Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2004 08.09.2000 yildagi 347-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2004
Hujjat 08.09.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NON VA QANDOLATChILIK MAHSULOTLARI IShLAB ChIQARUVChI YaKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni un bilan taʼminlash va uning davlat resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi boʻlinmalarining doʻkonlari negizida non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni un bilan taʼminlash boʻyicha ilovaga* muvofiq ixtisoslashtirilgan ulgurji-chakana doʻkonlar tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bilan birgalikda tashkil etiladigan ulgurji-chakana doʻkonlarining joylashtirilishini ikki hafta muddatda belgilasin hamda ularni qoʻshimcha nazorat-kassa apparatlari va boshqa zarur savdo jihozlari bilan taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda, mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, keyinchalik yakka tartibdagi tadbirkorlarga un sotish boʻyicha qoʻshimcha ulgurji-chakana doʻkonlar ochish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasining ixtisoslashtirilgan ulgurji-chakana doʻkonlarida un, non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy hokimliklar tomonidan “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasining hududiy boʻlinmalariga taqdim etiladigan roʻyxat boʻyicha faqat belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tadbirkorlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd hisob-kitob qilishning belgilangan hajmlari doirasida, faqat nazorat-kassa apparatlaridan foydalanilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan chakana narxlarda sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi 2000-yil va undan keyingi davrlar hosilidan davlat resurslari uchun oziq-ovqat bugʻdoyi etishtirish va undan foydalanish balanslarining asosiy normativlarini ishlab chiqishda “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasiga tashkil etilayotgan ulgurji-chakana doʻkonlar tarmogʻi orqali yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotish uchun un ajratishni nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha ixtisoslashtirilgan ulgurji-chakana doʻkonlar tarmogʻi orqali yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotish uchun un ajratish tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov va T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 8-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
347-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 5-son, 92-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 37-son, 411-modda)