26.04.2018 yildagi PQ-3680-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.07.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda ekin yerlaridan samarali foydalanish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloqda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ayrim tumanlarda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan oqilona foydalanish boʻyicha ishlar holatini oʻrganish natijalari ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish boʻyicha aniq choralar koʻrish zarurligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining bu sohadagi vakolatlarini kengaytirish va faol ishtirokini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tegishli hududda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektor rahbarlari faoliyatini baholash koʻrsatkichlaridan biri deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, qishloq xoʻjaligi vaziri hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb yuritiladi) rahbarlariga fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashlari huzuridagi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga kompleks xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini tashkil etish taʼminlanmaganligi qatʼiy koʻrsatib oʻtilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2018-yil 1-iyuldan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha fermer va dehqon xoʻjaliklarining Kengashga aʼzoligi majburiy, tomorqa yer egalari uchun esa ixtiyoriy hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer va dehqon xoʻjaliklarining Kengashda aʼzoligi tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rayosati qaroriga muvofiq tugatilishi yer uchastkasiga egalik qilish, undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi yoxud uni ijaraga olish huquqi bekor boʻlishi uchun asos boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari qishloq xoʻjaligida shartnoma majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan monitoring hamda jamoat nazoratini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kengash, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining Kengashga aʼzolik badallarini quyidagicha belgilash haqidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi hamda donli ekinlar yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari uchun paxta xom ashyosi hamda donning xarid narxidan 0,8 foiz miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa fermer xoʻjaliklari uchun ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan tushgan pul mablagʻlarining 0,5 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalari uchun Kengashga aʼzolik toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan miqdorda.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kengash, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur band talablariga muvofiq Kengashga aʼzolik badallarini oʻtkazib berish tartibini ishlab chiqsin hamda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyma-uy yurish orqali dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini, shu jumladan yerni tayyorlash, urugʻ, koʻchat va daraxtlar ekish, issiqxonalar qurish, chorva va parrandalarni koʻpaytirish holatini davriy monitoring qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash aʼzolari — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman hokimlariga fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining tegishli yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini yer qonunchiligiga muvofiq tugatish zarurligi toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan takliflar kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Barcha qishloq tumanlarida asosiy vazifasi quyidagilar orqali fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishda amaliy yordam koʻrsatish hisoblangan “Tomorqa xizmati” MCHJlar tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urugʻlar, koʻchatlar, taralar, texnika, chorva mollari, parranda, quyon, asalari uyasi, baliq, qishloq xoʻjalik texnikalari hamda ehtiyot qismlari, omuxta yem, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish uchun kimyoviy vositalar va asbob uskunalar yetkazib berish, shuningdek, issiqxonalar qurib berish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlarni rekultivatsiya qilish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻorish tizimini yaratish va yaxshilash, suv nasoslari oʻrnatish, artezian quduqlar qazish va tomchilatib sugʻorishni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan xarid qilingan, shuningdek, oʻz maydonlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saralash, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, quritish, qadoqlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish hamda eksport qilish.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va Kengash bilan birgalikda qishloq tumanlarining ixtisosligidan kelib chiqqan holda “Tomorqa xizmati” MCHJlar faoliyatini samarali tashkil etishda, shu jumladan boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini belgilangan tartibda ajratish orqali koʻmaklashsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Kengashning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasidan 350 milliard soʻm miqdorida ajratiladigan bir martalik begʻaraz moliyaviy yordam;
(9-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PF-5846-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion savdolarida fuqarolarga yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning daromadlari, shu jumladan mablagʻlarni depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar uchun foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yilgacha muddatga, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davr bilan 2019-yilning 31-dekabriga qadar yillik 7 foizlik stavkada, bankning 2 foizlik marjasini hisobga olgan holda kreditlar ajratish uchun resurslarni “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston Respublikasi AT Xalq bankiga joylashtirish. 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik bandni chegirib tashlagan holda amalga oshiriladi;
(9-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston Respublikasi AT Xalq bankiga mablagʻlarni “Tomorqa xizmati” MCHJni kreditlash uchun resurslar sifatida 3 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan 2019-yilning 31-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida, bankning yillik 2 foizlik marjasini hisobga olgan holda taqdim etish. 2020-yil 1-yanvardan boshlab mablagʻlarni taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik bandni chegirib tashlagan holda amalga oshiriladi;
(9-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari va qarzlariga xizmat koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlaridan olingan grant mablagʻlari hisobiga fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MCHJlarga grantlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qishloq xoʻjaligi texnikasi, texnologiyalari va asbob-uskunalar bilan taʼminlash boʻyicha lizing faoliyatini amalga oshirish;
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PF-5728-son Farmoniga asosan uchinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasida 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi sohasidagi ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, taʼminlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy texnika bazasini mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi texnikalari va transportlarini sotib olish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berish. 2020-yil 1-iyuldan boshlab kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida 4 foizlik bank marjasini hisobga holda olgan ajratiladi;
(9-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovutish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, issiqxona majmualari qurilishiga, intensiv bogʻlar va tokzorlar barpo etilishiga, qishloq xoʻjaligida zanjirli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral oʻgʻitlar tayyorlash, oʻsimliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalarini keltirishga;
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmani saqlab turish va faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aylanma mablagʻlarga muhtoj boʻlgan “Tomorqa xizmati” MCHJlarning ustav fondini 25 foizdan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer, dehqon xoʻjaliklariga va tomorqa yerlarini rivojlantirishga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan innovatsion va boshqa loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlar;
(9-band “b” kichik bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PF-5728-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan boshlab esa, tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda, foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmini qoʻllash imkoniyati bilan beriladi.
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshida keltirilgan obyektlar fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MCHJlar va boshqa qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga Jamgʻarmadan belgilangan tartibda ajratiladigan kreditlar evaziga va lizing toʻlovlari asosida mazkur obyektlarning oʻzini garovga qoʻyish huquqi asosida Jamgʻarma tomonidan balans qiymatida sotiladi. Ularni qurish, xarid qilish va sotish tartibi Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qaroriga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kreditlar hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishilgan holda beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mablagʻlarni tijorat banklariga joylashtirish hisobidan olinadigan daromadlarning 30 foizigacha miqdordagi Jamgʻarma daromadlari Kengashni moddiy-texnik hamda moliyaviy jihatdan taʼminlash, shuningdek, uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” assotsiatsiyasi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan mazkur qarorga muvofiq ajratilgan kredit mablagʻlari hisobiga yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining bozor narxlari boʻyicha xarid qilinishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, dehqon xoʻjaliklari, tomorqa yer egalari va “Tomorqa xizmati” MCHJlar oʻzlarining qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini boshqa shaxslarga ham sotish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi, Nizomi hamda 25 shtat birlikdan, shu jumladan 7 ta birlik markaziy apparatda, 18 ta birlik Jamgʻarmaning hududiy vakillaridan iborat boʻlgan Jamgʻarma ijro etuvchi apparati tuzilmasini tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamgʻarma Vasiylik kengashi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari barcha turdagi soliqlardan;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tomorqa xizmati” MCHJlar davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab mazkur qarorga muvofiq ularning asosiy faoliyati doirasida 3 yil muddatga barcha turdagi soliqlar, qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun jihozlar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha 2021-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlovlardan tashqari);
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va uning hududiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha chetdan olib kiriladigan qishloq xoʻjaligi texnikasi va qishloq xoʻjaligi transport vositalari 2021-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari);
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tomorqa xizmati” MCHJ yoki fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan kasanachilik shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan tomorqa yer egalari — jismoniy shaxslar ularning kasanachilik faoliyati doirasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Belgilansinki, 2018-yil 1-iyuldan:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xoʻjaligi va 4 sotixdan kam boʻlmagan tomorqa yerida band boʻlgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam boʻlmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida sugʻurta badali toʻlangan taqdirda, sugʻurta badali toʻlangan yil mehnat stajiga kiritiladi;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov 5 foiz miqdorida toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning qoʻshimcha yoʻnalishlari deb hisoblansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi miqdorlarda subsidiyalar berish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻorish vositalari xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy oʻquv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun grantlar ajratish.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PQ-4716-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2020-y., 07/20/4716/0598-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi fundamental, amaliy hamda innovatsion tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturlarini shakllantirishda ularga fermer, dehqon xoʻjaliklarining yer uchastkalari va tomorqa yerlaridan samarali foydalanish boʻyicha innovatsion ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi ilmiy loyihalar kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi Kengash bilan birgalikda bir oy muddatda dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yerlarini rivojlantirish asosida qishloq aholisining daromadlarini oshirish uchun Jahon banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari va zayomlarini jalb etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzagrokimyohimoya” AJ va Kengash bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini hamda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yerlarida mini-agrotexnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot markazini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mintaqalarida dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini kasalliklardan himoya qilish, zarur tavsiya va maslahatlar berishga koʻmaklashuvchi va xizmat koʻrsatuvchi “Oʻsimliklar klinikasi” MCHJlarni tashkil etish boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3318-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Kengash, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 26-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3680-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga kiritiladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qishloq xoʻjaligida fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari ishtirokidagi shartnomaviy majburiyatlarning ijrosini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilganda manfaati koʻzlab daʼvo arizasi kiritilgan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan davlat boji undirilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 5-band va 11-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 1 — 4-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ijro apparatining
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash ijro apparati xodimlarining cheklangan soni — 44 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengashlar ijro apparati xodimlarining cheklangan soni — 13 — 15 nafar, jami soni — 185 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman kengashlari ijro apparati xodimlarining cheklangan soni — 7 — 9 nafar, jami soni 1281 nafar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 5-ilovaga izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1-toifa — ijro apparati uchun 15 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (hududiy kengash raisi — 1, hududiy kengash raisi oʻrinbosari — 1, boʻlim boshligʻi — 3, bosh mutaxassis — 7, yetakchi mutaxassis — 2, hisobchi — 1);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-toifa — ijro apparati uchun 14 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (hududiy kengash raisi — 1, hududiy kengash raisi oʻrinbosari — 1, boʻlim boshligʻi — 3, bosh mutaxassis — 7, yetakchi mutaxassis — 1, hisobchi — 1);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-toifa — ijro apparati uchun 13 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (hududiy kengash raisi — 1, hududiy kengash raisi oʻrinbosari — 1, boʻlim boshligʻi — 2, bosh mutaxassis — 7, yetakchi mutaxassis — 1, hisobchi — 1)”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 6-ilovaga izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1-toifa — ijro apparati uchun 9 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (kengash raisi — 1, guruh rahbari — 3, bosh mutaxassis — 2, yetakchi mutaxassis — 2, hisobchi — 1);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-toifa — ijro apparati uchun 8 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (kengash raisi — 1, guruh rahbari — 3, bosh mutaxassis — 2, yetakchi mutaxassis — 1, hisobchi — 1);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-toifa — ijro apparati uchun 7 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (kengash raisi — 1, guruh rahbari — 2, bosh mutaxassis — 2, yetakchi mutaxassis — 1, hisobchi — 1)”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 07/18/3680/1110-son, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son, 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 19.05.2020-y., 07/20/4716/0598-son; 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son; 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son; 30.08.2022-y., 07/22/366/0790-son; 13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son; 13.04.2023-y., 07/23/121/0209-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son; 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)