Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2004-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/8-son “Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2004, 2009-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 37-son, 412-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 20-dekabrdagi 45/1-son “Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2004-1, 2014-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52-son, 634-modda).
2. Mazkur qaror 2018-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-mart,
12/7-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2004-2/1098-son)