18.05.2018 yildagi 371-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Buyuk ipak yoʻli” xalqaro folklor musiqa festivalini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sanʼatning noyob namunalarini keng targʻib qilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida sanʼatga boʻlgan mehr-muhabbat tuygʻularini kamol toptirish, davlatlararo, xalqlararo doʻstlik, birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-maʼnaviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Fargʻona viloyati hokimligining “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro folklor musiqa festivalini (keyingi oʻrinlarda Festival deb ataladi) 2019-yildan boshlab har ikki yilda bir marta hamda uning yakuniy bosqichini Fargʻona viloyatining Margʻilon shahrida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buyuk ipak yoʻli” xalqaro folklor musiqa festivalini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi (keyingi oʻrinlarda Tashkiliy qoʻmita deb ataladi) 1-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buyuk ipak yoʻli” xalqaro folklor musiqa festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashkiliy qoʻmitaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va homiylik xayriyalarini jalb etish boʻyicha choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival sovrindorlariga topshiriladigan diplom, sertifikat, haykalcha namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish vazifalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼul etib Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Fargʻona viloyati hokimligi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fargʻona viloyati hokimligi Margʻilon shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirilishini, Festival oʻtkaziladigan sahna maydonlari va joylar talab darajasida tayyorlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Festivalga tashrif buyuruvchi ishtirokchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining viza talabnomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalarini Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda konsullik muassasalarida, zarur hollarda I. Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalga bagʻishlangan esdalik buyumlari loyihalari ishlab chiqilishini va Festival doirasida turli koʻrgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival tadbirlari dasturini ishlab chiqish va uning Festivaldan uch oy avval turistik tashkilotlarga taqdim etilishi, Internet jahon axborot tarmogʻida, jumladan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Tashkiliy qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining xarajatlar smetasida madaniy tadbirlarni oʻtkazish uchun har yil nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;

50 foizi — Fargʻona viloyati mahalliy budjeti, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalga xorijdan tashrif buyuradigan hayʼat aʼzolari va ishtirok etuvchi delegatsiyalarning yashash, ovqatlanish va ichki transport xarajatlari Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq tasdiqlangan sarf-xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev, Fargʻona viloyati hokimi Sh.M. Gʻaniyev zimmalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
371-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 371-son qaroriga
1-ILOVA

“Buyuk ipak yoʻli” xalqaro folklor musiqa festivalini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

B. Sayfullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Tashkiliy qoʻmita hamraisi

Sh. Gʻaniyev

Fargʻona viloyati hokimi, Tashkiliy qoʻmita hamraisi

A. Abduhakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

A. Abduvaxidov

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

A. Nuriddinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

A. Xodjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b.

A. Qodirov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi raisi

S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

U. Abdullayev

“Hunarmand” uyushmasi raisi

A. Karimov

Xalqaro “Oltin meros” jamgʻarmasi raisi

A. Haydarov

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy metodik markazi direktori, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarini bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 371-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buyuk ipak yoʻli” xalqaro folklor musiqa festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro folklor musiqa festivalini (keyingi oʻrinlarda Festival deb ataladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
folklor musiqa sanʼatini keng targʻib etish, musiqiy merosni zamonga mos eʼzozlab saqlash, oʻrganish, oʻzlashtirish, rivojlantirish va folklor sanʼatining mohir ijrochilarini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar va kelajak avlod qalbida folklor musiqa sanʼatiga boʻlgan mehrni oshirish, musiqiy merosning boy, badiiy va estetik imkoniyatlarini tarannum etish, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek milliy folklor musiqa sanʼati hamda boshqa xalqlarning folklor musiqa sanʼatlarini qamrab olish, ular bilan yaqindan ilmiy va ijodiy muloqotlar va hamkorlik qilish, madaniy-maʼnaviy munosabatlarni xalqaro miqyosda kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlar bilan milliy madaniyatlar uygʻunligi va turfa xilligini saqlash va rivojlantirish, xalq ijodiyotining eng yaxshi namunalarini keng targʻib qilish, muhofaza qilish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli millat vakillarini maʼnaviy muloqotga jalb etish, yaxlit madaniy muhitni asrash hamda milliy anʼanalar va estetik ideallar umumiyligi asosida davlatlararo va xalqlararo madaniy hamkorlikni mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Festival 2019-yildan boshlab, har ikki yilda bir marta ushbu Nizomga muvofiq uch bosqichda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalni oʻtkazishning aniq sanasi va muddati “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro folklor musiqa festivalini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda Tashkiliy qoʻmita deb ataladi) tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Festivalning asosiy tashkilotchilari — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Fargʻona viloyati hokimligi, Tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Festivalni oʻtkazish tartibi va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Festivalda quyidagi nominatsiyalar boʻyicha tanlovlar oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshiqchilik sanʼati (alla, oʻlan, lapar, terma, marosim qoʻshiqlari, xalfachilik, baxshichilik va hokazo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqs sanʼati (turli hududlarga xos xalq raqslari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy qadim folklor cholgʻuchilik sanʼati (milliy musiqa asboblarida asarlar ijrosi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Festivalni oʻtkazish doirasida ilmiy-ijodiy konferensiya oʻtkaziladi va madaniyat namoyondalari ishtirokida gala konsert tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Festivalda Oʻzbekiston Respublikasidan ishtirok etuvchilar uchun quyidagi tartiblar belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalining I bosqichi joylarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar markazlarida va Toshkent shahrida oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bosqich natijalariga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari Festivalning keyingi bosqichlarida qatnashishga tavsiya etilganlarga oid ariza, ijodiy tavsifnoma, tadbir haqida bayonnoma, fotosuratlar hamda videotasvirlardan iborat hujjat va materiallarni Festival oʻtkaziladigan yilning 10-mayiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi taqdim etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalning II bosqichi Toshkent shahrida Festival oʻtkaziladigan yilning iyun oyining ikkinchi yarmida Festivalning I bosqich natijalariga koʻra keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilganlarning hujjatlari va materiallari asosida alohida nominatsiyalar boʻyicha sirtdan tanlov shaklida oʻtkaziladi va uning natijalariga koʻra Festival final bosqichi afishasi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalning yakuniy bosqichi Fargʻona viloyatining Margʻilon shahrida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Festivalga xorijiy davlatlardan keladigan ishtirokchilar uchun quyidagi tartiblar belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalning xorijiy davlatlardan keladigan ishtirokchilari hujjatlari va materiallari tegishli davlatlardagi mutasaddi tashkilotlar va muassasalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi orqali taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlardan keladigan ishtirokchilar Festivalning II bosqichidan boshlab ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Festivalning yakuniy bosqichi, gʻoliblarning gala konserti hamda taqdirlash marosimi Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilanadigan muddatlarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Festival doirasida ilmiy-ijodiy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, sayillar, konsertlar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Festivalda idoraviy mansubligidan qatʼi nazar turli havaskor folklor jamoalari, ashula, musiqa va raqs ansambllari, yakkaxon ijrochilar ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Festival ishtirokchilarining soni folklor, musiqa cholgʻu jamoalarida — 12 nafardan, xalq raqsi ansambllarida — 14 nafardan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Nominatsiya boʻyicha har bir ishtirokchining chiqish dasturlari ijrosi 15 daqiqadan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Festivalda ishtirok etishda fonogrammadan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Festival ishtirokchilarini baholash shartlari va xalqaro hayʼat faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Festival ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun Tashkiliy qoʻmita tomonidan yetti kishidan iborat xalqaro hayʼat tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro hayʼat tarkibiga yuqori malakali mutaxassislar, taniqli sanʼat va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchilar, shuningdek, ishtirokchi davlatlardan tegishli sohalar namoyandalari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Baholash jarayonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
repertuarning badiiy qiymati (etnografik aniqlik va asar qayta ishlanishi yoki stilizatsiyasidagi afzalliklar), materialda hududiy oʻziga xosliklarining aks etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahorat va artistizm saviyasi, xalq ijrochiligi usullarini egallaganlik darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻzaki, musiqiy, ashulachilik va raqs milliy anʼanalari ijrosi uslublari va yoʻllarining mutanosibligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bezakning badiiy saviyasi (kiyimlar, rekvizit) va uning milliy anʼanalarga mosligi, anʼanaviy musiqa asboblaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dekorativ-amaliy ijod asarlari badiiy saviyasi asosiy mezon hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Festival xalqaro hayʼati kollegiallik, erkin fikrlilik va professionalizm normalaridan kelib chiqib, faoliyatini toʻgʻri tashkil etgan holda yakuniy bosqich barcha ishtirokchilarining dasturlari, asarlari va ishlari bilan tanishib chiqadilar, ular boʻyicha alohida nominatsiyalar kesimida mustahkam asosli, har tomonlama mulohazali, mutlaqo xolis baho beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yakuniy bosqich ishtirokchilarni bir necha guruhga boʻlgan holda Festival oʻtkaziladigan hududdagi turli joylarda tashkil etiladi. Xalqaro hayʼat koʻrigidan oʻtib boʻlgan yoki oʻz navbatini kutayotgan guruhlardagi ishtirokchilar Tashkiliy qoʻmita tomonidan tuziladigan maxsus jadval boʻyicha joylarda tashkil etiladigan konsert dasturlari va koʻrgazmalarda qatnashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Mukofotlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Festival gʻoliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-oʻrin (har bir nominatsiya) — 3 500 AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-oʻrin (har bir nominatsiya) — 2 500 AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-oʻrin (har bir nominatsiya) — 1 500 AQSH dollari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Festivalning yakuniy bosqichi gʻoliblariga Tashkiliy qoʻmita tomonidan diplomlar, sovrinlar va Festival ramzlari tushirilgan esdalik sovgʻalari topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro hayʼat qarori bilan eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar har bir nominatsiya boʻyicha bittadan Laureat diplomlari bilan taqdirlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, har bir nominatsiyada bittadan I, II va III darajali diplomlar, Festival ishtirokchisi diplomlari hamda har bir qatnashchiga maxsus diplom beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xalqaro hayʼatning qarorlari qatʼiy va qayta koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Festival muassislari, davlat va nodavlat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, korxonalar, muassasalar, jamgʻarmalar, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar ishtirokchilar uchun maxsus mukofotlar, sovrinlar, esdalik sovgʻalari va maxsus mukofotlar taʼsis etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tashkiliy-moliyaviy shartlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Festivalning yakuniy bosqichi ishtirokchilari va mehmonlari, shuningdek xalqaro hayʼat aʼzolari Tashkiliy qoʻmita tomonidan Festival oʻtkaziladigan davr va hududda yotoqxona, ovqatlanish va belgilangan marshrut boʻyicha transport bilan taʼminlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Festivalning I bosqichida ishtirok etish hamda yakuniy bosqich oʻtkaziladigan hududga joylardan kelib-ketish bilan bogʻliq xarajatlar ishtirokchilarni yuboruvchi tashkilot va muassasalar yoki ishtirokchilar hamda homiylar tomonidan qoplanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Tashkiliy qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining xarajatlar smetasida madaniy tadbirlarni oʻtkazish uchun har yil nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, Fargʻona viloyati mahalliy budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Xorijiy mehmonlarning Oʻzbekiston hududidagi alohida mehmonxona va transport xarajatlari ularni taklif etgan mezbon tashkilot va muassasalar yoki mehmonlarning oʻzlari tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida Festivalning barcha xorijiy ishtirokchilari va mehmonlari uchun ichki qatnovlar boʻyicha avia va temir yoʻl chiptalari belgilangan tartibda sotiladi, mehmonxona haqi ham soʻmda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoidalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq madaniyat va koʻrik-tanlov gʻoliblariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmaydi, shuningdek, yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallari boʻyicha soliqqa solish obyekti hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi Festivalni tashkil etish va oʻtkazish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi va toʻgʻri toʻlanishini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/371/1254-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)