Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida
1. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarning hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining umumiy ilmiy-texnologik makon yaratish toʻgʻrisida 2009-yil 20-noyabr kuni Yalta shahrida imzolangan 1995-yil 3-noyabrdagi Bitimiga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Protokoliga qoʻshilish maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mazkur xalqaro shartnoma amalga oshirilishi uchun javobgar boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomaga qoʻshilishi hamda uni amalga oshirishda javobgar boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-may,
PQ-3722-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 07/18/3722/1201-son)