Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.08.2001 yildagi 349-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 17.01.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IQTISODIYOTNI KREDITLASh MEXANIZMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotning real sektorini mablagʻ bilan taʼminlashga kredit resurslarini jalb etish mexanizmini takomillashtirish, iqtisodiy jihatdan yuqori samarali ishlab chiqarishlar barpo etishni ragʻbatlantirish, respublikada pul bozorini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul massasini bozor prinsiplariga muvofiq resurslarni kredit auksionlari orqali xarid qilish va sotish yoʻli bilan boshqarish, shuningdek yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarni xarid qilish (PEPO operatsiyalari) yoʻli bilan kredit berish mexanizmini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning real sektori loyihalariga tijorat banklari tomonidan, shu jumladan resurslarni kredit auksionlarida xarid qilish hisobidan kredit berishni qoʻshimcha ravishda kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tijorat banklariga kredit auksionlarida xarid qilinadigan resurslarni iqtisodiyotning real sektori korxonalariga qayta moliyalashtirishda marjani 2 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda qoʻllash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari investitsiya loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun kreditlarni belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash va tavakkalchiliklarning maqbulligini baholagan holda qaytarish, muddatlilik va oʻzini oʻzi qoplash shartlarida beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi korxonalar rahbarlari investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanganligi, axborotning oʻz vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslash parametrlariga va biznes-rejalarga muvofiq amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tijorat banklari Kengashlari va Boshqaruvlariga:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda real sektorni kreditlash koʻlamlari va shakllarini yanada kengaytirishni, kichik korxonalarga, xususiy tadbirkorlarga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga mikrokreditlar berishni nazarda tutish;
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning real sektorini kreditlash boʻyicha buyurtmanomalarni tanlab olishda asosan mahalliy xomashyodan eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan loyihalar tanlab olinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda va ularni mablagʻ bilan taʼminlashda marketing, injiniring va konsalting xizmatlarini koʻrsatish orqali ular bilan hamkorlik munosabatlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlashda tavakkalchiliklar bilan bogʻliq salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida ular amalga oshirilishining doimiy monitoringini tashkil etish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Oʻzbekiston banklar uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda bozor infratuzilmasi korxonalari, shu jumladan keyinchalik tijorat banklari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanishi uchun loyihalar tayyorlanishini taʼminlovchi loyiha-injiniring va baholash kompaniyalari faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlariga olinayotgan kreditlar boʻyicha garov sifatida taqdim etilayotgan mulkni sotishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 22-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
349-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 15-16-son, 107-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda)