05.05.2018 yildagi PQ-3697-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda aholi hayot darajasi va farovonligining barqaror o‘sishiga imkon beruvchi faol tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etishga, fan va innovatsion faoliyat jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil natijalari mamlakatda faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga to‘sqinlik qiluvchi, jumladan, quyidagi qator tizimli muammolar mavjudligidan dalolat beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, hududlarning mavjud resurs bazasi va salohiyatini hisobga olgan holda ilg‘or va zamonaviy innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplar va innovatsiyalar bozorini tizimli tahlil qilish yo‘lga qo‘yilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, innovatsion loyihalar-startaplarga investitsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasiga innovatsiyalarni faol joriy qiluvchi iqtidorli tadbirkorlar faoliyatiga ko‘maklashish va muvofiqlashtirish ishlari lozim darajada amalga oshirilmayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, innovatsion rivojlanish sohasida, ayniqsa, joylarda ishbilarmonlik muhiti past darajada, shuningdek, innovatsion va muvaffaqiyatli texnologik loyihalar-startaplarni ishlab chiqish va ilgari surish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega tadbirkorlarning yetishmovchiligi saqlanib qolmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchidan, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning ma’lumotlar bazasi mavjud emas, yangi resurslarni yaratish va tajribani biznes-tuzilmalarga o‘tkazish amaliyoti rivojlanmasdan qolmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, innovatsion ishlanmalar bozorini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari sust darajada ishlab chiqilgan, innovatsion g‘oyalardan samarali foydalanishni muvofiqlashtirish yo‘lga qo‘yilmagan, innovatsion ishlanmalarning sifati esa bozor talablariga javob bermaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplar sohasiga texnika oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va iqtidorli yoshlarni jalb etishga, shuningdek, biznes-inkubatorlarni yaratishga lozim darajada e’tibor qaratilmayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan, aholi o‘rtasida innovatsion tadbirkorlikni ommalashtirish ishlari samarali olib borilmayapti, innovatsion mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishga va ilgari surishga jalb qilishda texnik va psixologik to‘siqlar saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavjud muammolarni bartaraf etish hamda faol tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsiyalar bozorining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, mahalliy va xorijiy innovatsion ishlanmalarni iqtisodiyotning real sektoriga ilgari surish uchun qulay huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining davlat tashkilotlarining budjetdan tashqari innovatsiyalarni rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘larini, xalqaro moliya institutlarining grant va/yoki kreditlarini, xorijiy investorlarning mablag‘ va sarmoyalarini jalb qilgan holda hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlarini (keyingi o‘rinlarda markazlar deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirokida tashkil etiladigan innovatsiya markazlari aksiyadorlik va boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda ham tuzilishi mumkin. Bunday hollarda ta’sis hujjatlarida uning tashkiliy-huquqiy shakli, ishtirokchilarning shartlari va vazifalari aniq ko‘rsatiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, markazlar o‘z faoliyatini tijorat asosida amalga oshiradi va tashkil etilgan paytdan boshlab besh yil muddatga barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va xizmatlarning yangi va zamonaviy turlarini yaratish maqsadida hududlarning salohiyati va resurs bazalarini chuqur tadqiq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida innovatsion menejmentni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi va talab yuqori bo‘lgan mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish bo‘yicha innovatsion loyihalar-startaplarni, jumladan, xorijda qo‘llaniladigan ilg‘or uslub va texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsiyalar bozorining marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulot (ish, xizmat)lar bozorlarini shakllantirish, ularning bozor talablariga yo‘naltirilishi va moslashishi uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar va innovatsion mahsulot (ish, xizmat)lar iste’molchilarini qidirib topish ishlarini, jumladan, innovatsion infratuzilma subyektlari o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish orqali tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion faoliyatni amalga oshirish masalalari bo‘yicha manfaatdor shaxslarning keng doirasiga maslahat berish, aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ommalashtirishga qaratilgan reklama va ko‘rgazma tadbirlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, startaplar hamda sanoat va qishloq xo‘jaligining ustuvor tarmoqlaridagi boshqa sheriklar bilan innovatsion hamkorlikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion faoliyatning ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan natijalarini ilgari surish va tijoratlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markazlarni tashkil etishda quyidagilar markazlar tashkil etishning asosiy shartlari etib belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlarni tashkil etish va ularga tegishli infratuzilmani (transport bog‘lamalari, avtostansiyalar, avtobekatlar mavjudligi va h.k.) qurish uchun bo‘sh binolar xususiy sheriklarga haq undirilmasdan, istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida ajratiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaz binolarini qurish uchun yer uchastkalarini tanlash belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, Innovatsion rivojlanish agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi — yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy hokimiyatlar iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish, jumladan, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni davlat xaridlari doirasida tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish majburiyatini oladi;
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaz tashkil etish bilan bog‘liq kelishuv tomonlarining huquqlari va majburiyatlari, Innovatsion rivojlanish agentligi roziligi bilan tuziladigan kelishuvlarda belgilanadi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5308-son Farmoni bilan quyidagilar 2023-yil 1-yanvarga qadar muddatga yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari, barcha turdagi soliq va majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
venchur fondlardan birgalikda moliyalashtiriladigan yuqori texnologiyali loyihalar-startaplar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatsion markazlar, loyiha-konstruktorlik byurolari o‘zlarining yangi texnologiyalarini tadbirkorlarga sotishdan (foydalanishga berishdan) olingan daromadlar bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi texnologiyalarni mahalliy tadbirkorlikka transfer qiluvchi tashkilotlar bu faoliyatdan olingan daromadlari bo‘yicha.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va jamiyat maqsadlari uchun yangi, innovatsion mahsulotlar yaratish, ishlab chiqarish va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, nodavlat tashkilotlar hamda xususiy tadbirkorlar markazlar faoliyatini moliyalashtirishlari mumkin.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlar uchun Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining innovatsion loyihalarni moliyalashtirish umumiy hajmining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larini zaxira qilish nazarda tutiladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlarning qurilayotgan binolariga barcha zaruriy tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, kommunal infratuzilmalarni olib kelish elektr energiyasi qismi bo‘yicha — “O‘zbekenergo” AJ hisobidan, gaz ta’minoti qismi bo‘yicha — “O‘ztransgaz” AJ hisobidan, telekommunikatsiya tarmoqlari qismi bo‘yicha — “O‘zbektelekom” AK hisobidan, avtomobil yo‘llarini qurish qismi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi hisobidan, suv ta’minoti, kanalizatsiya va avtostansiyalarni qurish qismi bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlarning binolari foydalanishga qabul qilinganidan keyin mahalliy ijroiya hokimiyati organlari qulay transport yo‘nalishlari va yo‘lovchi transportining bir maromda ishlashini tashkil etadi.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda potensial investorlarni qidirib topish va ular bilan mazkur qarorda belgilangan shartlarida markazlarni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvlarni tuzishni;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda doimiy ravishda markazlarni tashkil etishga xorijiy davlat vakillarini jalb qilish, shuningdek, grantlar va homiylik xayriyalarini ajratish maqsadida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, moliya institutlari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazishni;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda markazlar faoliyatini keng yoritish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazishni ta’minlasin.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish agentligiga mazkur qaror shartlarini qo‘llagan holda tuman (shahar)larda xorijiy investorlar yoki homiylar ishtirokida markazlarni tashkil qilishga ruxsat etilsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch oy muddatda tashabbuskorlar murojaatlari bo‘yicha markazlarni tashkil qilish uchun yer uchastkalari yoki bo‘sh binolarni, jumladan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari optimallashtirilishi hisobiga bo‘shaydigan binolarni ajratishni ta’minlasin yoxud ularni namunali loyihalar bo‘yicha quriladigan davlat xizmatlari markazlari binolarida joylashtirishni nazarda tutsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmuradov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3697-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 07/18/3697/1176-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)