16.11.1999 yildagi 499-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING XAVFSIZLIGI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining kadastrini yuritish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, mukammalligi I, II va III klass boʻlgan gidrotexnika inshootlarining texnik holati va bexatar ishlashi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi deb ataladi) tomonidan, mukammalligi uchinchi klassdan past boʻlgan gidrotexnika inshootlari boʻyicha esa — inshootlarning mansubligiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mukammallik klasslari boʻyicha gidrotexnika inshootlari roʻyxatini, shuningdek gidrotexnika inshootlarining bexatar ishlashini taʼminlash boʻyicha avariya moddiy-texnika zaxiralarini yaratish hamda ulardan foydalanish tartibini tasdiqlash uchun ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi bilan birgalikda 2000-yil mobaynida, “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda, qurilish normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, tasarrufida gidrotexnika inshootlari boʻlgan tashkilotlar.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish, foydalanishga topshirish, foydalanish, rekonstruksiya qilish, tuzatish, konservatsiyalash, foydalanishdan chiqarish va tugatish chogʻida ularning xavfsizligi norma va qoidalariga rioya qilinishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xabar qilish mahalliy tizimlarini doimiy tayyor holda tutsinlar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasini, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini gidrotexnika inshooti avariyasi xavfi toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor qilsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning xavfsizligini taʼminlash, shuningdek gidrotexnika inshootlari avariyalari oqibatlarining oldini olish va tugatish boʻyicha tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlash uchun avariya moddiy-texnika zaxiralarini yaratsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlash uchun “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasiga taqdim etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining texnik holati hamda ularga tabiiy va texnogen omillar taʼsiri ustidan nazorat (monitoring)ni taʼminlasinlar, olingan maʼlumotlar asosida inshootlardagi avariyalarning oldini olish chora-tadbirlarini oʻz vaqtida ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi 242-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 350-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 16-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
499-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
16-noyabrdagi 499-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyalari (keyingi oʻrinlarda — xavfsizlik deklaratsiyasi deb ataladi) mazmunini, ularni tuzish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini deklaratsiyalash gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni foydalanishdan chiqarishda, shuningdek rekonstruksiya qilish, mukammal tuzatish, tiklash yoki konservatsiyalashdan keyin majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki boʻlgan, respublika, mintaqa, suv xoʻjaligi va energetika tizimiga kiruvchi mukammalligi I, II, III klass boʻlgan gidrotexnika inshootlari, shuningdek roʻyxati “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi bilan kelishgan holda deklaratsiyalaydigan tashkilot tomonidan belgilanadigan favqulodda vaziyatlarda yuqori darajada xavf soluvchi mukammalligi III klassdan past boʻlgan gidrotexnika inshootlari deklaratsiyalanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi gidrotexnika inshootlari xavfsizligi asoslab beriladigan, ularning xavfsizlik mezonlariga, loyihaga, amaldagi qurilish normalari va qoidalariga muvofiqligi belgilanadigan, shuningdek yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariya holatlari xususiyatlari va koʻlami hamda inshootning mukammallik klassi hisobga olingan holda ulardan foydalanish xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari belgilanadigan hujjat hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Foydalanilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi foydalanuvchi tashkilot tomonidan, loyihalashtirilayotgan va qurilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi esa — buyurtmachi vazifasini bajaruvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — deklarantlar deb ataladi) tomonidan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deklaratsiyani va uning ayrim boʻlimlarini ishlab chiqishga boshqa tashkilotlar hamda alohida mutaxassislar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi 3 nusxada tuziladi va “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda nazorat organi deb ataladi), hududida gidrotexnika inshooti joylashgan viloyat hokimligiga taqdim etiladi. Deklaratsiyaning birinchi nusxasi foydalanuvchi tashkilotda saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Deklaratsiya:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etiladigan axborotning toʻliqligi va ishonchliligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avariyalar va shikastlanishlar xavfi va ssenariylarining har tomonlama va toʻliq aniqlanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavflar va tavakkalchiliklarni tahlil qilishga nisbatan qoʻllaniladigan yondashuvlar va usullarning asoslanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavflarni tahlil qilish boʻyicha bajarilgan hisob-kitoblarning toʻliqligi va ishonchliligi, hisob-kitoblar natijalariga taʼsir qiluvchi barcha omillarning har tomonlama toʻliq hisobga olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejalashtirilayotgan xavfsizlik chora-tadbirlarining ishonchliligi va ularning amaldagi meʼyoriy va huquqiy hujjatlar qoidalariga muvofiqligi talablariga javob berishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xavfsizlik deklaratsiyasini ishlab chiqishda “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa meʼyoriy hujjatlar talablarini hisobga olish kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasini tuzishdan oldin inshootning texnik holati naturada kuzatilishi va tekshirilishi kerak. Yangidan ishga tushirilayotgan inshootlar uchun qurilish davridagi kuzatish maʼlumotlaridan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xavfsizlik deklaratsiyasida quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) sarvaraq, unda quyidagi maʼlumotlar keltiriladi: deklaratsiyaning roʻyxatdan oʻtkazish raqami, deklaratsiyani tasdiqlash (roʻyxatdan oʻtkazish) grifi, deklaratsiya obyektining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) gidrotexnika inshootlari va ular joylashgan tumanning tabiiy sharoitlari, loyihada, foydalanish qoidalarida va nazorat organi koʻrsatmalarida nazarda tutilgan xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, foydalanuvchi tashkilot toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi umumiy axborot;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi tahlili va uni baholash, shu jumladan xavfning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan manbalarini aniqlash hamda gidrotexnika inshootining unga yoʻl qoʻymaslikka yoki favqulodda vaziyatlar oqibatlarini pasaytirishga tayyorligini tahlil qilish va baholash ham shu jumlaga kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) alohida konstruktiv elementlar uchun xavfsizlik mezonlarini hamda umuman inshootning xavfsizlik darajasini aniqlagan holda inshootlarning texnik holati ustidan naturada kuzatish natijalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) obyektlarni qoʻriqlash tizimi va alohida davrda ularning xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) gidrotexnika inshootlarida yuz berishi mumkin boʻlgan va paydo boʻladigan avariya vaziyatlari toʻgʻrisida aholini, nazorat organlarini, viloyat hokimliklarini xabardor qilish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) xulosa, u alohida uzellar va umuman gidrotexnika inshootining xavfsizligi darajasiga berilgan bahoni, shuningdek xavfsizlikni taʼminlashga doir zarur chora-tadbirlar roʻyxatini oʻz ichiga oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) qurilishi tugallangan gidrotexnika inshootining davlat komissiyasi tomonidan qabul qilib olinishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilovalar:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tekshirish dalolatnomasi bilan birgalikda gidrotexnika inshootining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) gidrotexnika inshootlarining tiyib turish jabhasi bosimi yorib oʻtgan taqdirda suv bosadigan zonada qoladigan tutash hududlar bilan birga inshootlarni joylashtirish rejasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mazkur ochiq suv oqimlarida joylashgan suv omborlari kaskadi sxemasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) kanallarning chiziqli sxemasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) asosiy gidrotexnika inshootlariga xos boʻlgan boʻylama va koʻndalang kesimlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) nazorat-oʻlchash apparatlarini va asosiy gidrotexnika inshootlaridagi kuzatish nuqtalarini joylashtirish sxemasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan muhandislik-texnik va tashkiliy tadbirlar rejasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xavfsizlik deklaratsiyasi foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi, u xavfsizlik deklaratsiyasida taqdim etilgan axborotning toʻliqligi va ishonchliligi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Foydalanilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyasi deklarant tomonidan nazorat organlariga 5 yilda kamida bir marta, shuningdek nazorat organining qaroriga koʻra yoki deklarantning tashabbusi bilan quyidagi hollarda taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inshootning ishonchliligi darajasi pasayishi xavfi paydo boʻlganda, favqulodda vaziyatlarning oldini olish shart-sharoitlari yomonlashganda, xavf aniqlangan paytdan boshlab uch oy mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlik sohasidagi amaldagi talablar (normalar va qoidalar) oʻzgarganda, favqulodda vaziyatlar davom etishi toʻxtatilganda va tugatilganda, tegishli meʼyoriy hujjatlar amalga kiritilgandan keyin 6 oydan kechikmay;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlari rekonstruksiya qilingandan, mukammal tuzatilgandan, tiklangandan yoki konservatsiya qilingandan keyin — tegishli qurilish-montaj ishlari qabul qilib olingungacha.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Loyihalashtirilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyasi nazorat organiga loyihaning davlat ekspertizasi oʻtkazilayotgan davrda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qurilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyasi nazorat organiga inshootni vaqtincha yoki doimiy foydalanishga topshirishning belgilangan muddatidan kamida 4 oy oldin taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Nazorat organi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xavfsizlik deklaratsiyalari mazmuniga va gidrotexnika inshootlarining vazifasiga, mukammalligi darajasiga, konstruksiya xususiyatlariga, foydalanish shart-sharoitlariga va xavfsizlikka nisbatan qoʻyiladigan maxsus talablarga bogʻliq ravishda har xil turdagi gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasi xususiyatlarini hisobga oluvchi ularni tuzish metodikasiga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xavfsizlik deklaratsiyalari shaklini;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xavfsizlik deklaratsiyalarini taqdim etish jadvalini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Nazorat organi xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlarning, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarida avariya vaziyatlari paydo boʻlishi xavfini aniqlash darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha nazarda tutilgan chora-tadbirlarning yetarliligi va ushbu chora-tadbirlarning normalar va qoidalarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini aniqlash xavfsizlik deklaratsiyasi davlat ekspertizasining maqsadi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyalari davlat ekspertizasi “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining Ekspert kengashi tomonidan oʻtkaziladi. Ekspert kengashi ekspert komissiyalarini tuzadi, ular ishiga alohida mutaxassislar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot va loyihalash tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi xarajatlar smetasi hamda Ekspert kengashi tomonidan deklarantga yuboriladigan hisob raqami asosida toʻlov evaziga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xavfsizlik deklaratsiyasini davlat ekspertizasidan oʻtkazish muddati ekspertiza oʻtkazilganligi uchun deklarant tomonidan hisob raqamiga toʻlov toʻlangan kundan boshlab 3 oydan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ekspert kengashi ekspert komissiyalari tarkibiga kiritilgan mutaxassislarga qoʻyiladigan malaka talablarini, ekspert komissiyalarini shakllantirish va ularning ish tartibini belgilaydi, ekspertlar oʻquvini va ularning ish tajribasini ayirboshlashni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ekspert kengashi belgilangan muddatda Ekspert komissiyasining xulosasini nazorat organiga yuboradi. Ekspert komissiyasi xulosasi nazorat organi tomonidan tasdiqlangandan keyin xavfsizlik deklaratsiyasi davlat ekpertizasining xulosasi maqomiga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ekspert komissiyasi tomonidan salbiy xulosa qabul qilingan taqdirda deklarant takroriy davlat ekspertizasi oʻtkazilishini talab qilishga haqlidir. Nazorat organi deklarantning tegishli sabablari koʻrsatilgan arizasini koʻrib chiqadi hamda ariza tushgan kundan boshlab ikki oy muddatda oʻz qarorini unga maʼlum qiladi, mazkur Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Nazorat organi xavfsizlik deklaratsiyasini va ekspert komissiyasi xulosasini koʻrib chiqadi hamda ushbu hujjatlar nazorat organiga tushgan kundan boshlab bir oy muddatda tasdiqlash yoki tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agar xavfsizlik deklaratsiyasi va Ekspert komissiyasi xulosasi nazorat organi tomonidan koʻrib chiqilayotganda xavfsizlik darajasi pasayganligidan dalolat beruvchi holatlar aniqlansa, nazorat organi gidrotexnika inshootlarini inspektorlik tekshiruvidan oʻtkazadi va taqdim etilgan xavfsizlik deklaratsiyasini tekshirish natijalarini hisobga olgan holda koʻrib chiqadi. Bunda xavfsizlik deklaratsiyasini koʻrib chiqish va tasdiqlash muddati 4 oygacha uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik darajasi pasaygan, shuningdek ularning xavfsizligi boʻyicha chora-tadbirlar bajarilmagan taqdirda nazorat organi xavfsizlik deklaratsiyasining amal qilish muddatini qisqartirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Nazorat organi tomonidan tasdiqlangan xavfsizlik deklaratsiyasi gidrotexnika inshootini kadastrga kiritish hamda ushbu organ tomonidan gidrotexnika inshootlarini foydalanishga topshirish va foydalanishdan chiqarishga, rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash va tugatishga ruxsatnomalar berish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Gidrotexnika inshootlari xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi salbiy xulosasi hamda deklaratsiyani tasdiqlash rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Nazorat organi xavfsizlik deklaratsiyasi maʼlumotlari bazasini shakllantiradi va yuritadi, xavfsizlik deklaratsiyalari taqdim etilishi muddatlarini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
16-noyabrdagi 499-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining kadastrini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Gidrotexnika inshootlarining kadastri “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq inshootlarning texnik holatini hisobga olish va baholash, ularning bexatar ishlashini taʼminlash maqsadida yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Gidrotexnika inshootlari kadastri inshootning tabiiy shart-sharoitlari, joylashgan oʻrni, texnik, sifat va miqdor tavsifnomalari, xizmat qilish muddati, egasi toʻgʻrisidagi va boshqa maʼlumotlarni tashkil etuvchi maʼlumotlar tizimi va hujjatlardan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat mulki boʻlgan gidrotexnika inshootlari, shuningdek korxonalarning respublika va mintaqalar suv xoʻjaligi va energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlari Kadastr obyekti hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Gidrotexnika inshootlari kadastri inshootlarning texnik holatini har tomonlama oʻrganish va baholash, sifat va miqdor tavsifnomalarini va foydalanish darajasini hisobga olish maqsadida yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maʼlumotlarni ishlab chiqish, turkumlash, saqlash, yangilash va obyekt haqida axborot taqdim etish texnologiyasini takomillashtirish gidrotexnika inshootlari kadastrining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Favqulodda vaziyatlarning paydo boʻlish xavfini tugʻdiruvchi gidrotexnika inshootlarini qamrab olish, yuritish uslublarining yagonaligi, kadastr axborotlarining haqqoniyligi gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Gidrotexnika inshootlari kadastri manfaatdor organlarni ehtimol boʻlgan avariyalarning oldini olish maqsadida gidrotexnika inshootlari xavfsizligi, foydalanishni toʻgʻri tashkil etish, ularning texnik holatini baholash toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash uchun moʻljallangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish topogeodeziya qidiruvlarini, gidrologiya, geologiya, gidrogeologiya, geofizika, naturada kuzatishlar va boshqa maxsus tadqiqotlar, shuningdek gidrotexnika inshootlarini maxsus reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish bilan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish boʻyicha ishlar davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI KADASTRINING MAZMUNI
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Gidrotexnika inshootlari kadastrida har bir inshootga kadastr raqami bergan holda inshootni maxsus reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish, turkumlash, sifat va miqdorga oid tavsifnomalarni hisobga olish hamda inshoot boʻyicha maʼlumotlarni tegishli shakllarga kiritish, saqlash, yangilash va axborotlarni foydalanish uchun berish nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Gidrotexnika inshootlari kadastriga inshoot boʻyicha umumiy maʼlumotlar, gidrologiya, geologiya, gidrogeologiya, litologiya shart-sharoitlari tavsifnomasi, inshootlar tarkibi, suv xoʻjaligi, suv-energetika, texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar, qidiruvlar, naturada kuzatishlar, konstruktiv chizmalar, sxemalar, grafiklar ilova qilingan holda inshoot holatini belgilovchi mavjud defektlar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Gidrotexnika inshootlari kadastrining mazmun boʻyicha aniq gidrotexnika inshootining (suv ombori, nasos stansiyasi, gidrouzel, kanal, kollektor va boshqalar) turiga nisbatan qoʻllaniladigan shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ bilan kelishgan holda “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING KADASTRINI YURITISH
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mukammalligi I, II, III klassga mansub va davlat mulki boʻlgan, shuningdek, respublika va hududiy suv xoʻjaligi hamda energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarining kadastri “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan, mukammalligi III klassdan past boʻlgan boshqa gidrotexnika inshootlari boʻyicha – inshootlarning mansubligiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan yuritiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish yuklangan organlar gidrotexnika inshootlarining texnik holati va xavfsizligi ustidan nazorat (monitoring)ni taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Gidrotexnika inshootlari kadastr maʼlumotlarini yangilashda inshootning tavsifnomasiga va texnik holatiga taʼsir qiluvchi rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash va boshqa omillar natijasida roʻy bergan oʻzgarishlar aniqlanadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi. Inshootlar egalari bir oy muddatda gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish yuklangan organlarga koʻrsatib oʻtilgan oʻzgarishlar haqida axborot taqdim etishga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi 242-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 350-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 11-son, 66-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 21-son, 149-modda; 2004-y., 9-son, 105-modda; 16-son, 185-modda; 2005-y., 7-son, 59-modda; 2010-y., 20-son, 152-modda; 2011-y., 34-35-son, 350-modda; 2017-y., 34-son, 889-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son; 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 15.01.2024-y., 09/24/26/0029-son)