Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
1. Shanxay hamkorlik tashkilotining budjetini shakllantirish va ijro etish tartibi toʻgʻrisida 2017-yil 1-dekabr kuni Sochi shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-mart,
PQ-3627-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 07/18/3627/0977-son)