11.04.2018 yildagi PQ-3662-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.10.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda davlat xizmatlarini koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish boʻyicha keng miqyosda boshlangan ishlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi vaqtda nafaqat tadbirkorlarga, balki aholiga ham eng zarur va talab yuqori boʻlgan davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili boʻyicha koʻrsatish maqsadida respublikaning har bir tuman va shaharlarini qamrab olgan Xalq qabulxonalari huzuridagi davlat xizmatlari markazlarining yagona tarmogʻi yaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birgalikda, amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan yutuqlarga qaramasdan davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida foydalanilmagan imkoniyatlar va hal etilmagan muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, bir qator tashkilotlarda bazaviy axborot tizimlarini joriy etish masalalari va ularning idoralararo integratsiya qilinishi past darajada ekanligi davlat xizmatlarini qulay va oʻz vaqtida koʻrsatishni taʼminlamayapti. Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar, ayniqsa, Mudofaa vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Qurilish vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ va barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqlidir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, koʻchmas mulk obyektlari va boshqa hujjatlar reyestrlari alohida qogʻoz koʻrinishida yuritilishi, elektron arxivlarning mavjud emasligi elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishda qiyinchiliklarga olib kelmoqda. Bu kabi salbiy amaliyot, ayniqsa, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davergeodezkadastr) va “Oʻzarxiv” agentligiga tegishlidir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, koʻpchilik davlat xizmatlari markazlari hanuzgacha yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanmaganligi idoralararo elektron hamkorlikning zarur darajada yoʻlga qoʻyilmasligiga sabab boʻlmoqda. Ushbu jiddiy muammolarni bartaraf etish uchun Agentlik, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Oʻzbektelekom” AJ rahbarlari taʼsirchan choralar koʻrmayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organlar va davlat xizmatlari markazlari lozim darajada zamonaviy kompyuter texnikasi va texnik vositalar bilan jihozlanmaganligi davlat xizmatlarini koʻrsatishning ilgʻor va innovatsion metodlarini joriy qilishga toʻsiq boʻlmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, davlat xizmatlari markazlari zarur bino va xonalar bilan taʼminlamaganligi talab yuqori boʻlgan koʻplab xizmatlarni koʻrsatish uchun tashrif buyuruvchilarni toʻliq va bir vaqtda qamrab olishga imkon bermaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlaridan oʻtish hamon murakkab va ortiqcha tartibga solinganligicha qolmoqda, davlat xizmatlarini olish jarayonida ortiqcha talablar va toʻsiqlarning mavjudligi shaffoflikning yoʻqolishiga, huquqni turlicha qoʻllash amaliyotiga va oqibatda suiisteʼmolchiliklar tez-tez sodir etilishiga va boshqa qoidabuzarliklarga olib kelmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan, axborot texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning bilim darajasi va malakasi pastligicha qolmoqda, ularga hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish va olishni oʻrgatish boʻyicha tashkillashtirilgan tizim mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish milliy tizimining sifat jihatdan yangi bosqichga jadallik bilan oʻtishini taʼminlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini izchil amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agentlik, Davergeodezkadastr, “Oʻzarxiv” agentligi, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi boshqa vazirlik va idoralarning ishi qoniqarsiz, deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar koʻrsatib oʻtilgan vazirlik va idoralar, davlat xizmatlarini koʻrsatadigan boshqa vakolatli organlarning birinchi darajali vazifalari etib hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini yanada unifikatsiyalash va avtomatlashtirish maqsadida axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratishga yagona texnologik yondashuvni taʼminlashni hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan rivojlantirish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralarning arxiv fondini raqamli koʻrinishga oʻtkazish va tegishli axborot resurslariga kirishga imkoniyat berishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishni yanada jadallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona davlat reyestriga kiritilgan barcha davlat xizmatlari boʻyicha biznes jarayonlarning reinjiniringini amalga oshirish orqali davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonidagi tartibotlarni va ularni koʻrsatish muddatlarini tubdan qisqartirish, blank va shakllarni sezilarli darajada optimallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayoniga jalb etilgan xodimlarning oʻz lavozim majburiyatlarini soʻzsiz, oʻz vaqtida va sifatli bajarishini taʼminlash, ularning masʼuliyatini kuchaytirish, hozirgi zamon talablariga muvofiq ishlash koʻnikmalarini va madaniyatini oshirish, ular ishini obyektiv baholash mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklatilgan vazifa va funksiyalardan kelib chiqqan holda muammolarni hal qilishda davlat organlari va tashkilotlarning davlat xizmatlarini koʻrsatishda ishtiroklari boʻyicha harakatlarni birlashtirish yuzasidan masʼuliyatlarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlaridan ustuvor ravishda axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar, maʼlumotlar bazalarini belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqish va takomillashtirish, elektron davlat xizmatlarini joriy etish uchun foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Agentlik zamonaviy davlat xizmatlarini joriy etish masalalariga tegishli ravishda yondashmayotgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kelgusida davlat xizmatlarini joriy etishni yanada jadallashtirishni taʼminlash va ularni koʻrsatishdagi zaif tomonlarni aniqlash uchun quyidagicha tartib oʻrnatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-iyunidan ilovadagi roʻyxat boʻyicha davlat xizmatlari markazlari tomonidan tajriba tariqasida 70 — 100 turdagi talab yuqori boʻlgan davlat xizmatlari koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati rahbari tomonidan tasdiqlanadigan vaqtinchalik maʼmuriy reglamentlar qabul qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari roʻyxati aholining dolzarb ehtiyojlari asosida shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taklifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan tasdiqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari roʻyxatiga kiritilgan davlat xizmatlari faqat davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlarini koʻrsatish tajriba tariqasida joriy etilgan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish haqidagi arizalarni bevosita arizachilardan qabul qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yilning 1-iyuniga qadar davlat xizmatlarini tajriba tariqasida koʻrsatish natijalariga koʻra, mazkur davlat xizmatlarini koʻrsatishni respublikaning barcha hududlarida joriy etish va davlat xizmatlari markazlarining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib Agentlik budjetdan tashqari jamgʻarmasi, Budjetdan tashqari adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda davlat xizmatlari markazlarini tuman (shahar)ning transport kesishuvlari fuqarolar uchun qulay boʻlgan markaziy qismida joylashgan binolarga, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar binolarini operativ boshqaruv huquqi asosida berish orqali, koʻchirib oʻtkazishni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga davlat xizmatlari markazlarining yangi binolarini faqat budjetdan tashqari manbalardan, ayniqsa, davlat-xususiy sherikchilik asosida barpo etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlarini koʻrsatish amaliyotini tanqidiy va chuqur oʻrganish, aholi orasida soʻrovlar oʻtkazish orqali sifatiga nisbatan norozilik kelib chiqayotgan davlat xizmatlarini aniqlagan va ularni takomillashtirish boʻyicha zarur choralarni koʻrgan holda har chorakda talab yuqori boʻlgan davlat xizmatlarini baholab borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-yanvardan boshlab elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish doirasida idoralararo elektron hamkorlik amalga oshirilayotganda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami hamda koʻchmas mulk obyektlarining kadastr raqamidan foydalanish majburiy hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” DUKning elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari ushbu qarorning ilovasida koʻrsatilgan davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga bepul beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator, uning pudratchi (subpudratchi) tashkilotlari axborot tizimlarini, resurslari, maʼlumot bazalari, dasturiy taʼminot mahsulotlarini ishlab chiqish, shuningdek, Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlarini zarur apparat-dasturiy komplekslari bilan jihozlash ishlarini texnik va loyiha hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyiha va import shartnomalarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish markazi” DUKda tezlashtirilgan tartibda kelishgandan soʻng amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda keyinchalik “Elektron hukumat” tizimi bilan integratsiya qilish maqsadida uch oy muddatda oʻzlarining axborot tizimlaridagi fuqarolar shaxsiy maʼlumotlari toʻgʻrisidagi axborotlarni yangilashni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-oktabrdagi PQ-3961-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2018-y., 07/18/3961/2002-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davergeodezkadastr:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli aholi punktlari, koʻchalar, tor koʻchalar va boshqalarga unikal kodlar bergan holda koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirishni va yuritishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda koʻchmas mulk obyektlarining manzillari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda elektron davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun boj, yigʻim va boshqa toʻlovlarni onlayn tarzda amalga oshirish mexanizmini joriy etishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda barcha davlat xizmatlari markazlari optik tolali aloqa liniyalariga ulanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda telefon orqali kelib tushadigan murojaatlarni saqlash imkoniyatini yaratgan holda qoʻngʻiroqlarni qayta ishlash tizimini yaratsin va amalga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik bilan birgalikda 2018-yil 1-dekabrga qadar talab yuqori boʻlgan elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun ixtisoslashgan mobil ilovaning ishlab chiqilishi va joriy etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda axborot tizimlarini, resurslari, maʼlumot bazalari, dasturiy taʼminot mahsulotlarini ishlab chiqish, shuningdek, Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlarini zarur apparat-dasturiy komplekslari bilan jihozlashni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birga ularning axborot va telekommunikatsiya tizimlari, maʼlumotlar bazalari, server va boshqa jihozlarini xatlovdan oʻtkazib, “Elektron hukumat” tizimi va Agentlikning axborot tizimlariga integratsiya qilsin, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda koʻrsatilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbasi etib Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi mablagʻlari va davlat organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar quyidagilarni taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan, qogʻoz shaklda saqlanayotgan maʼlumotlarni, elektron maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va idoralararo elektron hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni nazarda tutgan holda, bosqichma-bosqich raqamli koʻrinishga keltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ortiqcha tartibotlarni yoʻqotish va byurokratik unsurlarni kamaytirishni nazarda tutgan holda koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini maqbullashtirish, natijalarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Adliya vazirligi bilan kelishgan holda ularni elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlarining idoraviy axborot tizimlari va resurslarini “Elektron hukumat” va Agentlik axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda chora-tadbirlarning qisqa muddatlarda ijro etilishini nazarda tutgan holda mazkur band ijrosini taʼminlash boʻyicha qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga moddiy-texnik vositalarni oʻz vaqtida xarid qilish, “Elektron hukumat” va Agentlik tizimlariga integratsiya qilish imkoniyatini hisobga olgan holda axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarini yaratish va takomillashtirish, davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatlarini oʻz vaqtida va sifatli yoʻlga qoʻyish uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda har chorak yakuniga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga davlat xizmatlarini yoʻlga qoʻyish va ularni elektron shaklga oʻtkazishda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyayotgan aniq shaxslarni koʻrsatgan holda mazkur qarorning amalga oshirilishi boʻyicha maʼlumot kiritib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yilning 1-iyuniga qadar Agentlikning asoslantirilgan soʻrovlari boʻyicha xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb qilgan holda davlat xizmatlari markazlarini zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha aniq takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik 2018-yilning 1-mayiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga davlat xizmatlari markazlarini zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining vazirlik huzurida eng yangi axborot texnologiyalari va raqamli uskunalar bilan jihozlangan boshqaruv xodimlari soni 5 ta shtat birligidan iborat davlat muassasasi shaklidagi Axborot-tahlil multimedia markazini (keyingi oʻrinda — Multimedia markazi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Multimedia markazining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi, ayniqsa, yoshlarning, shuningdek, qishloq joylarida huquqiy targʻibot va huquqiy madaniyatni oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy texnologiyalar va ijodiy yondashuvlardan foydalangan holda davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida maʼmuriy tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha innovatsiyalarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka, tadbirkorlik subyektlariga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari va muassasalari faoliyatini keng yoritish boʻyicha axborot-tahliliy va obzorli media materiallarni, shu jumladan, audio va videoroliklar, tele va radio koʻrsatuvlar, ijtimoiy reklamalar, voqea joyidan reportajlarni tayyorlash hamda efirga, shuningdek, Internet tarmogʻiga uzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi boʻyicha jamoatchilikka maslahat yordamlarini berish, shu jumladan, qabul qilingan maʼmuriy reglamentlarning talablarini aniq va batafsil tushuntirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida vakolatli organlar tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatini oʻrganishlar va tekshirishlar, shuningdek, qoʻpol qoidabuzarliklar va tizimli kamchiliklar, aybdorlarga nisbatan koʻrilgan choralar, arizachilarning qayta tiklangan huquqlari toʻgʻrisida aholini xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining barcha qatlamlari bilan muloqot oʻrnatish, davlat xizmatlariga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalarni keng qoʻllash orqali ushbu sohaning eng dolzarb kamchiliklarini jamoatchilik oʻrtasida muhokama qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Multimedia markazi faoliyatini moliyalashtirish budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, shuningdek, qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Multimedia markaziga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tayinlangan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Multimedia markazining boshqaruv xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari moddiy va ijtimoiy muhofaza choralari qoʻllaniladi;
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Multimedia markazining boshqa mutaxassislari (rejissor, kreativ muharrir, muxbir, tasvirchi, videomontajchi, AKT mutaxassisi, apparat-studiya kompleksi muhandisi va boshqalar) mehnat bozoridagi haqiqiy konyunkturani hisobga olgan holda shartnoma asosida jalb qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Multimedia markazi direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Multimedia markaziga mazkur qarorning 17-bandi beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan mutaxassislarni shartnoma asosida ishga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Multimedia markaziga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida boshqa tashkilotlar bilan xizmatlar olish va koʻrsatish (ishlarni bajarish, tovarlar va mahsulotlar yetkazib berish) boʻyicha shartnomalar tuzish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Multimedia markazining zamonaviy telestudiyasini tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan televizion uskunalar jamlanmasi, uchuvchisiz uchish apparatlari, kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot va boshqa texnika vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Multimedia markazining ustavi tasdiqlanishi va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Multimedia markazining shtat jadvalini tasdiqlasin hamda yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Multimedia markazini Adliya vazirligi binosida joylashtirsin, uning ishini samarali tashkil etish maqsadida aloqa vositalari, keng qamrovli Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyati bilan, shuningdek, 2 ta avtomashina, shu jumladan, 1 ta maxsus avtomashina sotib olinishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat xizmatlari markazlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislarini jalb etgan holda 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab barcha oʻrta va kasb-hunar taʼlim muassasalarining oxirgi kursida (sinfida) yoshlarning zarur bilim va koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan “Davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyati” mavzusida oʻquv seminarlari va ochiq darslarni oʻtkazish amaliyoti joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi Agentlik va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻquv seminarlari va ochiq darslarni tashkil etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuristlar malakasini oshirish markazida ikki oy muddatda yuzaga keladigan nizoli masalalarni hal qilish, katta ish hajmiga ruhiy tayyorgarlik, muomala hamda davlat xizmatini koʻrsatish madaniyatini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslarini tashkil etish hamda doimiy ravishda davlat xizmatlari markazlari rahbar va boshqa xodimlari oʻqishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlari markazlari xodimlarining Yuristlar malakasini oshirish markazida oʻz vaqtida va toʻliq oʻqishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Agentlik bir oy muddatda davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmatlardan foydalanishning qulayligi va ustunligini, jumladan, aholiga mazkur tartibni chuqur oʻrgatish orqali ularning Internet tarmogʻidan murojaat qilishini ragʻbatlantirish amaliyotini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlarini samarali joriy etganligi uchun davlat organlarining masʼul rahbarlari va xodimlarini har chorak yakuni boʻyicha Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida ragʻbatlantirish mexanizmini joriy etish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 11-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3662-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi PQ-3662-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-iyunidan tajriba tariqasida 70 — 100 turdagi talab yuqori boʻlgan davlat xizmatlari koʻrsatiladigan davlat xizmatlari markazlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Davlat xizmatlari markazlari nomi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Nukus shahri davlat xizmatlari markazi

Andijon viloyati

2.

Andijon shahar davlat xizmatlari markazi

Buxoro viloyati

3.

Kogon shahar davlat xizmatlari markazi

Jizzax viloyati

4.

Doʻstlik tumani davlat xizmatlari markazi

Navoiy viloyati

5.

Zarafshon shahar davlat xizmatlari markazi

Namangan viloyati

6.

Namangan shahar davlat xizmatlari markazi

Samarqand viloyati

7.

Pastdargʻom tumani davlat xizmatlari markazi

Sirdaryo viloyati

8.

Sirdaryo tumani davlat xizmatlari markazi

Surxondaryo viloyati

9.

Termiz shahar davlat xizmatlari markazi

Qashqadaryo viloyati

10.

Shaxrisabz tumani davlat xizmatlari markazi

Toshkent viloyati

11.

Chirchiq tumani davlat xizmatlari markazi

Fargʻona viloyati

12.

Qoʻqon shahar davlat xizmatlari markazi

Xorazm viloyati

13.

Xonqa tumani davlat xizmatlari markazi

Toshkent shahri

14.

Yunusobod tumani davlat xizmatlari markazi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: mazkur Roʻyxatga davlat xizmatlari markazlari bino va xonalarining tayyorligidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati rahbari tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2018-y., 07/18/3662/1060-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 05.10.2018-y., 07/18/3961/2002-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)