27.04.2018 yildagi PQ-3682-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.04.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlariga ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalarini va nou-xau ishlanmalarni keng joriy etish, ushbu yoʻnalishda ilmiy muassasalar va real iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari oʻrtasida yaqin hamkorlikni oʻrnatish mamlakatni jadal innovatsion rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni toʻlaqonli realizatsiya qilish, ularni xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning dolzarbligini hisobga olgan holda ishlab chiqarish tarmoqlariga amaliy joriy qilishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan bir qator omillar mavjud. Xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, xorijiy innovatsion va ilmiy markazlarni, yetakchi investitsion fondlarni, texnologik agentliklarni, texnoparklar va boshqa manfaatdor subyektlarni mahalliy innovatsion ishlanmalarni amalga oshirishda ishtirok etishga faol jalb etish borasida yetarli darajada chora-tadbirlar amalga oshirilmayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, davlat organlari va xususiy sektor vakillari, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokida ishlab chiqarish joriy etilgan va muvaffaqiyatli qoʻllanilayotgan texnologiyalarni namoyish etish darajasi pastligicha qolmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, qulay investitsion muhitni shakllantirish, innovatsion gʻoyalar va loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish, ilgʻor va ilmiy hajmdor texnologiyalarni faol tarqatishning samarali tizimi mavjud emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, respublika viloyatlari kesimida ilmiy va innovatsion faollik past, bir ishtirokchining qayta-qayta jalb etilishi esa, har yilgi taqdim qilinadigan innovatsion ishlanmalar va mahalliy amaliy tadqiqotlarga boʻlgan buyurtmalar portfel tematikalarining takrorlanishiga olib kelmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, texnologiyalarni tijoratlashtirish va ularni tashqi bozorlarga olib chiqish, milliy innovatsion tizimni shakllantirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish jarayonlariga koʻmaklashishning amaldagi mexanizmlarining samarasi past va kutilgan natijalarni bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion infratuzilmani yanada shakllantirish, tadbirkorlikni, investitsion salohiyatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, innovatsion gʻoyalarni, texnologiyalar va loyihalarni ishlab chiqarish jarayoniga keng joriy qilish hamda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining 2018-yildan boshlab har yili xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes-inkubatorlarning faol ishtirokida xalqaro interaktiv innovatsiyalar yarmarkalarini (keyinchalik — innovatsiyalar yarmarkalari) va xalqaro innovatsion-investitsion forumlarni (keyinchalik — xalqaro forumlar) oʻtkazish boʻyicha takliflari maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarni oʻtkazishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, texnoparklar va xususiy tadbirkorlar, shuningdek iqtisodiyotning real sektorini akademik va tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yetakchi xorijiy investitsion fondlar, innovatsion markazlar va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari ishtirokidagi oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida va yetakchi xorijiy mamlakatlarda texnologiyalarni transfer qilish jarayonlari, shuningdek, real iqtisodiyot tarmoqlari va xususiy tadbirkorlik korxonalarida ishlanmalarni joriy qilishning natijalari bilan amaliy tanishib chiqishni taʼminlash yoʻli bilan mahalliy innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni tijoratlashtirish uchun sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni ishlab chiqish va joriy qilish sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish, ichki va tashqi bozorlarda jamoat va xususiy sektorlardan ilgʻor va ilmiy hajmdor texnologiyalarni faol tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor ishtirokchilari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish, tarmoq korxonalarining jadal rivojlanishiga koʻmaklashadigan mintaqaviy va xalqaro aloqalarni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xususiy tadbirkorlik va investorlar oʻrtasida kooperatsion aloqalarni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro innovatsion-investitsion forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlar, treninglar, mahorat darslari va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot, innovatsion va ixtiro gʻoyalari, texnologiyalari va loyihalarining doimiy asosda faoliyati amalga oshiriladigan va toʻldirib boriladigan maʼlumotlar bazasini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, innovatsiyalar yarmarkasini tashkil qilish tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi blok “Tashabbuskor biznes” — Oʻzbekiston Respublikasi hamda ilgʻor xorijiy mamlakatlarning davlat va xususiy sektorlari tomonidan mahalliy va xorijiy texnoparklar, texnologik agentlarning tayyor ilmiy va innovatsion ishlanmalar natijalarini va texnologiyalarni tijoratlashtirish sohasidagi faoliyatini yoritish uchun tashkil etilgan koʻrgazma maydoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi blok “Innovatsion yechimlar” — ichki va tashqi bozorlarga chiqish maqsadida davlat va xususiy ilmiy muassasalar tomonidan maket va/yoki prototip koʻrinishida eng zoʻr mahalliy ilmiy va innovatsion ishlanmalarni namoyish qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi blok “Kooperatsion aloqalar” — muloqot va oʻzaro foydali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, sherikchilik va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari sohasidagi dolzarb masalalarni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan qarorlarning miqyosini kengaytirish uchun platforma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsiyalar yarmarkalarini oʻtkazish joyi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazma kompleksi” aksiyadorlik jamiyati (keyinchalik — “Oʻzekspomarkaz” AJ)ning koʻrgazma pavilyonlari hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsiyalar yarmarkalarini har yili oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiya boʻyicha davlat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsiyalar yarmarkalarini oʻtkazishning muddati va davriyligi Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri zimmasiga xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion jamgʻarmalar, texnik agentliklar, texnoparklar va biznes-inkubatorlarni jalb qilgan holda har yilgi innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarni yuqori darajada tashkil qilish uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzekspomarkaz” AJga innovatsiyalar yarmarkalarining ishtirokchilariga zaruriy koʻrgazma maydonlarini va konferensiya zallarini koʻrgazmalarni tashkil qilish va yarmarkani oʻtkazish uchun oʻrnatilgan tarifdan 30 foizlik chegirma bilan taqdim etishi yuzasidan tavsiya berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki, innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarni tashkil qilish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalaridagi innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalarining jami mablagʻlari 10 foizi miqdori hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yil oʻtkaziladigan innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarda xorijiy innovatsion va ilmiy-markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar, biznes-inkubatorlar va boshqa manfaatdor subyektlarning ishtirokini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi talabnomalariga binoan innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarning xorijiy mutaxassis-ishtirokchilari uchun kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda uch oy muddatda oʻzida innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarning barcha amaldagi va salohiyatli ishtirokchilari toʻgʻrisidagi axborotlar hamda tijoratlashtirish uchun tayyor boʻlgan innovatsion ishlanmalar haqidagi maʼlumotlarni jamlaydigan, doimiy yangilanib turadigan “Innovatsiyalarning virtual yarmarkasi” interaktiv Internet-portali ishlab chiqilishini va faoliyat yuritishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 27-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3682-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2018-y., 07/18/3682/1117-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)