Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.08.2001 yildagi 354-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 13.01.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI SOTIB OLISh, ULARDAN FOYDALANISh VA ULARNI BOShQA ShAXSLARGA BERIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxslarga berishni hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazishni tartibga solish, shuningdek jinoyatchilikning oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish va respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak boʻlgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish faqat notariuslar, shuningdek savdo qilish huquqiga tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari (avtomototransport ishlab chiqaruvchi korxonalar, ularning vakillari hamda vositachi (distribyutor) tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositalari Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlari ijrosi, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining hududiy boʻlimlari sud ijrochilarining tuman (shahar) boʻlinmalari sud ijrochilari tomonidan belgilangan tartibda kimoshdi savdolari orqali sotilishi mumkin:
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 12-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 8-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirilgunga qadar agregatlar raqamlarining roʻyxatdan oʻtkazilgan raqamlarga muvofiqligini aniqlash uchun avtomototransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida koʻrikdan oʻtkazilishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalarini boshqa shaxslarga berish ular bojxona organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgach va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida hisobga olingandan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan hisobga olinmagan avtomobillarni bozorlarda sotish taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank va tijorat banklarining tegishli boʻlinmalari bilan birgalikda avtomototransport vositalarini boshqa shaxslarga berish bitimlarini oʻz vaqtida va sifatli rasmiylashtirish maqsadida bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish xizmatlari, notarial idoralar, banklar boʻlimlari va avtomototransport bozorlari hududlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini joylashtirish va ular ishini tashkil etish uchun avtomototransport bozorlari hududida zarur joylar ajratish choralarini koʻrsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport bozorlari hududida ish koʻrayotgan oʻzlariga qarashli boʻlinmalarning ishi va oʻzaro hamkorligining yagona tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda amaldagi avtomototransport vositalariga nisbatan bitimlar va ishonchnomalarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi fuqarolik qonunchiligiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlmagan shaxslarga avtomototransport vositalari ijara shartnomalarini, shuningdek avtomototransport vositalariga nisbatan vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish huquqini beruvchi ishonchnomalarni notarial rasmiylashtirishni vaqtincha taqiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 4-bandi “p” kichik bandining toʻrtinchi xatboshidagi “eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida” soʻzlari “eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudoybergenov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 28-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
354-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 15-16-son, 110-modda; 2003-y., 1-2-son, 8-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/863/2098-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)