toʻlov topshiriqnomasini olgandan soʻng, bir ish kuni mobaynida korporativ buyurtmachilarning pul mablagʻlarini ijrochiga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijrochining zakalatiga qoʻyilgan bandni bekor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zakalatni banddan yechadi va korporativ buyurtmachining tegishli shaxsiy hisob raqamiga qaytaradi;
(50-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomaviy majburiyatlarning bajarilganligi haqidagi maʼlumotni portalga joylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Shartnoma boʻyicha yetkazib berish muddati tugagandan soʻng, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berganligi haqidagi maʼlumot mavjud boʻlmasa, portal bir ish kuni mobaynida avtomatik rejimda buyurtmachi va Moliya vazirligini xabardor qiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Buyurtmachi tomonidan shartnoma boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi maʼlumot taqdim qilinmaganda, HKKP shartnoma boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish muddati tugagach uch ish kunidan soʻng:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet buyurtmachilarning shartnoma boʻyicha pul mablagʻlariga sud yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning tegishli qarori qabul qilinguniga yoki u bekor qilingunga qadar band qoʻyadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ buyurtmachi tomonidan shartnoma boʻyicha kiritilgan mablagʻlardan, zakalatdan tashqari, bandni bekor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ buyurtmachi va ijrochining zakalatiga sud yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning tegishli qarori qabul qilinguniga yoki u bekor qilingunga qadar band qoʻyadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilmagan shartnomalar boʻyicha maʼlumotlarni Moliya vazirligiga yuboradi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. HKKP sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya qarori asosida zakalatni banddan yechishni va/yoki tegishli hisob raqamga oʻtkazishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, HKKP ijrochining zakalati jarima sifatida budjet buyurtmachisiga oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya qarori asosida zakalatni budjet buyurtmachisining budjetdan tashqari tegishli hisob raqamiga oʻtkazishni amalga oshiradi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Portal, elektron davlat xaridlarining yakunlariga koʻra, bitimning haqiqiy summasidan operatorning vositachilik yigʻimini buyurtmachi va ishtirokchining avans toʻlovlaridan ushlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Ishtirokchilarning va korporativ buyurtmachilarning bandi bekor qilingan pul mablagʻlari, ularning topshiriqlariga asosan boshqa elektron davlat xaridlarida avans toʻlovlari sifatida foydalanilishi mumkin yoki xizmat koʻrsatadigan banklardagi ularning hisob raqamlariga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Operator mazkur Nizomni buzganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Buyurtmachilar va ishtirokchilar Operatorga taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va oʻz vaqtida taqdim etish uchun javobgar boʻladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Operator davlat xaridlari subyektlarining ushbu operatorga beriladigan elektron hujjatlari va elektron xabarlarining, shu jumladan boʻlajak davlat xaridlari toʻgʻrisida maxsus axborot portalida joylashtiriladigan axborotning mazmuni bilan bogʻliq huquqiy oqibatlar uchun javobgar boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 14-may
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2018-y., 10/18/3015/1248-son; 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son; 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)