Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.01.1992 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.01.1992 yildagi 14-son
Kuchga kirish sanasi
14.01.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOShKENT OʻRMON MELIORATSIYASI TEXNIKUMINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1991-yil 30-apreldagi 115-son qarorining 5-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan Toshkent paxtachilik texnikumini Toshkent oʻrmon melioratsiyasi texnikumi deb qayta nomlab, uni oʻzining ixtiyoriga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hozirgi vaqtda Toshkent paxtachilik texnikumida oʻqiyotganlar kontingentini barcha ixtisosliklar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasining yangidan tashkil etilayotgan Toshkent oʻrmon melioratsiyasi texnikumiga belgilangan tartibda oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasining reja va budjetlariga tegishli oʻzgartishlar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari I. JOʻRABEKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 14-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-son