Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.09.2000 yildagi 363-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 21.09.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAMAKI BARGI XARID QILIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligida tamaki bargi yetishtiruvchilarni yanada ragʻbatlantirish va xoʻjaliklarning tayyorlov tashkilotlari bilan iqtisodiy munosabatlarini erkinlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tovar yetishtiruvchi tamakichilik xoʻjaliklaridan “Dyubek” navli tamaki bargi xarid qilish boʻyicha har yilgi kvota 2000—2004-yillar hosilidan “OʻzBAT A.J.” qoʻshma korxonasi uchun 15 ming tonna va “Oziqovqatsanoat” uyushmasi uchun 4,6 ming tonna hajmida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyati hokimligi “OʻzBAT A.J.” qoʻshma korxonasi va “Oziqovqatsanoat” uyushmasi tomonidan tamaki bargi xarid qilish hajmlarining tamakichilik xoʻjaliklari oʻrtasida teng miqdorda taqsimlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tamakichilik xoʻjaliklariga, “OʻzBAT A.J.” qoʻshma korxonasi va “Oziqovqatsanoat” uyushmasi bilan kontraktatsiya shartnomalari bajarilgandan keyin, yuqorida qayd etilgan hajmdan ortiqcha yetishtirilgan tamaki bargini (fermentlangan tamakini) belgilangan tartibda birjalar orqali sotishiga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda yilning har choragida, hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga mahsulot yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar boʻyicha tamaki bargi xaridi va uni sotish hajmi toʻgʻrisida hisobot taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-yanvardagi 40-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-dekabrdagi 515-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 21-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
363-son